Get Mystery Box with random crypto!

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar: Klopp Chempionlar liga | Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

Klopp Chempionlar ligasida 50ta g'alabani qo'lga kiritgan ilk nemis murabbiyiga aylandi

Levandovskining Chempionlar ligasidagi 22 o'yindan buyon davom etib kelayotgan g'alabali seriyasi barham topdi

Mane: "Liverpul" Chempionlar ligasini yutishni istaydi. Albatta oson bo'lmaydi, lekin bu imkonsiz emas"

Firmino YECHLda 18-golinu urdi va Ronaldinyoga yetib oldi

Shkrinyar: "Inter" ayrim jihatlarda ustunlik qildi. "Liverpul" bilan bir darajada o'ynay olishimiz mumkinligini ko'rsatdik"

Messi "Real"ga qarshi bahsda raqiblarni 5 marta aldab o'tdi va maydonning 3-qismida 45ta uzatmani amalga oshirdi. Bu mazkur bahsda ishtirok etganlar ichida eng yaxshi ko'rsatkich

Kroos: "Ronaldu bilan o'ynaganimzida u barini o'zi uddalaydigandek tuyulardi. U irodasi evaziga "Real"ni oldinga boshlardi va o'yinlar taqdirini hal etardi"

Salah "Liverpul" safida YECHLda dastlabki 50 o'yinda 33ta gol urdi. Faqat Ronaldu va Levandovski bu vaqt ichida ko'proq gol ura olishgan

Klopp: "Liverpul" uchun bu eng yaxshi kun emasdi, ammo yutish uchun yetarlicha haqli o'yin ko'rsatdik"

Reshford, Maguayr va boshqa ingliz futbolchilari Ronalduning kiyim almashtirishxonasida futbolchilarni boshqarishga urinishi yoqmayapti. Ular orasida munosabat yomonlashgan bo'lishi mumkin [Kristian Falk]

Xavi: "Mavsum oxiriga qadar Dembele jamoaning muhim futbolchisiga aylanadi"

Neymar "Real"ga qarshi bahsdan keyin xafa bo'lgan Messiga dalda berdi [RMC Sport]

Pochettino: "Messi o'yinni ajoyib o'tkazdi. "PSJ" ham yaxshi o'ynadi, chunki Leo ayrim elementlarni bog'lay oldi"

Peres "Real" murabbiyligiga Pochettinoni tayinlamoqchi. Florentino "PSJ"ga qarshi o'yindan so'ng g'azabda bo'lgan [The Independent]

Pedri: "Men Messini sog'inmoqdaman, chunki u eng yaxshi futbolchi. Biroq mehnat qilishda davom etmoqdaman"

Pogba boshqa APL jamoalari taklifini ham ko'rib chiqishga tayyor. Ammo u "MYU"da qolishu ham mumkin [The Independent]

Gvardiola Bernardu Silva haqida: "Men doim aytganman, u ideal futbolchi. G'alaba qozonishimiz uchun unda barchasi yetarli"

"Barselona" va "Yuventus" Kulibaliga qiziqish bildirmoqda. "Napoli" himoyachisini 40 mln yevroga sotishi mumkin [Mundo Deportivo]

Xavi "Barselona"da o'tkazgan dastlabki 100 kuni haqida: "Huddi 100 yildek tuyuldi, chunki kutilmagan voqealar ko'p bo'ldi"

Salah "Liverpul" safida Chempionlar ligasining so'nggi 8ta safar o'yinida gol urdi

Jeko: "Yevropaning eng kuchli jamoalaridan buri 65 daqiqa hech nima qila olmadi. Boshimizni baland ko'tarib chiqib ketsak bo'ladi"

"Bavariya"ning YECHLda safar o'yinlaridagi mag'lubiyatsiz seriyasi 22taga yetdi. Rekordli seriya davom etmoqda

"Barselona" De Ligt va De Vreyga qiziqish bildirmoqda. Klub borada Rayola bilan aloqaga chiqqan [Nikolo Skira]

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan