Get Mystery Box with random crypto!

therealniyozov

Telegram kanalining logotibi therealniyozov — therealniyozov T
Telegram kanalining logotibi therealniyozov — therealniyozov
Kanal manzili: @therealniyozov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2
Kanalning ta’rifi

Demokrat, anti-kommunist, pan-Turkist ||

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2023-01-30 12:00:47 Dunyoni o‘zgartiraman deb o‘ylaydigan ahmoqlargina yakunda uni o‘zgartiradilar.

Apple asoschisi Stiv Jobs

@therealniyozov
2 views09:00
Ochish/sharhlash
2023-01-30 00:32:40 Keling, bugun Apple logotipi paydo bo‘lishi haqidagi taxminlardan birini ko‘rib chiqamiz: Tyuring va Apple. Ba‘zi manbalar Alan Tyuringni Apple egalarini logo yaratilishida ilhom bo‘lganini ta‘kidlashadi. Xo‘sh, unda biz ushbu maqola orqali bu hikoyalar qanday…
2 viewsedited  21:32
Ochish/sharhlash
2023-01-30 00:21:03 Keling, bugun Apple logotipi paydo bo‘lishi haqidagi taxminlardan birini ko‘rib chiqamiz: Tyuring va Apple.

Ba‘zi manbalar Alan Tyuringni Apple egalarini logo yaratilishida ilhom bo‘lganini ta‘kidlashadi. Xo‘sh, unda biz ushbu maqola orqali bu hikoyalar qanday paydo bo‘lganini ko‘rib chiqamiz.

Dastlab, "Alan Tyuring kim?", degan savolga to‘xtalib o‘tmoqchiman. Alan Tyuring buyuk ingliz matematiklaridan biri hisoblanadi. Uning eng katta ixtirosi bu nemislarning o‘sha paytdagi juda ham buzish deyarli imkonsiz bo‘lgan shifrlangan muloqot almashinuvi tarmog‘i bo‘lmish "Enigma"ni buzuvchi va undagi ma‘lumotlarni o‘qish mumkin bo‘lgan holatga keltiruvchi "Kristofer" nomli texnologiyasidir. Nemislar "Enigma" orqali eng maxfiy ma‘lumotlarni bir birlariga yuborishar va ular shifrlangan bo‘lar edi. Ularni o‘qish mutlaqo imkonsiz edi, "Kristofer" yaratilmaguncha. Tyuringning ixtirosi orqali inglizlar katta kuchga ega bo‘lib oldi. Chunki, endi ular keyingi hujum qayerga bo‘lishini maxfiy xabarlarni o‘qiy olish tufayli oldindan bilishar va o‘sha qismlarni urush uchun yaxshiroq holatga keltirishar edi.

Xullas, Alan Tyuring kompyuterlar va texnologiyalar dahosi edi. Kompyuterlar qachonlardir insoniyatning o‘rnini egallashiga ishonardi.

Alan Tyuringga Apple logotipining nima aloqasi bor unda? Alan Tyuring olma jinnisi edi. U o‘z hamkasblarini tez-tez olma bilan mehmon qilib turgani ko‘pgina manbalarda yozib qoldirilgan. O‘lim to‘shaginining yonidan ham bir tomoni tishlangan olma topilgan, ishonchli manbalarning ma‘lumotiga ko‘ra, u zaharlangan bo‘lgan va shu orqali u o‘z joniga qasd qilgan. Shundan kelib chiqib, o‘zining birinchi salmoqli ishini kompyuter ishlab chiqarishdan boshlagan va "kompyuter dahosi" hisoblangan Alan Tyuring o‘rtasidagi bu bog‘liqlik haqiqatga yaqindek go‘yo.

Yana bir bunga ishonishimizga undovchi ma‘lumot shundaki, olma shakldagi dastlabki Apple belgisi kamalaksimon rangda bo‘lgan. Buni Alan Tyuringga nima aloqasi bor deyishingiz mumkin. Ammo, aloqasi bor. 1952-yilda Alan ustidan o‘z yigit bola o‘quvchisi bilan jinsiy aloqa qilganligi bo‘yicha ish ochilgan. Kamalaksimon rang esa qanday kishilarning ramziy ekanligini o‘zingiz yaxshi bilasiz.

Shu va yana boshqa ma‘lumotlar Alan Tyuring va Apple logotipi o‘rtasidagi hikoyalarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

Bizni kuzatishda davom eting, qiziqarli yangiliklar hali oldinda!

@therealniyozov
2 views21:21
Ochish/sharhlash
2023-01-27 11:09:56
Tehrondagi Ozarbayjon elchixonasiga qilingan hujum videosi e’lon qilindi.

@therealniyozov
3 views08:09
Ochish/sharhlash
2023-01-27 07:58:41 BYD va UzAuto Motors hamkorligi zararli monopoliyaning yangi boshqichi(mi?)

Ko’pchilikda milliy avtomobil kompaniyamiz Xitoyning BYD kompaniyasi bilan shartnoma tuzayotganligi avtomobilsozligimizning kelajagiga bo’lgan ishonchni yana qaytargan bo’lishi mumkin(albatta bu shartnomaga skeptik qarayotganlar ham yetarlicha).

