Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent viloyati hokimligi

Telegram kanalining logotibi toshvilpressa — Toshkent viloyati hokimligi T
Kanaldagi mavzular:
Rasmiy
Official
Официально
Fotolavha
Telegram kanalining logotibi toshvilpressa — Toshkent viloyati hokimligi
Kanaldagi mavzular:
Rasmiy
Official
Официально
Fotolavha
Kanal manzili: @toshvilpressa
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.15K
Kanalning ta’rifi

Instagram :https://www.instagram.com/toshvilhokimligi
YouTube :https://youtube.com/channel/UCMiOgKk60AhICLacgI_VkUQ
Facebook :https://fb.me/toshvilhokimiyat
https://toshkentviloyati.uz/
@tvh_murojaat_bot
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 16

2023-04-09 10:57:33
#befarqemasman

Рустам Абдураҳмонов, ҳунарманд:

— Мен уч авлод уста кулоллар сулоласи вакилиман. Биз кўплаб давлатларда ҳунаримизни намойиш этиб, кўргазмаларда қатнашиб келяпмиз. Бўлажак референдумда шогирдларим билан иштирок этамиз. Биз келажагимизга бефарқ эмасмиз.

@menbefarqemasman
2.9K views07:57
Ochish/sharhlash
2023-04-09 09:48:52
Amerika Qoʻshma Shtatlarining San-Antonio shahrida boʻlib oʻtgan navbatdagi professional boks kechasida Toshkent viloyati IIBB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimi kapitan Isroil Madrimov - texaslik Rafa Igvokbe ustidan gʻalab qozondi

BATAFSIL VIDEODA

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
3.6K viewsedited  06:48
Ochish/sharhlash
2023-04-08 20:02:12

Ulugʻ kunlarda imkoniyati cheklangan va kam taʼminlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari hamda pul mablagʻlari tarqatilmoqda. Bu borada hududlarda olib borilayotgan ishlar bilan qisqa satrlarda tanishamiz.

Yangiyoʻl tumani. “Pistalik” mahallasidagi xatlov jarayonlarida aniqlangan ijtimoiy yordamga muhtoj 15 nafar oilalarga “Saxovat oyligi” munosabati bilan sektor rahbari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Boʻstonliq tumani. Tuman hokimi J.Axmedov tashabbusi bilan saxovatpesha homiylar tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Nurafshon shahri.Dehqonobod” mahalla fuqarolari yigʻinida yashayotgan keksalar hamda front orti qatnashchilariga “Inson qadri ulugʻ” tamoyili va “Ramazon” oyi munosabati bilan homiylar tomonidan ehson tarqatildi.

Piskent tumani. Tuman hokimi Nodirbek Yakubov yotib qolgan bemorlar va nogironligi boʻlgan insonlar holidan xabar oldi.

Toshkent tumani. Saxovatpesha insonlarning ramazon tuhfalari aholining bemor hamda ehtiyojmand qatlamiga ulashilmoqda.

Quyi Chirchiq tumani. Sektorlar kesimida ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan 300 nafar fuqaroga roʻzai Ramazon kunlarida homiylik asosida pul mablagʻlari hamda oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Zangiota tumani. Tumanning tadbirkor saxovatpesha insonlari ulug' kunlarda ehtiyojmand oilalarga o'z hadyalarini berayotganlaridan mamnunlar va bunga tuman rahbarlari, mahalla faollari ham kamarbasta bo'lib, o'z hissalarini qo'shmoqdalar.

DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
3.3K viewsedited  17:02
Ochish/sharhlash
2023-04-08 16:06:45
#tadbirkorlar_bilan_muloqot

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda


Bugun sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish, takliflarnii oʻrganish maqsadida Oʻrta Chirchiq tumani hokimligi binosida viloyat hokimi boshchiligida tadbirkorlar va eksportyorlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Unda sektor rahbarlari tegishli tashkilotlar mutasaddilari bilan birgalikda tadbirkorlar tomonidan loyihalarni amalga oshirish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, shuningdek, bir qator tizimli muammolarga yechim izlashdi.

Bildirilgan murojaat va takliflar oʻrganish uchun qabul qilindi.

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
3.5K views13:06
Ochish/sharhlash
2023-04-08 14:50:38
#befarqemasman

Azizbek Halilov,
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti talabasi,
Toshkent tumani.

