Get Mystery Box with random crypto!

TerDU rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali T
Kanaldagi mavzular:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali
Kanaldagi mavzular:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Kanal manzili: @terdu340
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.86K
Kanalning ta’rifi

🌍 http://www.tersu.uz/
✅ https://t.me/terdu340
✅ http://facebook.com/tersu340
✅https://www.instagram.com/terdu_rasmiy
✅https://youtube.com/@Termizdavlatuniversitet
Murojaat uchun: @TerDU_rektor_bot
©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 7

2023-04-21 18:30:07
Sektor rahbarlari va bitiruvchi talaba yoshlar uchrashuvi

“Yoshlar markazi” binosida Oltinsoy tumani sektor rahbarlari ishtirokida sektor rahbarlari va bitiruvchi talaba yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda viloyat hokimi oʻrinbosari I.Safarov, Oltinsoy tumani hokimi B.Maxmatraemov, Termiz davlat universiteti Yoshlar masalalari va maʻnaviy-maʻrifiy ishlar boʻyicha prorektor O.Shofiyev, universitet yoshlar ittifoqi yetakchisi I.Tolipov, talabalar hamda boshqalar ishtirok etishdi.

Samimiy ruhda kechgan uchrashuvda soʻzga chiqqanlar bugun yoshlar uchun mamlakatimizda keng imkoniyatlar yaratilayotgani va ularning bandligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.

Bitiruvchi talaba yoshlarning bandligini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda Oltinsoy tumanining 30ga yaqin tashkilotlari 400ga yaqin boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishdi va turli vakansiyalarini talabalarga taklif etishdi.

Shundan soʻng, talaba yoshlar va uchrashuv ishtirokchilari uchun iftorlik dasturxoni yozildi. Konsert dasturi esa barchaga birdek xush kayfiyat bagʻishladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
4.8K views15:30
Ochish/sharhlash
2023-04-21 17:42:34 https://uza.uz/uz/posts/ziyolilar-forumi-bolib-otdi_475303
3.7K views14:42
Ochish/sharhlash
2023-04-21 11:02:05
Рамазон ҳайити муборак бўлсин, азиз юртдошлар!

С праздником Рамазан хайит, дорогие соотечественники!

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
4.0K views08:02
Ochish/sharhlash
2023-04-21 05:00:06
O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3.4K views02:00
Ochish/sharhlash
2023-04-20 21:31:11
“Osh chempionati”dan fotolavhalar

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
4.9K views18:31
Ochish/sharhlash
2023-04-19 17:00:00
DIQQAT, E'LON!

O'z loyihasiga ega bo'lgan va uni rivojlantirish istagida bo'lgan professor-o'qituvchilar, doktorant, magistr hamda talaba-yoshlar uchun ajoyib imkoniyat!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jahon bankining "O'zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish" (MUNIS) loyihasi doirasida 2023-yilning may oyidan boshlab respublikamizning barcha hudud va shaharlarida xalqaro ekspertlar jamoasi tomonidan "Texnologiyalarni tijoratlashtirish va startap loyihalarni amalga oshirish" o‘quv dasturini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan sizlarni ushbu o'quv kursda qatnashib manfaatli bo'lgan bilimlarni olishga chorlaymiz.

Kurslar xorijiy ekspertlar ishtirokida o'tkaziladi.

Kursga qatnashish bo'yicha to'liq ma'lumot olish uchun ilmiy-innovatsion ishlanmalarini tijoratlashtirish bo'limi xodimlarining @Salokhiddinnn telegram manziliga hamda +998936388026 va +998905210011 telefon raqamlariga 27-aprelga qadar murojaat qilshingiz mumkin.

Shoshiling joylar soni cheklangan.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.9K views14:00
Ochish/sharhlash
2023-04-19 16:02:15
Korrupsiya — taraqqiyot yoʻliga toʻsiq

“Korrupsiyasiz taʼlim tarafdorimiz” mavzusidagi davra suhbatining navbatdagisi Yuridik, Ijtimoiy fanlar hamda Tarix fakulteti talabalari ishtirokida ham oʻtkazildi.

Unda TerDU Korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens nazorat boʻlimi boshligʻi F.Qodirov, bosh mutaxassis J.Normoʻminov, universitet yoshlar ittifoqi yetakchisi I.Tolipov va fakultet dekanlari qatnashishdi.

Taraqqiyot yoʻliga toʻsiq boʻluvchi bu illatning salbiy oqibatlari, jamiyatdagi zararlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.2K views13:02
Ochish/sharhlash
2023-04-19 15:12:54 "Yangi davr" gazetasining 2023-yil 19-apreldagi sonida Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti dekani, professor J.Xolmo‘minovning “Referendumga 11 kun qoldi” nomli maqolasi chop etildi

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.8K views12:12
Ochish/sharhlash
2023-04-19 14:40:28
#referendum_2023

Yangilanayotgan Konstitutsiya – yurtimiz va xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo‘ladi

Ayni kunlarda Respublikamizning barcha hududlarida 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan umumxalq referendumiga oid targʻibot tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti tyutorlari hamda volontyor talabalari tashabbusi bilan Termiz shahridagi "Bog'zor" MFYda ham bo‘lib o‘tdi.

Unda yangi tahrirdagi konstitutsiyaning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga tushuntirilib, yangilanayotgan konstitutsiya ijtimoiy, demokratik-huquqiy va chinakam xalqparvar davlatchilik asoslarini yaratishi, aholi farovonligini oshirishi, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada yuksaltirishda muhim omil bo‘lishi qayd etildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.0K views11:40
Ochish/sharhlash
2023-04-19 14:01:48
DIQQAT, EʼLON!

Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya (turlari bo’yicha) va Geografiya taʼlim yoʻnalishlari sirtqi hamda 2-oliy ta’lim talabalari diqqatiga!

Joriy yilning 25-aprel sanasidan  boshlab
1-kurs Biologiya (turlari bo’yicha)  BS-122-222 guruhlar, 1-kurs Geografiya  ta’lim yo’nalishi GS-122, 222 guruhlar, 2-kurs Biologiya (turlari bo’yicha)  2OTB-122, 222 guruhlar, 25-maygacha oʻquv rejaga muvofiq anʻanaviy shaklda dars mashg’ulotlari va yakuniy nazoratlar oʻtkaziladi.

Barcha talabalarning dars va yakuniy nazoratlarda ishtirok etishlari soʻraladi!

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.5K views11:01
Ochish/sharhlash