Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent viloyati hokimligi

Telegram kanalining logotibi toshvilpressa — Toshkent viloyati hokimligi T
Kanaldagi mavzular:
Rasmiy
Official
Официально
Telegram kanalining logotibi toshvilpressa — Toshkent viloyati hokimligi
Kanaldagi mavzular:
Rasmiy
Official
Официально
Kanal manzili: @toshvilpressa
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.23K
Kanalning ta’rifi

Instagram :https://www.instagram.com/toshvilhokimligi
YouTube :https://youtube.com/channel/UCMiOgKk60AhICLacgI_VkUQ
Facebook :https://fb.me/toshvilhokimiyat
https://toshkentviloyati.uz/
@tvh_murojaat_bot
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-07-04 16:48:01
#IT_innovatsiya

Toshkent viloyati yoshlari o‘rtasidagi “HACKATHON” tanloviga start berildi (video)

Toshkent viloyati hokimi kubogi uchun tanlov 4-5-iyul kunlari ham davom etadi.

3-iyuldan e’tiboran, Astrum IT-akademiyasida Toshkent viloyati hokimi kubogi uchun “HACKATHON” tanloviga start berildi.

Tanlovdan maqsad viloyat yoshlarining IT-sohasiga qiziqishlarini yanada oshirish, intiluvchan va iste’dodli yoshlarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish, dasturlash tizimlari orqali ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish hamda mazkur sohadagi innovatsion loyiha va ishlanmalarni, IT-texnologiyalarini amaliyotda qo‘llashga qaratilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish va mazkur loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdir.

Toshkent viloyati hokimligi har bir loyihani amaliyotga tatbiq etish va loyiha mualliflarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida umumiy hisobda 1 000 000 000 so‘m (bir milliard so‘m) miqdorida pul ajratdi.

Tanlovda g‘olib bo‘lgan loyihalar viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini bosqichma-bosqich raqamlashtirishga xizmat qiladi.

Tanlov yo‘nalishlari:

Sun’iy intellekt
Ijtimoiy yo‘nalishlar
Kiberxavfsizlik
Tadbirkorlik va moliya
O‘yinlar
Maxsus yo‘nalish
Yuqoridagi har bir yo‘nalish sovrindorlari quyidagicha mukofotlanadi:

-o‘rin — 70 mln so‘m

-o‘rin — 40 mln so‘m

-o‘rin — 30 mln so‘m

Tanlovda ishtirok etish uchun 600 dan ortiq arizalar, 250 dan ortiq loyihalar kelib tushdi, 110 ga yaqin loyihalar saralab olinib, tanlovda ishtirok etishi uchun ruxsat berildi. Tanlovda 16 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishmoqda.

Toshkent viloyati hokimi kubogi uchun tanlov 4-5-iyul kunlari ham davom etadi.

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
6.0K views13:48
Ochish/sharhlash
2023-07-04 16:40:04
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Ҳиндистон Республикаси Бош вазири Нарендра Модининг таклифига биноан ШҲТга аъзо давлатлар раҳбарлари кенгашининг видеоанжуман шаклидаги навбатдаги мажлисида иштирок этди ва ташкилот доирасидаги ҳамкорликни янада ривожлантириш бўйича аниқ таклифларни илгари сурди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Премьер-министра Республики Индия Нарендры Моди принял участие в очередном заседании Совета глав государств-членов ШОС, состоявшемся в формате видеоконференции, и выдвинул конкретные предложения по дальнейшему развитию сотрудничества в рамках организации.

#Mirziyoyev #sammit #ShHT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
2.0K views13:40
Ochish/sharhlash
2023-07-04 15:36:47
#jarayon

Tumanlardagi bir qator ob’yektlarning nomlariga oʻzgartirishlar kiritilmoqda

BATAFSIL

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
3.3K views12:36
Ochish/sharhlash
2023-07-04 12:34:32
#Saylov_2023

Viloyatda ham muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari boshlanib, qonun me’yorlari asosida fuqarolar mazkur siyosiy jarayonda faol ishtirok etishmoqda.

Tafsilotlar bilan Oʻrta Chirchiq tumani misolida tanishamiz.