Lekin bu shartnomaga obyektiv baho beriladigan bo’lsa, taxminan quyidagi xulosa va fikrlarni olish mumkin. Birinchidan, bu shartnoma elektromobillar importiga to’siqlarni oshirishi mumkin. Balki qisqa muddatda import bojlarining oshishini ko’rmasligimiz mumkindir lekin import qilish huquqi keskin cheklanadi(yoki boshqa ma’muriy cheklovlarning oshish ehtimoli yuqori). Ya’ni import qilish huquqi faqatgina milliy avtomobil zavodimizga taqdim qilinadi. Boshqacha aytganda, import elektromobillarning ichki bozorimizdagi narxi hozirgiga nisbatan oshadi hamda uni import qilish imkoniyati faqat ma’lum tanlangan guruhlargagina beriladi. Ikkinchidan, biroz vaqt o’tib qo’shma korxona ishlab chiqarishni boshlashi bilan esa import elektromobillarni olib kirish yanada qiyinlashadi. Bir jihatni unutmaslik kerakki, Xitoy komapniyasi O’zbekistonda ishlab chiqarishning kengayib eksport bo’lishidan yetarli darajada manfaatdor emas, chunki Ozbekistonga qo’shni bozorlarga avtomobil yetkazib berishda Xitoyda hech qanday logistik muammolar mavjud emas. Boshqacha aytganda, zavodning ichki bozorga kirishidan asosiy maqsadi ichki bozor uchun avtomobil ishlab chiqarish va yetekazib berishdan iborat. Kompaniya tashqi raqobat haqida bosh qotirmasdan ichki bozorda ma’lum darajada ishlab chiqarishni tashkil qilish orqali monopol foydani oladi(albatta foydani mahlliy kompaniya bilan bo’lishadi). Bunga o’xshagan holat esa aynan avtomobilsozlik tariximizda bo’lgan. Elektromobillar bilan kuzatilayotgan holat esa o’tgan davrdagi zararli avtomobil monopoliyasining keyingi bosqichi xolos.

Xullas, BYD bilan shartnoma katta ehtimol bilan avtomobilsozlik sohasini yorqin kelajak tomon yetaklamaydi. Albatta, bu shartnomadan manfaatdor guruhlar mavjud lekin bu manfaatdorlar iste’molchilar(xalq) emas. Balki Xitoydagi avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya hamda mahalliy ishlab chiqaruvchimiz hamda mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchimizning ishlab turishidan manfaatdor bo’lganlar. O’zbekistondagi mahallliylashtirish allaqachon “og’irlikka” aylanib ulgurgan. Ya’ni mahalliyashtirish niqobi ostida ba’zi ishlab chiqaruvchilar iste’molchilar(xalq)ning daromadi va boyligini “o’g’irlash”ni hamda ularni kambag’llashtirishni juda yaxshi o’rganib olgan endi esa faqatgina bu yo’nalishni yangi bosqichga olib chiqishayapti xolos.

Elektromobillarni mahalliylashtirayotganimiz avtomobilsozligimizning kelajagi emas balki yanada kattaroq parazitga aylanishi xolos(IMHO)

Mirkonomika

@therealniyozov
3 views04:58
Ochish/sharhlash
2023-01-27 07:07:45 Oxirgi bir kunda voqealar rivoji shu qadar tezlashib ketdiki, hatto jurnalist va ekspertlar nimalar bo'layotganini tushunishga ulgurmay qoldi.

Gap shundaki, Kiyev uzoq vaqtdan beri Germaniya va boshqa ittifoqchilarini Leopard 2 tanklari bilan ta’minlashga chaqirib kelayotgan edi, biroq Shols ma'muriyati bu NATO va Rossiya o'rtasida to'g'ridan to'g'ri mojaroga olib kelishi mumkinligidan xavotirlanib, bu qarorni qabul qilishda ikkilandi.

Biroq, Yevropa jamoatchiligi va tashqi hamkorlarning misli ko'rilmagan bosimi ortidan Berlin Ukrainaga tanklar berish qarorini ma'qulladi. Shundan so'ng Ittifoqning qator davlatlari Kiyevga Leopard tanklari yetkazilishini e'lon qildi. Politico nashriga ko'ra, Ukraina 80ga yaqin jangovar mashina oladi. Yetkazib beruvchi davlatlar:

Germaniya 14 Leopard 2A6 tanklari, unga qo'shimcha tarzda ikkita ta'mirlash mashinalarini ham yuboradi. Shuningdek, mamlakat fevral oyidan boshlab ukrainalik tank ekipajlarini olti haftalik tezkor mashg'ulotlardan o'tkazadi.

Ispaniya 347ta tank bilan Leopardlarning eng yirik parkiga egalik qiladi. Ukrainaga beriladigan modifikatsiyadan (Leopard 2A4) esa 108ta mavjud. Biroq, ayrim ma'lumotlarga ko'ra, ularning aksariyati zaxiraga olingan va jangovar holatga qaytarish uchun taxminan ikki oy vaqt talab etiladi.

