2023-04-10 20:02:08
Har hafta tuman-shahar hokimlari aholi bilan yaqindan muloqot qilmoqda. Unda bir qator masalalar oʻrganilib, yechim topmoqda. Bugungi qisqa satrlarimizda shu haqida soʻz boradi.
Piskent tumani. Tuman hokimi
Nodirbek Yakubov “Temir daftar” va
“Ayollar daftari”da boʻlgan
3 ayolni oʻzini band qilishiga yordam berdi.
Chirchiq shahri. 1-sektor rahbari
Davron Hidoyatov tomonidan oʻtkazilgan sayyor qabulda fuqarolar murojaati hal etilmoqda.
Boʻstonliq tumani. Hokim qabulida salomatlikni tiklash, subsidiya va tadbirkorlikni boshlash yuzasidan
50 ga yaqin murojaatlar koʻrib chiqildi.
Yangiyoʻl shahri. “
Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga roʻyxatga olingan
38 nafar xotin-qizga tikuv mashinalari berildi.
Yuqori Chirchiq tumani. Moddiy qiyinchilikka uchragan
118 nafar yigit-qizga jami
108 mln 560 ming soʻm bir martalik moddiy yordam berildi.
Zangiota tumani. Sektor rahbarlari kuchli shamoldan aziyat chekkan xonadonlarga tezkor ravishda yordam koʻrsatmoqda.
Bekobod tumani. "Qoraqoʻyli",
"Qolgʻonsir" va
"Yangiovul" mahallasida ehtiyojmand insonlar uchun iftor dasturxoni yozildi.
Olmaliq shahri. Hokimlik soatida
“Ayollar daftari”dagi xotin-qizlar uchun amalga oshirilayotgan tadbirlar kun tartibidan oʻrin oldi.
Boʻka tumani. Tuman hokimi
Nizomiddin Abbosov boshchiligida aholi murojaatlari bilan ishlash holati tahlil qilindi.
DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
1.4K views17:02