Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent viloyati hokimligi

Telegram kanalining logotibi toshvilpressa — Toshkent viloyati hokimligi T
Kanaldagi mavzular:
Rasmiy
Official
Официально
Fotolavha
Telegram kanalining logotibi toshvilpressa — Toshkent viloyati hokimligi
Kanaldagi mavzular:
Rasmiy
Official
Официально
Fotolavha
Kanal manzili: @toshvilpressa
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.15K
Kanalning ta’rifi

Instagram :https://www.instagram.com/toshvilhokimligi
YouTube :https://youtube.com/channel/UCMiOgKk60AhICLacgI_VkUQ
Facebook :https://fb.me/toshvilhokimiyat
https://toshkentviloyati.uz/
@tvh_murojaat_bot
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 15

2023-04-10 17:41:05
Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида "Ташаббусли бюджет" дастурининг биринчи мавсуми якунлари кўриб чиқилди.

При Президенте Шавкате Мирзиёеве рассмотрены итоги первого сезона программы "Инициативный бюджет".

#Mirziyoyev #yigilish #Tashabbuslibudjet #mahalla

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
2.2K views14:41
Ochish/sharhlash
2023-04-10 15:39:54
#tezkor

PREZIDENT TOPSHIRIG'I: "Tashabbusli budjet" jarayonlarining 2023-yil 1-mavsumida ishtirok etib, har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 1 309 ta loyihani amalga oshirish uchun qo‘shimcha 1,3 trln. so‘m mablag‘ ajratiladi.

Bunda, qo‘shimcha 1 182 ta mahalla bo‘yicha 4,3 mln. nafar fuqaro ovoz bergan loyihalar amaliyotga tatbiq etiladi.

Shuningdek, taʼlim, sog‘liqni saqlash, sport muassasalarini taʼmirlash va moddiy texnika bazasini rivojlantirish hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha har biri 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib bo‘lmagan loyihalar tahlili o‘tkazilib, 2024-yil uchun budjet so‘rovida ularni ta’mirlash, jihozlash va xarid qilish xarajatlarini ro'yxatga kiritish ko'zda tutiladi.

Natijada, respublikamizdagi 164 ta maktab, 30 ta bog‘cha va 32 ta tibbiyot muassasalarida ta’mirlash, jihozlash va boshqa loyihalarda belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun 304,6 mlrd. so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
8.2K views12:39
Ochish/sharhlash
2023-04-10 15:21:25
#hokimiyat_hujjatlari

Viloyat mahalliy budjetidan yana bir qator tadbirlar uchun mablagʻlar ajratildi

Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi qaroriga muvofiq, mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan tadbirlarni bosqichma-bosqich moliyalashtirish uchun ruxsat berildi.

Toshkent viloyati kurash va futbol federatsiyalarini qoʻllab-quvvatlash, Toshkent tumanidagi perinital markazi, Chinoz tumani tibbiyot birlashmasi tumanlararo qoʻshma shikastlanish va qon tomirlari jarohati markazi binolarini qurilish va taʼmirlash, shuningdek, tez tibbiy yordam avtotransport vositalarini zaruriy texnik qurilmalar bilan taʼminlash uchun mablagʻlar yoʻnaltirildi.

Shuningdek, 2023-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida viloyat hududidagi obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish kabi bir qator tadbirlar uchun ham jami 9 milliarddan ortiq mablagʻlar ajratildi.

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
2.8K views12:21
Ochish/sharhlash
2023-04-10 13:03:55
#oʻzini_oʻzi_band_qilish

Harakatda baraka
2-guruh nogironi, nafaqadagi Saida aya tomorqasida ertapishar qulupnay va “smorodina” yetishtirib, yaxshi daromad topmoqda.