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
3.1K views09:34
Ochish/sharhlash
2023-07-04 09:24:32
#tezkor

Toshkent viloyatining 8 ta hududida sel xavfi kelishi kutilmoqda

Joriy yilning 5-7-iyul kunlari vodiy va Toshkent viloyati togʻ va togʻ oldi tumanlarida sel xavfi e’lon qilindi.

Ta’kidlanishicha, Toshkent viloyatining Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari, shuningdek, Olmaliq va Angren shaharlarida sel kelish xavfi mavjud.

Togʻ oldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan ehtiyot choralarini koʻrishlarini soʻraymiz.

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
4.8K viewsedited  06:24
Ochish/sharhlash
2023-07-04 08:15:49
#Oʻzbekiston24

Oʻrta Chirchiqda zamonaviy texnologiyalari bilan jihozlangan baydarka sport markazi foydalanishga topshirildi

Batafsil lavhada

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
5.1K viewsedited  05:15
Ochish/sharhlash
2023-07-03 17:36:55
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Ҳиндистон Республикаси Бош вазири Нарендра Модининг таклифига биноан 4 июль куни Шанхай ҳамкорлик ташкилотига аъзо давлатлар раҳбарларининг видеоанжуман шаклида ўтадиган навбатдаги мажлисида иштирок этади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Премьер-министра Республики Индия Нарендры Моди 4 июля примет участие в очередном заседании Совета глав государств Шанхайской организации сотрудничества, которое пройдет в формате видеоконференции.

#Mirziyoyev #sammit #ShHT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
2.9K views14:36
Ochish/sharhlash
2023-05-20 19:13:39
#Yoshlarga_koʻmak

Probatsiyada turgan yoshlar rahbarlar tashabbusi bilan roʻyxatdan chiqarilmoqda

BATAFSIL

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
1.7K views16:13
Ochish/sharhlash
2023-05-20 16:10:43
#maxsus_reportaj

Tadbirkor tomonidan tashkil etilgan “amaliy monomarkaz” va uni jihozlash, kasbga oʻqitish xarajatlari davlat tomonidan toʻliq qoplab beriladi.

Bu borada viloyatda bir qator ishlar boshlangan. Tadbirkor va ish bilan band boʻlmagan aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

“Oʻzbekiston 24” telekanalining maxsus koʻrsatuvida shu haqida soʻz boradi.

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
2.8K viewsedited  13:10
Ochish/sharhlash
2023-05-20 14:49:26
#ҳамкорлик

Давлатимиз Раҳбари бошчилигида Тошкент вилояти ҳамда Хитой Халқ Республикаси тадбиркорлари ўртасида ўзаро ҳамкорлик алоқаларини янада ривожлантириш борасида амалий ишлар олиб борилмоқда.

Хитойнинг Шинжон-Уйғур автоном райони шаҳрида ўтказилган ҳудуднинг йирик ишбилармонлари билан ўтказилган музокара жараёнларида ҳам икки томонлама савдо-иқтисодий, инвестициявий, транспорт, энергетика, қишлоқ хўжалиги, илм-фан, маданият ва туризм соҳаларида ҳамкорлик масалалари борасида дастлабки, келишувларга эришилмоқда.

Яъни, Тошкент вилояти ва Шинжон-Уйғур автоном райони ўртасида шериклик алоқаларини ўрнатиш тўғрисида тузилган битимлар ва уларни кенгайтириш учун қулай шарт-шароитлар яратиш борасида ўтказилган йиғилишда аниқ режалар белгилаб олинди.

"Xinjiаng RIVAL" технопаркидаги лойиҳалар билан танишиш асносида ҳам айниқса, ҳудуднинг муҳандислик-коммуникация тармоқлари эътиборимизни тортди.

Технопаркдаги бир қатор дастурларни вилоят ҳаётига татбиқ этишда, Хитойнинг тажрибали мутахассисларини жалб қилиш, шунингдек, иқтидорли ёшларни инновациялар соҳасида танлов асосида тажриба алмашиш учун бу ерга юбориш масаласига урғу берилди.

Instagram | Twitter | Facebook | Telegram
2.2K views11:49
Ochish/sharhlash