Norvegiya o'z ixtiyoridagi 36 ta Leopard tankidan sakkiztasini Ukrainaga jo‘natish masalasini ko‘rib chiqmoqda, biroq hozircha yakuniy qaror qabul qilinmadi, deb yozdi DN mahalliy gazetasi.

Portugaliya Ukrainaga to'rtta tank yetkazib berishi mumkinligi aytilmoqda.

Niderlandiya Ukrainaga 18ta Leopard 2 tanklarini berishi mumkin. Biroq, Amsterdan avval ularni sotib olishi kerak. Gap shundaki, tanklar Germaniyadan ijaraga olingan.

Ma'lumotlarga ko'ra, hozir Polsha taxminan 250ga yaqin Leopard 2A4 and 2A5, shuningdek modernizatsiya qilingan Leopard 2PL tanklaridan iborat parkka egalik qiladi. Mamlakat rasmiylari Ukrainaga 14ta jangovar mashina yuborilishini ma'lum qilgan. Biroq, ularning modeli haqida ma'lumot yo'q.

Shvetsiya mudofaa vaziri o'z tanklarining bir qismini Ukrainaga yuborishi mumkinligini istisno qilmadi. Biroq, bu keyingi bosqichda amalga oshishi mumkin, deb yozgan mahalliy nashrlardan biri.

Bundan tashqari, Ukraina Qo'shma Shtatlardan 31ta M1 Abrams tanklarini ham oladi. Bu Ukraina standartlari bo'yicha bitta tank batalyonini tashkil etish uchun yetadigan miqdor.

Bayroqdor

@therealniyozov
3 views04:07
Ochish/sharhlash
2023-01-25 17:51:29
Bilsangiz, boshqa Yevropa davlatlarida kabi Germaniyada ham jamoat kitob javonlari mavjud. Bu kitoblarni almashtirish va olib ketish uchun foydalaniladigan javon yoki javonga o'xshash kitoblar saqlanadigan joy. Bepul va rasmiyatchiliksiz.

Asosan odam gavjum joylarda, shahar markazida shunday jamoat kitob javonlari va budkalari bor. Ayniqsa, kimdirni kutayotganda, kitoblarni titkilab varaqlab vaqt o‘tkazishga yaxshi :) Hamma mavzuda kitob topish mumkin, bolalar kitobidan tortib kulinariyagacha.

Butun Germaniya bo'yicha jamoat kitob budkalari soni 3000ga yaqin. Umuman, shunday javonlar g'oyasi zo'r.

Manba

@therealniyozov
4 views14:51
Ochish/sharhlash
2023-01-24 21:57:34 BBC so‘rovnomasiga ko‘ra, "eng yaxshi britaniyalik" sifatida tan olingan Uinston Cherchilning tarixini o‘qiganmisiz?

Birinchi Jahon urushida ingliz armiyaso juda katta talafot ko‘rgan jang rejasini tuzgan va boshchilik qilgan Uinston Cherchil qanday qilib yana siyosat maydoniga qaytdi va Ikkinchi Jahon urushida bosh vazir darajasiga ko‘tarildi va Ikkinchi Jahon urushida o‘z davlatiga boshchilik qildi?

Uinston Cherchil Gallipolidagi eng mudhish xatosi qanday ro‘y berdi?

Batafsil: https://therealniyozov.wordpress.com/2023/01/23/uinston-cherchillning-jahon-urushidagi-halokati/

@therealniyozov
4 viewsedited  18:57
Ochish/sharhlash
2023-01-22 15:41:43
1944-yil iyul. Hitler boshchiligidagi fashistlar Germaniyasi Ikkinchi Jahon urushida jang olib bormoqda. Sarhadlar birin-ketin qo‘ldan ketmoqda, mag‘lubiyat yaqin. Shunday bir sharoitda Hitlerga qarshi hukumatda guruh shakllanayotgan edi.

Shtauffenberg boshchiligidagi ushbu guruh o‘z oldiga Hitlerni o‘ldirish, shu orqali hukumatni egallash va urushni tugatishni maqsad qilgan edi. Hitlerga qarshi suiqasdlar orasida eng kattasi bo‘lib tarixga kirgan ushbu fitna "Valkiriya" operatsiyasi nomi bilan xalq orasida mashhurlikka erishadi.

Bir muncha vaqt hukumatni egallashga ham ulgurgan ushbu guruh qanday muvaffaqiyatsizlikka uchradi? Hitler suiqasddan qanday omon qoldi?

Barchasi shu yerda: https://wp.me/peuoUn-h

@therealniyozov
4 viewsedited  12:41
Ochish/sharhlash
2023-01-22 15:24:10
Yaponiyada amaldor Bosh vazir nutqi chogʻida qoʻllarini choʻntagiga tiqib turgani uchun uzr soʻrashga majbur boʻldi.

Bunga kim majbur qildi? Onasi unga qo‘ng‘iroq qildi va shunday madaniyatsiz o‘g‘li borligidan uyalishini aytgan, shu sababli u kechirim so‘rashga majbur bo‘lgan.

@therealniyozov
4 viewsedited  12:24
Ochish/sharhlash