Get Mystery Box with random crypto!

Bilsangiz, boshqa Yevropa davlatlarida kabi Germaniyada ham ja | therealniyozov

Bilsangiz, boshqa Yevropa davlatlarida kabi Germaniyada ham jamoat kitob javonlari mavjud. Bu kitoblarni almashtirish va olib ketish uchun foydalaniladigan javon yoki javonga o'xshash kitoblar saqlanadigan joy. Bepul va rasmiyatchiliksiz.

Asosan odam gavjum joylarda, shahar markazida shunday jamoat kitob javonlari va budkalari bor. Ayniqsa, kimdirni kutayotganda, kitoblarni titkilab varaqlab vaqt o‘tkazishga yaxshi :) Hamma mavzuda kitob topish mumkin, bolalar kitobidan tortib kulinariyagacha.

Butun Germaniya bo'yicha jamoat kitob budkalari soni 3000ga yaqin. Umuman, shunday javonlar g'oyasi zo'r.

Manba

@therealniyozov