— Oldinlari oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirishda tanish-bilishchilik holatlari koʻp uchrab turardi. Buning oqibatida koʻp yoshlar oliy taʼlim olishdan umidini uzib ketganlarini koʻrganman. Soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar sababli bu holatlar bartaraf etildi. Yangi Konstitutsiyamizning 51-moddasiga kiritilayotgan oʻzgarishlar ham yoshlarimiz hayotiga ijobiy taʼsir qilishiga ishonaman. Men 30-aprel kuni boʻladigan referendumda ishtirok etaman va barchani befarq boʻlmaslikka chaqiraman!

@menbefarqemasman

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
4.2K viewsedited  11:50
Ochish/sharhlash
2023-04-08 14:09:01
#Yashil_makon

Bir mahallaga ming tup koʻchat” tadbirlari doirasida Ohangaron shahar hamda Boʻka tumanlarida ham ishlar qizgʻin davom etmoqda.

Viloyat hokimligi tashabbusi bilan har bitta mahallaga ming tupdan tarqatilgan mevali koʻchatlar hududdagi ehtiyojmand, boquvchisini yoʻqotgan, daftardagi xonadonlar hamda mahallaning boʻsh yer maydonlariga ekilmoqda.

Batafsil “Oʻzbekiston 24” lavhasida.

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
3.5K viewsedited  11:09
Ochish/sharhlash
2023-04-08 12:29:02
#сайёр_қабул

Аҳоли билан мулоқотларимизни давом эттирар эканмиз, уларнинг дарду-ташвишларини тинглаш, оғирини енгил қилиш, одамларга муносиб турмуш шароити яратиб бериш биз каби раҳбарларнинг асосий вазифасига айланмоқда

Кўрдикки, ҳали одамларда муаммо кўп, айтиладиган гаплар бисёр. Бугун аҳоли билан мулоқотни янгича тизимини ташкил этишимиз кераклигини англаймиз. Негаки, одам ариза ёки шикоят билан мурожаат қилмаса, бу унда умуман муаммо йўқ, дегани эмас. Баъзилар бор, дарду-ташвиш қийнаб турган бўлса-да, бу ҳақда билдирмайди.

Биз эса халқ ичига чуқур кирган ҳолда, улар дуч келаётган муаммоларни эрта аниқлаб, ҳал қилишни таъминлашга ҳаракат қилмоқдамиз.

Ўрта Чирчиқ тумани аҳолиси билан ўтган бу каби мулоқотларимизда ҳам турли мазмундаги мурожаатлар тингланди. Айримларига шу ернинг ўзида ечим топиб, аксарияти, ўрганиш учун масъулларга вазифа қилиб белгиланди.

Батафсил видеода

Батафсил видеода

Instagram | Twitter | Facebook | Telegram
3.1K views09:29
Ochish/sharhlash
2023-04-08 11:25:37
#imkoniyat

Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan Toshkent viloyatida tibbiyot yoʻnalishida yoshlarning chet tilini oʻrganishi va kasbiy koʻnikmalarga ega boʻlishi maqsadida oʻquv kurslari tashkil etildi

BATAFSIL

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
4.9K views08:25
Ochish/sharhlash
2023-04-08 09:50:25
#Taʼlim

Toshkent viloyatida “Tashabbusli budjet” loyihasida umumtaʼlim maktablarini taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari yoʻnalishida 75 ta maktab gʻolib sifatida aniqlandi. Ular quyidagilar:

Angren shahri - 17 ta maktab
Bekobod shahri - 3 ta maktab
Olmaliq shahri - 3 ta maktab
Ohangaron shahri - 5 ta maktab
Nurafshon shahri - 5 ta maktab
Chirchiq shahri - 8 ta maktab
Yangiyoʻl shahri - 3 ta maktab
Bekobod tumani - 1 ta maktab
Boʻstonliq tumani - 6 ta maktab
Zangiota tumani - 3 ta maktab
Qibray tumani - 4 ta maktab
Oqqoʻrgʻon tumani - 4 ta maktab
Ohangaron tumani - 2 ta maktab
Parkent tumani - 5 ta maktab
Chinoz tumani - 4 ta maktab
Yuqorichirchiq tumani - 1 ta maktab
Yangiyoʻl tumani - 1 ta maktab

Respublika boʻyicha 689 ta maktab gʻolib deb topilgan.

BATAFSIL

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
5.1K viewsedited  06:50
Ochish/sharhlash
2023-04-08 08:38:52
#koʻhna_olam

Nurafshonning tabarruk manzillaridan biri “Mushukboy ota” ziyoratgohi haqida eshitganmisiz?

BATAFSIL

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
3.8K views05:38
Ochish/sharhlash