Get Mystery Box with random crypto!

Keling, bugun Apple logotipi paydo bo‘lishi haqidagi taxminlar | therealniyozov

Keling, bugun Apple logotipi paydo bo‘lishi haqidagi taxminlardan birini ko‘rib chiqamiz: Tyuring va Apple.

Ba‘zi manbalar Alan Tyuringni Apple egalarini logo yaratilishida ilhom bo‘lganini ta‘kidlashadi. Xo‘sh, unda biz ushbu maqola orqali bu hikoyalar qanday paydo bo‘lganini ko‘rib chiqamiz.

Dastlab, "Alan Tyuring kim?", degan savolga to‘xtalib o‘tmoqchiman. Alan Tyuring buyuk ingliz matematiklaridan biri hisoblanadi. Uning eng katta ixtirosi bu nemislarning o‘sha paytdagi juda ham buzish deyarli imkonsiz bo‘lgan shifrlangan muloqot almashinuvi tarmog‘i bo‘lmish "Enigma"ni buzuvchi va undagi ma‘lumotlarni o‘qish mumkin bo‘lgan holatga keltiruvchi "Kristofer" nomli texnologiyasidir. Nemislar "Enigma" orqali eng maxfiy ma‘lumotlarni bir birlariga yuborishar va ular shifrlangan bo‘lar edi. Ularni o‘qish mutlaqo imkonsiz edi, "Kristofer" yaratilmaguncha. Tyuringning ixtirosi orqali inglizlar katta kuchga ega bo‘lib oldi. Chunki, endi ular keyingi hujum qayerga bo‘lishini maxfiy xabarlarni o‘qiy olish tufayli oldindan bilishar va o‘sha qismlarni urush uchun yaxshiroq holatga keltirishar edi.

Xullas, Alan Tyuring kompyuterlar va texnologiyalar dahosi edi. Kompyuterlar qachonlardir insoniyatning o‘rnini egallashiga ishonardi.

Alan Tyuringga Apple logotipining nima aloqasi bor unda? Alan Tyuring olma jinnisi edi. U o‘z hamkasblarini tez-tez olma bilan mehmon qilib turgani ko‘pgina manbalarda yozib qoldirilgan. O‘lim to‘shaginining yonidan ham bir tomoni tishlangan olma topilgan, ishonchli manbalarning ma‘lumotiga ko‘ra, u zaharlangan bo‘lgan va shu orqali u o‘z joniga qasd qilgan. Shundan kelib chiqib, o‘zining birinchi salmoqli ishini kompyuter ishlab chiqarishdan boshlagan va "kompyuter dahosi" hisoblangan Alan Tyuring o‘rtasidagi bu bog‘liqlik haqiqatga yaqindek go‘yo.

Yana bir bunga ishonishimizga undovchi ma‘lumot shundaki, olma shakldagi dastlabki Apple belgisi kamalaksimon rangda bo‘lgan. Buni Alan Tyuringga nima aloqasi bor deyishingiz mumkin. Ammo, aloqasi bor. 1952-yilda Alan ustidan o‘z yigit bola o‘quvchisi bilan jinsiy aloqa qilganligi bo‘yicha ish ochilgan. Kamalaksimon rang esa qanday kishilarning ramziy ekanligini o‘zingiz yaxshi bilasiz.

Shu va yana boshqa ma‘lumotlar Alan Tyuring va Apple logotipi o‘rtasidagi hikoyalarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

Bizni kuzatishda davom eting, qiziqarli yangiliklar hali oldinda!

@therealniyozov