Get Mystery Box with random crypto!

OLIY TAʼLIM

Telegram kanalining logotibi talimz — OLIY TAʼLIM O
Telegram kanalining logotibi talimz — OLIY TAʼLIM
Kanal manzili: @talimz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 31.38K
Kanalning ta’rifi

✅ OLIY TAʼLIM
🔥Eng tezkor, Eng ishonchli, Eng yaxshi Taʼlim kanali! Trenddagi xabarlarni, sizga kerak barcha rasmiy yangiliklarni yoritamiz!
✨Reklama Xizmati: 👉 @Oliy_Talim_Reklamasi
📩 Xabar yuborish: @Bobby4948

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 21

2023-05-17 03:17:43
АССАЛОМУ АЛАЙКУМ ВА РОХМАТУЛЛОҲИ ВА БАРОКАТУҲ

Роббимнинг марҳамати ила берилган яна бир янги тонг, янги кун барчамизга муборак, хайрли бўлсин!

• Илохим ҳар бирингизнинг
• кўнглингиз ХОТИРЖАМЛИКни,
• Юзингиз ТАБАССУМни,
• Хонадонингиз БАРАКАни,
• Ҳамёнингиз ДАРОМАДни,
• Қалбингиз ИЙМОНни,
• Танингиз САЛОМАТЛИКни,
• Юрагингиз МЕҲРни йўқотмасин!

Кунингиз эзгу амаллар ила мазмунли ва файзли ўтсин!

ХАЙРЛИ ТОНГ!


Ўз яқинларингизга ҳам улашинг

https://t.me/Talimz
14.7K views00:17
Ochish/sharhlash
2023-05-16 20:27:02 Xususiydan davlat universitetiga "перевод" mumkinmi ?

Javob: Respublika hududida faoliyat yuritayotgan nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o'qishini mos va turdosh boʻlgan ta'lim yo'nalishlariga ko'chirish talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta'lim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta'lim yo'nalishlari bo'yicha test sinovlari asosida o'tkaziladi.

O'tish ballidan past ball to'plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.

Oʻzbekiston davlat OTMlarining mos va turdosh boʻlmagan ta'lim yo'nalishlariga koʻchirish oʻrnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta'lim yo'nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdoriga teng boʻlgan bir martalik toʻlov asosida amalga oshiriladi.

Sodda qilganda, ha, iloji bor!

https://t.me/Talimz
15.4K views17:27
Ochish/sharhlash
2023-05-16 17:06:47
DUOLINGO 130=IELTS 7+ (garantiya)

Atigi 350$

Bu test natijasi bilan siz bemalol
AQSH universitetlariga topshirsangiz boladi

Koproq malumot uchun kanalimizga qoshiling
@duolingotester
17.1K views14:06
Ochish/sharhlash
2023-05-16 12:40:53 Maktab (esimda òsha damlar..)

Maktab - qamoqxona

O'quvchi - boshsiz chavandoz

Tanaffus - jaxon urushi

O'qituvchi va o'quvchi munosabatlari - Alibobo va 40 qaroqchi &

Doska oldidagi o'quvchi - Vatandan yiroqda

Birinchi parta- doʼzax azobi

Devor oldidagi qiz- uyqudagi malika

Oxirgi partadagi bolalar- kalxoz bozor

Chiqish qo'ng'irog'i- jannat kuylari sadosi

Geografiya fani o'qituvchisi- gapiruvchi globus

Tarix fani- Qunduz bobo ertaklari (2 ta ham aytib berardi)

Kimyo darsi - murdalar gapirmaydilar

Algebra - xayrli tun

Jismoniy tarbiya - ozodlik

Nima bo'lganda ham maktab davrlarim eng unutilmas va ajoyib davrlar edi

https://t.me/Talimz
14.3K views09:40
Ochish/sharhlash
2023-05-15 20:50:02 Talabalik - oltin davrim!

Bu gaplarni har kun eshitamiz:
Kirsam maylimi?
Kimni darsi?
Qanaqa ekan?
Olarkanmi?
Kimmi ruchkasi bor?
Manga ham ber yozishga?
Bugun sana nechchi?
Tur uxlama
Soat Nechi bo'ldi?
Telefoningni berib tur.
Stipendiya tushibdimi?
Staristaga pul berdingmi?
Kantrakt masalasi bo'yicha yuribdi
Mexanika? Bu endi bitta alohida dunyo
Tankasi borlar beshga yopadi
Bu sessiyadan o'qiyman
O'rtoq man ham stipendiyani kutib yuribman ilojim yo'q
Uni darsiga kirmaylik
Raport yozolmaydi o'ziga minus keladi...


Barcha talabalarga yuboramiz.


https://t.me/Talimz
16.3K views17:50
Ochish/sharhlash
2023-05-15 18:20:02
Нодавлат олийгоҳларга лицензия бериш тартиби ўзгармоқда

Нодавлат олий таълим ташкилотларига лицензия бериш Вазирлар Маҳкамасининг 80-сонли қарори асосида амалга оширилиб келинган эди. Ушбу қарорда лицензия олиш учун талаблар батафсил кўрсатилган эди.

