Get Mystery Box with random crypto!

DIQQAT, E'LON! O'z loyihasiga ega bo'lgan va uni rivojlanti | TerDU rasmiy kanali

DIQQAT, E'LON!

O'z loyihasiga ega bo'lgan va uni rivojlantirish istagida bo'lgan professor-o'qituvchilar, doktorant, magistr hamda talaba-yoshlar uchun ajoyib imkoniyat!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jahon bankining "O'zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish" (MUNIS) loyihasi doirasida 2023-yilning may oyidan boshlab respublikamizning barcha hudud va shaharlarida xalqaro ekspertlar jamoasi tomonidan "Texnologiyalarni tijoratlashtirish va startap loyihalarni amalga oshirish" o‘quv dasturini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan sizlarni ushbu o'quv kursda qatnashib manfaatli bo'lgan bilimlarni olishga chorlaymiz.

Kurslar xorijiy ekspertlar ishtirokida o'tkaziladi.

Kursga qatnashish bo'yicha to'liq ma'lumot olish uchun ilmiy-innovatsion ishlanmalarini tijoratlashtirish bo'limi xodimlarining @Salokhiddinnn telegram manziliga hamda +998936388026 va +998905210011 telefon raqamlariga 27-aprelga qadar murojaat qilshingiz mumkin.

Shoshiling joylar soni cheklangan.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt