Get Mystery Box with random crypto!

OLIY TAʼLIM

Telegram kanalining logotibi talimz — OLIY TAʼLIM O
Telegram kanalining logotibi talimz — OLIY TAʼLIM
Kanal manzili: @talimz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 31.38K
Kanalning ta’rifi

✅ OLIY TAʼLIM
🔥Eng tezkor, Eng ishonchli, Eng yaxshi Taʼlim kanali! Trenddagi xabarlarni, sizga kerak barcha rasmiy yangiliklarni yoritamiz!
✨Reklama Xizmati: 👉 @Oliy_Talim_Reklamasi
📩 Xabar yuborish: @Bobby4948

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-09-27 14:33:02 Super-kontraktning qanday turlari bor?

talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan 5 ta yo'nalishdan istalgan birida o'qish;

ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan 2-, 3-, 4- yoki 5-bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga talabalikka tavsiya etilgan, biroq to‘plagan bali tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish balidan past bo‘lgan abituriyentlarga tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o'qish imkoni bor.

Bunda, abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari asos sifatida qabul qilinadi.

56,7 balldan kam to'plaganlarga belgilangan super-kontraktning 2 baravarini to'lab o'qish imkoni ham berilgan.

Eslatma: 15-oktyabrgacha super-kontraktni to‘laganlarga 10 foizlik chegirma beriladi.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.4K views11:33
Ochish/sharhlash
2023-09-27 12:34:02
Xorazmning Tuproqqal'a tumanida yangi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

Tuproqqal'a tumanining chekka hududida joylashgan "Hazorasp" mahallasida 13-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mukammal ta'mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Natijada tashkilot quvvati 90 o'rindan 120 o'ringa oshib, mahallaning 3-7 yoshdagi barcha bolajonlarini maktabgacha ta'limga qamrab olinishiga erishildi.

Ma'lumot uchun: Bugungi kunda Xorazm viloyatida 1 802 ta (363 ta davlat, 92 ta DXSH, 7 ta xususiy, 1 340 ta oilaviy) maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat olib bormoqda. Viloyat bo'yicha 3-7 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni 153 976 nafarni tashkil etib, ulardan 121 413 nafari (78.9 foiz) davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan. Shundan, 75 413 nafar tarbiyalanuvchilar davlat va 46 000 nafari nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan.

Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.2K views09:34
Ochish/sharhlash
2023-09-27 12:14:32
Namangan xalqaro universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda

Universitetda 8 ta yo'nalish bo'yicha kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllari mavjud.

Kontrakt narxlari 9mlndan boshlanadi va to'rtga bo'lib to'lash imkoni mavjud.

420 ta Grant o'rniga ega.

DTMdan olgan balingiz bilan imtihonsiz talaba bo'lishingiz mumkin.

Shunday ekan imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

Litsenziya bekor bo‘lmagan va ayni damda faol holatda.

O’qishga kirish va ko‘chirish uchun: qabul.namxu.uz

78-113-21-22   

Telegram | Instagram | web-sayt | Youtube
20.2K views09:14
Ochish/sharhlash
2023-09-26 13:46:21
Davlat xizmatlari markazlariga borib yotoqxonaga ariza berish mumkin

1-kurslar
yotoqxonaga arizani my.gov.uz orqali bepul elektron tarzda jo‘natishi mumkin.

Lekin agar buni qilishda qiynalayotgan bo‘lsangiz, o‘zingizga yaqin Davlat xizmatlari markaziga borib o‘sha yerda ariza topshirishingiz mumkin.

Eslatma: bu xizmat faqat 1-kurslar uchun. Katta kurs talabalari OTMga ariza yuboradi.

1-kurs talabalari, yotoqxonaga ariza topshirib bo‘ldingizmi?


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.1K views10:46
Ochish/sharhlash
2023-09-26 12:39:22 #eslatma

Ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun navbatdagi navbatdagi test sinovlarini 2023-yilning 4-choragida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Talabgorlar ona (ozbek) tili va adabiyot fanidan test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun o‘qish tavsiya etiladigan badiiy adabiyotlar ro‘yxati shakllantirildi.

Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:

“Tushda kechgan umrlar” romani (O‘tkir Hoshimov).
“Sarvqomat dilbarim” qissasi (Chingiz Aytmatov).
“Oltin Zanglamas” romani (Shuhrat).
“Jayhun ustida bulutlar” qissasi (Mirkarim Osim).
“Asror bobo” hikoyasi (Abdulla Qahhor).