BATAFSIL

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
3.1K views10:03
Ochish/sharhlash
2023-04-10 09:55:32
#befarqemasman

Nazokat Choriyeva, oʻqituvchi (Toshkent viloyati):

— Yangi Konstitutsiyamizning 52 - moddasi bilan oʻqituvchilarning qadr-qimmati, shaʼni himoya qilinayapti, ularni ijtimoiy-maʼnaviy qoʻllab-quvvatlaydigan, huquqlarini kafolatlaydigan yangi normalar kiritilayapti. Biz oʻqituvchilar taʼlimga oid islohotlarga befarq emasmiz! 30-aprelda boʻlib oʻtadigan referendumda ishtirok etamiz!

@menbefarqemasman
3.8K views06:55
Ochish/sharhlash
2023-04-10 09:07:32
#videolavha

Bugun kambagʻallikdan chiqarish faqat ish bilan taʼminlash emas, balki boshpana bilan ham taʼminlash zarur ekanligini koʻrsatmoqda.

Yaʼni, qabulga kelganlarning 80 foizi uy-joyni talab qilmoqda. Yaʼni arzon, sifatli uy-joyga muhtojligi qayd etilmoqda.

Shu maqsadda, Zangiota tumanida 36 gektar yer maydonida quriladigan “Mening birinchi uyim” dasturi ana shunday muammolarga yechim boʻlayotgani borasidagi fikrlari bilan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturiga bergan intervyusida batafsil toʻxtaladi.

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
335 viewsedited  06:07
Ochish/sharhlash
2023-04-10 09:06:01
“Bitta yaxshi noutbuk olib ber, ramazonda savob bo‘lsin”. Zoir Mirzayev bank rahbarini savob qilishga chaqirdi

Toshkent viloyati hokimining fuqarolar uchun navbatdagi qabuli O‘rta Chirchiq tumanida bo‘lib o‘tdi.

Batafsil — http://dy.uz/46uOk

Yangilangan mobil ilova iOS | Android
389 views06:06
Ochish/sharhlash
2023-04-10 08:23:46
#экспертфикри

Янги таҳрирдаги Конституциямизнинг 82-моддасида оммавий ахборот воситаларининг фаолиятига тўсқинлик қилиш ёки аралашиш қонунга мувофиқ жавобгарликка сабаб бўлиши мустаҳкамланмоқда.

Тараққий этган мамлакатларнинг тарихий тажрибасига кўра сўз ва матбуот эркинлигини таъминламай туриб иқтисодий ривожланишга эришиб бўлмайди.

Ушбу норма оммавий ахборот воситаларининг эркин, турли маъмурий босимлардан қўрқмасдан фаолият юритишини таъминлайди ҳамда жамиятда очиқлик ва ошкоралик муҳитини мустаҳкамлашга, кучли жамоатчилик назоратини йўлга қўйишга хизмат қилади.

Хайитжон Турдиев
Тошкент давлат юридик университети доценти, юридик фанлар бўйича фалсафа доктори

@olimlar_minbari
1.2K views05:23
Ochish/sharhlash
2023-04-09 18:03:20
#oav_biz_haqimizda
#Turkiya

Viloyatdagi kam taʼminlangan, ehtiyojmand, boquvchisini yoʻqotgan, nogironligi bor oilalar uchun har bir mahallalarda yozilayotgan iftorlik dasturxonlari xorij matbuotining ham eʼtiborini tortmoqda
.

Turkiyaning TRT telekanali orqali namoyish etilayotgan lavhada Yangiyoʻl tumanidagi ana shu jarayonlar aks etgan.

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
3.6K views15:03
Ochish/sharhlash
2023-04-09 16:26:55
#imkoniyat

Toshkent viloyatida tibbiyot yoʻnalishida yoshlarning chet tilini oʻrganishi va kasbiy koʻnikmalarga ega boʻlishi maqsadida oʻquv kurslari tashkil etildi.

Bundan ko‘zlangan maqsad nima? Ular bitirgandan keyin qanday imkoniyatlarga ega bo‘ladi?

Batafsil “Yoshlar” telekanali lavhasida tanishing.

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
4.9K views13:26
Ochish/sharhlash