Get Mystery Box with random crypto!

Joriy yilning 28 aprel kuni «Urganchtransgaz» UK mehnat jamoas | URGANCHTRANSGAZ_INFO

Joriy yilning 28 aprel kuni «Urganchtransgaz» UK mehnat jamoasi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Kun tartibida “Urganchtransgaz” UKning 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasini qabul qilish masalasi ko‘rib chiqildi. Yangi jamoa shartnomasini qabul qilishda 30 apreldan kuchga kiradigan O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga muvofiqlashtirilishiga, shuningdek, “O‘ztransgaz” AJ jamoa shartnomasida belgilab qo‘yilgan kompensatsiyalar, imtiyozlar, xodimlar bilan ish beruvchilarning mehnatga oid munosabatlarini shartnoma asosida tartibga solishga va ularning ijtimoiy-iktisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirishga yordam berishga qaratilgan bir qator bandlar yangidan kiritilishi ma’qullandi. Konferensiya ishtirokchilari tomonidan bildirilgan fikr va takliflarni inobatga olgan holda korxona jamoa shartnomasini ma’qullash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.