Rus tili va adabiyot hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati o‘zgarmaydi. Ular bilan test spetsifikatsiyada tanishishingiz mumkin.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.1K views09:39
Ochish/sharhlash
2023-09-25 12:51:03 Kelasi yildan ya'ni 2024-yil avgust testlarida mutaxassislik fani 2 tadan 3 taga koʻpaytirilishi kutilmoqda.

“Kelgusi yildan abituriyentlar 3 ta asosiy va 2 ta qoʻshimcha fanni tanlab, test sinovlaridan oʻtadi va uning natijalariga qarab oliygoh, taʼlim yoʻnalishi va taʼlim shaklini tanlash imkoniyatiga ega boʻladi” — Shavkat Mirziyoyev.

Maʼlumot uchun: hozirda test sinovlarida 2 ta asosiy (mutaxassislik) va 3 ta qoʻshimcha (majburiy) fandan savollar beriladi.
Bu esa ayrim yoʻnalishlarni quydagi koʻrinishda boʻladi:

Xalqaro munosabatlar.
1.Tarix
2.Ingliz tili
3.Huquqshunoslik
Majburiy fanlar
Matematika
Ona tili

Filologiya
1.Ona tili
2.Ingiliz tili
3.Tarix
Majburiy fanlar
Ingliz tili
Matematika

Yuristpredunciya
1.Huquq
2.Ingliz tili
3.Tarix
Majburiy fanlar
Ona tili
Matematika

Tibbiyot yoʻnalishi
1.Biologiya
2.Kimyo
3.Ona tili
Majburiy fanlar
Tarix
Matematika

Iqtisod yoʻnalishi
1.Matematika
2.Ingiliz tili
3.Ona tili
Majburiy fanlar
Tarix
Ingliz tili

Tarix o'qitishga
1.Tarix
2. Geografiya
3.ingliz tili
Majburiy
Ona tili
Matematika

Ingliz tili ham majburiy fanlar sirasiga kiritiladi. Bundan maqsad iloji boricha hammani 5 ta fandan imtixon topshirtirish.
Hozir Tarix-ona tiliga topshiradiganlar bitta qo'shimcha matematika o'qiydi.
Tibbiyotchilar esa Kimyo biologiyaga qo'shimcha uchta fan bu adolatsizlik deb topildi.


ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi KIRISH BALLARI qancha ekanligini @Imtihon_Ballari_bot orqali bilib olishingiz mumkin.

Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.0K views09:51
Ochish/sharhlash
2023-09-25 03:18:36
ХАЙРЛИ ТОНГ!

Ассалому алайкум! Хафтанинг биринчи куни, Душанба тонги муборак бўлсин!

Сиз ва бизларни соғ–саломат уйғотган Роббимизга ҳамдлар бўлсин!

Ҳамиша Аллоҳнинг паноҳида бўлинг


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.0K views00:18
Ochish/sharhlash
2023-09-24 12:41:09
Maktab davrida katta tanaffusda shu o'yinni o'ynardik. Sinfdagi eng chiroyli qizni qo‘lini uzib, birga qaytarib kelardim...


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.4K views09:41
Ochish/sharhlash
2023-09-24 08:44:02
Talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan stajirovka tizimi joriy etiladi

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻzi vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) qabul qilindi.

Unga koʻra 2023-yil noyabriga qadar Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar daftari”ga kiritilgan talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan stajirovka tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqish vazifasi belgilandi.

Mazkur qarorda quyidagilar nazarda tutiladi:

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan talaba yoshlarning davlat tashkilotlarida amaliyot o‘tagan vaqtida subsidiya ajratish;

Amaliyotni davlat oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalariga muvofiq amaliyotni o‘tash dasturi asosida amalga oshirish;

Davlat oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda bitiruvchilarning amaliyot davridan keyin ish o‘rinlariga joylashishlariga ko‘maklashish.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.5K views05:44
Ochish/sharhlash
2023-09-24 04:48:08
Kirish imtihon natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyent qanday qilib sudga bera oladi?

Sudda nimalar muhokama qilinadi? Videoda sudda yutib chiqib talaba bo‘lgan yigit sudini misol qilganmiz.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.6K views01:48
Ochish/sharhlash