Ҳозирги вақтда ушбу ҳужжатга ўзгартириш киритилмоқда ва эндиликда лицензия янги талаблар асосида берилиши кутилмоқда, жумладан:

Ҳисоб рақамда туриши лозим бўлган 150,000 АҚШ доллари миқдоридаги пул маблағи эндиликда музлатилади, гаров сифатида пулни ҳисоб рақамдан ечиб олинишига йўл қўйилмайди;

Нодавлат олийгоҳ очиш учун ўқув биноси ижара асосида бўлиши тартиби бекор қилиниши кутилмоқда, ўқув биноси олийгоҳ очмоқчи бўлган МЧЖ балансида бўлиши талаб этилади;

Талабалар турар жойи (ТТЖ) биноси балансда бўлиши шарт эмас. Талабаларни ТТЖ билан таъминлаш учун бошқа бино иншоотларни ижарага олиш мумкин бўлмоқда.

https://t.me/Talimz
15.2K views15:20
Ochish/sharhlash
2023-05-15 08:39:37 Қарамоғида вояга етмаган фарзандлари борлиги учун ходимга ойлигига таъсир қилмаган ҳолда имтиёзли иш шартлари қўлланиши мумкинми?

Ўзбекистон Республикасининг 2023-йил 30-апрелдан кучга кирган Меҳнат Кодексида вояга етмаган фарзандлари бўлмаган фуқароларга қатор имтиёзлар белгиланган.

Унга кўра:

Ўн икки ёшга тўлмаган икки ва ундан ортиқ боланинг ёки ўн олти ёшга тўлмаган ногиронлиги бўлган боланинг ота-онасидан бирига (ота-она ўрнини босувчи шахсга) ҳар йили давомийлиги камида тўрт календар кун бўлган ҳақ тўланадиган қўшимча таътил берилади.

Иш берувчи ҳомиладор аёлнинг, ўн тўрт ёшга тўлмаган боланинг (ўн олти ёшга тўлмаган ногиронлиги бўлган боланинг) ота-онасидан бирининг (ота-она ўрнини босувчи шахснинг), шунингдек оиланинг бетоб аъзосини парваришлашни амалга ошираётган шахснинг илтимосига кўра уларга тиббий хулосага мувофиқ тўлиқсиз иш вақти белгилаши шарт.

Икки ёшга тўлмаган боланинг ота-онасидан бирига (васийсига) дам олиш ва овқатланиш учун танаффусдан ташқари болани овқатлантириш учун қўшимча танаффуслар берилади.

Бу танаффуслар камида ҳар уч соатда, ҳар бири ўттиз минутдан кам бўлмаган давомийликда берилади. Бу вақт иш вақтига киритилади ва ўртача иш ҳақи бўйича иш ҳақи тўланади.

Мазкур танаффусларнинг аниқ давомийлиги ва уларни бериш тартиби жамоа шартномасида, агар у тузилмаган бўлса, касаба уюшмаси қўмитаси билан келишувга кўра иш берувчи томонидан белгиланади.

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги

https://t.me/Talimz
16.3K views05:39
Ochish/sharhlash
2023-05-14 03:39:02
Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ! Якшанба тонги муборак бўлсин!

Сиз ва бизларни соғ–саломат уйғотган Роббимизга ҳамдлар бўлсин!

Ҳамиша Аллоҳнинг паноҳида бўлинг...



https://t.me/Talimz
14.9K views00:39
Ochish/sharhlash
2023-05-13 18:20:52
#Muhim

Quyidagi bakalavriat kunduzgi taʼlim yoʻnalishlarida oʻqish muddati 3 yil etib belgilangan

Musiqa taʼlimi
Jismoniy madaniyat
Texnologik taʼlim
Chaqiriqgacha harbiy taʼlim
Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi
Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport
Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha
)

https://t.me/Talimz
16.0K views15:20
Ochish/sharhlash
2023-05-12 14:30:02 Bundan buyon grant kvotalarini Prezident, kontrakt kvotalarini OTMlarning o’zi tasdiqlaydi

Prezidentning 279-son qarorida (15.06.2022-y.) bu haqda tegishli qoida belgilangan.

Unga ko‘ra 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab:

davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari (kvota) faqat davlat granti bo‘yicha tasdiqlanadi;

to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari esa, moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarda Kuzatuv kengashlari qarori bilan, qolganlari tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi hamda har yili 20-iyunga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun: mazkur qarorga ko’ra, har yili 1-mayga qadar Davlat komissiyasi davlat OTMlarining bakalavriat va magistraturasiga qabul qilish bo‘yicha davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantiradi hamda tasdiqlash uchun Prezidentga kiritadi. Demak, aslida qoida bo’yicha, grant kvotalari allaqachon Prezidentga kiritilgan bo’lishi kerak va balki tez orada tasdiqlanib qolar (agar rostdan o’z vaqtida kiritishgan bo’lsa).

https://t.me/Talimz
12.9K views11:30
Ochish/sharhlash