Get Mystery Box with random crypto!

OLIY TAʼLIM

Telegram kanalining logotibi talimz — OLIY TAʼLIM O
Telegram kanalining logotibi talimz — OLIY TAʼLIM
Kanal manzili: @talimz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 29.44K
Kanalning ta’rifi

✅ OLIY TAʼLIM
🔥Eng tezkor, Eng ishonchli, Eng yaxshi Taʼlim kanali! Trenddagi xabarlarni, sizga kerak barcha rasmiy yangiliklarni yoritamiz!
✨Reklama Xizmati: 👉 @Oliy_Talim_Reklamasi
📩 Xabar yuborish: @Bobby4948

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-10-31 10:56:42 “Temurbeklar maktabi”ga endi ayollar ham qabul qilinadi, lekin bu adolatsiz imtiyozni oqlashga asos bo‘lmaydi

Prezident qarori (PQ–349, 30.10.2023 y.) bilan 2024/2025-o‘quv yilidan Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga ayol jinsidagi O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish boshlanar ekan.

Umuman olganda bu yaxshi qaror, jinsiy diskriminatsiyaning oldi olinadi. Hozircha faqat Toshkentda qabul qilinar ekan, balki kelgusida hududlarda ham qabul qilish boshlanar.

Ammo muhim jihati bor: bu o‘zgarish "Temurbeklar maktabi" bitiruvchilariga beriladigan adolatsiz imtiyozni oqlash uchun asos bo‘lmaydi. Agar mutasaddilar "Mana, endi qizlarni ham oladigan bo‘ldik, shu bilan imtiyozlarni adolatli qildik" deb o‘ylayotgan bo‘lsa, qattiq adashadi.

Ball qo‘shib berish shaklidagi adolatsiz imtiyoz haligacha adolatsizligicha turibdi.

Umid qilamanki, Hukumat va harbiy soha tepasidagi rahbarlar "Temurbeklar maktabi" bitiruvchilariga beriladigan adolatsiz imtiyozni qayta ko‘rib chiqadi va bu xato qarorni tez orada to‘g‘rilaydi. Chunki bu holat davom etaversa, yildan yilga jamiyat orasida harbiylar imijini diskreditatsiya qiladi, odamlarda "Temurbeklar maktabi"ga nisbatan nafrat paydo bo‘ladi. Masʼullar tezroq xatoni to‘g‘rilab, buning oldini olishi kerak.

Mayli, imtiyoz bermoqchi bo‘lishsa, boshqacharoq shaklda berishsin, ammo zinhor ball qo‘shib berish shaklida emas.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
27.8K viewsedited  07:56
Ochish/sharhlash
2023-10-30 14:20:54
1-ноябрдан Тошкентда жамоат транспортида йўлкира нархи ошади

1-ноябрдан жамоат транспортида:
нақд пул ва банк карталарти орқали 2000 сўм;
АТТО транспорт карталари орқали тўлов учун эса 1700 сўм этиб белгиланмоқда.

Йўловчилар АТТО транспорт карталаридан фойдаланган ҳолда бир соат ичида иккинчи маротаба автобусдан фойдалансалар йўл ҳақи учун 700 сўм тўлайдилар.

Бир соат давомида йўловчилар автобусдан учинчи ва тўртинчи маротаба маълум бир манзилга ҳаракатланиши эса мутлақо бепул бўлади.

Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
22.6K views11:20
Ochish/sharhlash
2023-10-27 10:23:32 Ona tili va adabiyot fanidan yozma ishni baholash mezoni

Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarida ona tili va adabiyot fanidan talabgorlarning bilim darajasini aniqlashda yozma ish (esse)ni baholash mezoni Agentlikning rasmiy saytiga joylashtirildi.

Baholash mezoniga ko‘ra yozma ishlar 12 ta holat bo‘yicha 0 balldan 2 ballgacha baholanadi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 24 ballni tashkil etadi.

Quyidagi hollarda esse tekshirilmaydi va 2 ball bilan baholanadi:

esse yozilgan, lekin mavzuga mos bo‘lmasa;
essening hajmi 100 ta so‘zdan kam bo‘lsa;
esse boshqa manbadan ko‘chirilgan bo‘lsa.

Esse yozilmagan bo‘lsa, 0 ball beriladi.

Ona tili va adabiyot fanidan yozma ishni baholash mezoni bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
34.2K views07:23
Ochish/sharhlash
2023-10-27 08:57:39
#Rasman

30 yoshdan oshganlar diqqatiga!

