Get Mystery Box with random crypto!

Oxirgi bir kunda voqealar rivoji shu qadar tezlashib ketdiki, | therealniyozov

Oxirgi bir kunda voqealar rivoji shu qadar tezlashib ketdiki, hatto jurnalist va ekspertlar nimalar bo'layotganini tushunishga ulgurmay qoldi.

Gap shundaki, Kiyev uzoq vaqtdan beri Germaniya va boshqa ittifoqchilarini Leopard 2 tanklari bilan ta’minlashga chaqirib kelayotgan edi, biroq Shols ma'muriyati bu NATO va Rossiya o'rtasida to'g'ridan to'g'ri mojaroga olib kelishi mumkinligidan xavotirlanib, bu qarorni qabul qilishda ikkilandi.

Biroq, Yevropa jamoatchiligi va tashqi hamkorlarning misli ko'rilmagan bosimi ortidan Berlin Ukrainaga tanklar berish qarorini ma'qulladi. Shundan so'ng Ittifoqning qator davlatlari Kiyevga Leopard tanklari yetkazilishini e'lon qildi. Politico nashriga ko'ra, Ukraina 80ga yaqin jangovar mashina oladi. Yetkazib beruvchi davlatlar:

Germaniya 14 Leopard 2A6 tanklari, unga qo'shimcha tarzda ikkita ta'mirlash mashinalarini ham yuboradi. Shuningdek, mamlakat fevral oyidan boshlab ukrainalik tank ekipajlarini olti haftalik tezkor mashg'ulotlardan o'tkazadi.

Ispaniya 347ta tank bilan Leopardlarning eng yirik parkiga egalik qiladi. Ukrainaga beriladigan modifikatsiyadan (Leopard 2A4) esa 108ta mavjud. Biroq, ayrim ma'lumotlarga ko'ra, ularning aksariyati zaxiraga olingan va jangovar holatga qaytarish uchun taxminan ikki oy vaqt talab etiladi.

Norvegiya o'z ixtiyoridagi 36 ta Leopard tankidan sakkiztasini Ukrainaga jo‘natish masalasini ko‘rib chiqmoqda, biroq hozircha yakuniy qaror qabul qilinmadi, deb yozdi DN mahalliy gazetasi.

Portugaliya Ukrainaga to'rtta tank yetkazib berishi mumkinligi aytilmoqda.

Niderlandiya Ukrainaga 18ta Leopard 2 tanklarini berishi mumkin. Biroq, Amsterdan avval ularni sotib olishi kerak. Gap shundaki, tanklar Germaniyadan ijaraga olingan.

Ma'lumotlarga ko'ra, hozir Polsha taxminan 250ga yaqin Leopard 2A4 and 2A5, shuningdek modernizatsiya qilingan Leopard 2PL tanklaridan iborat parkka egalik qiladi. Mamlakat rasmiylari Ukrainaga 14ta jangovar mashina yuborilishini ma'lum qilgan. Biroq, ularning modeli haqida ma'lumot yo'q.

Shvetsiya mudofaa vaziri o'z tanklarining bir qismini Ukrainaga yuborishi mumkinligini istisno qilmadi. Biroq, bu keyingi bosqichda amalga oshishi mumkin, deb yozgan mahalliy nashrlardan biri.

Bundan tashqari, Ukraina Qo'shma Shtatlardan 31ta M1 Abrams tanklarini ham oladi. Bu Ukraina standartlari bo'yicha bitta tank batalyonini tashkil etish uchun yetadigan miqdor.

Bayroqdor

@therealniyozov