Get Mystery Box with random crypto!

“O‘ztransgaz” Aksiyadorlik Jamiyatining “Urganchtransgaz” Unit | URGANCHTRANSGAZ_INFO

“O‘ztransgaz” Aksiyadorlik Jamiyatining “Urganchtransgaz” Unitar Korxonasida butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan “UTG-training” o‘quv markazida korxona mehnatni muhofaza qilish xodimlari, muxandis texnik xodimlar, ishchi xodimlari bilan Xorazm viloyati Bandlik boshqarmasi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat texnik inspektori hamda Xorazm viloyati yo‘l xarakati xavfsizligi boshqarmasi mutaxassislari bilan xamkorlikda “Mehnat muhofazasi sohasidagi asosiy prinsip va xuquq-xavfsiz va sog‘lom ish muhitidir” shiori ostida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Xorazm viloyati yo‘l harakati xavfsizligi mutaxassislari xaydovchi xodimlarga yo‘l xarakati xavfsizligiga to‘liq rioya qilgan holda o‘z hayoti va boshqa insonlar hayotiga xavf tug‘dirmasligini va insonning hayoti va sog‘ligi ustivorligi ta’kidlab o‘tishdi.
“Urganchtransgaz” unitar korxonasi va uning tasarrufidagi barcha tarkibiy tuzilmalarda “Mehnat muhofazasi sohasidagi asosiy prinsip va xuquq-xavfsiz va sog‘lom ish muhitidir” shiori ostidagi tadbirlar ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.