Endi, 16 dan yuqori yoshdagi barcha oliy ma’lumotli bo‘lishi mumkin.

SIRTQI TA’LIM shaklida talaba bo‘lishi imkoni yaratildi.

Kontrakt narxlari atigi 9 mln so'm va to'rtga bo'lib to'lash imkoni mavjud

Mavjud yo'nalishlar:

Tarix
Maktabgacha ta'lim
Pedagogika va psixologiya
Buxgalteriya hisobi va audit

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang, hoziroq ro'yxatdan o'ting!

Onlayn hujjat topshirish

78-113-21-22
35.2K viewsedited  05:57
Ochish/sharhlash
2023-10-26 22:56:05
ЖУМА АЙЁМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН!

Энг яқин инсоним кириб келган “Жума” куни муборак бўлсин.

Бу кунда барча дуо қилувчиларнинг дуолари ижобат бўлсин.

Қалбларимизни ўзининг муҳаббати билан шод айласин!

Яқинларингизни биринчи бўлиб табриклаш эсдан чиқмасин

Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
13.1K views19:56
Ochish/sharhlash
2023-10-26 16:49:50 O‘zbekistonda hamma OTM beradigan diplom bir xilmi?

OTMlar bir qancha turlarga bo‘lingan. Bular:
davlat OTMlari (turli vazirliklar tizimida);
xususiy OTMlar;
xorijiy OTMlar va ularning filiallari.

Bu OTMlar beradigan diplom bir xil. Sababi hammasi davlat talablariga rioya qilgan holda litsenziya bilan ishlaydi. Faqat beriladigan ta’lim sifatida farqlar borligi aniq.

Eslatma: Oliy ta’lim vazirligi veb-saytida barcha davlat va xususiy ta’lim muassasalari ro‘yxati bor.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
14.0K viewsedited  13:49
Ochish/sharhlash
2023-10-26 04:51:30 Oliy ma’lumotli bo‘lish uchun kamida necha yil o‘qish kerak?

Buning uchun kamida 3 yil bakalavriatda o‘qish kerak.

O‘zi oliy ta’lim 2 bosqichdan iborat:
bakalavriat;
magistratura.

Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va ko‘nikmalar beradigan, o‘qish davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.

Magistratura
tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha o‘qish davomiyligi kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir.

Bakalavrdagi qaysi yo‘nalishlar 3 yil?

Musiqa ta’limi;
Jismoniy madaniyat;
Texnologik ta’lim;
Chaqiriqqacha harbiy ta’lim;
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
25.0K views01:51
Ochish/sharhlash
2023-10-24 13:14:34
Sirqti ta’limga qabul bo‘lmaydigan pedagogika yo‘nalishlarini bilasizmi?

2023-yilgi qabuldan 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul bo'lmadi.

• 60110600 - Matematika va informatika
• 60110700 - Fizika va astronomiya
• 60110800 - Kimyo
• 60110900 - Biologiya
• 60111000 - Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
• 60111400 - O‘zbek tili va adabiyoti
• 60111500 - Ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha)
• 60111600 - O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili
• 60111700 - O‘zga tilli guruhlarda rus tili
• 60111800 - Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha)
• 60112000 - Chaqiriqqacha harbiy ta’lim
• 60112500 - Maktab menejmenti
• 60112600 - Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (tillar bo‘yicha)
• 60112700 - Maxsus pedagogika (faoliyat turlari bo‘yicha)

Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
20.9K views10:14
Ochish/sharhlash
2023-10-23 12:48:49
Talaba bo'lish orzuligicha qolmasin!

Sizda hali sirtqi ta'limda imtihonsiz talaba imkoni bor

Kontrakt narxlari atigi 9 mln so'm va to'rtga bo'lib to'lash imkoni mavjud

Mavjud yo'nalishlar:

Tarix
Maktabgacha ta'lim
Pedagogika va psixologiya
Buxgalteriya hisobi va audit

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang, hoziroq ro'yxatdan o'ting!

Onlayn hujjat topshirish

78-113-21-22
16.4K views09:48
Ochish/sharhlash
2023-10-20 22:20:38
«21 Октабр - Ўзбек тилига давлат тили мақоми берилган кун»

«ҚАДРИНГ БАЛАНД БЎЛСИН, ОНА ТИЛИМ


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM
16.6K views19:20
Ochish/sharhlash