Get Mystery Box with random crypto!

'Man.Siti' 2:3 'Tottenhem' Daxshatli uchrashuv! Rosti 'Saut | Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

"Man.Siti" 2:3 "Tottenhem"

Daxshatli uchrashuv!

Rosti "Sautgempton" va "Vulverhempton" bilan bo'lgan o'yinlardan so'ng "Tottenhem"ning himoyasi "Siti" hujumlariga dosh bera olmasa kerak deb o'ylagan edim. Ammo bugun aynan londonliklar Gvardiola jamoasining mag'lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo'ya olishdi.

Kontening pragmatik futboli balki unchalik yorqin emasdir ammo u "Siti"dek uslubda o'ynaydigan jamoalarga qarshi ish berishi mumkin. Albatta buning uchun Keyn va Son ham o'z darajasida harakat qilishi talab etiladi. Aytgancha bugun mazkur juftlikning tandemda kiritgan gollari soni 36taga yetdi va ular APL rekordchiladi Lempard-Drogba natijasiga yetib olishdi.

APL taxti uchun kurashda intriga qaytmoqda.

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan