Get Mystery Box with random crypto!

Ta'limga oid

Telegram kanalining logotibi talimgaoid — Ta'limga oid T
Telegram kanalining logotibi talimgaoid — Ta'limga oid
Kanal manzili: @talimgaoid
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.67K
Kanalning ta’rifi

—Respublika ta'lim tizimiga oid eng so'nggi ishonchli yangiliklar va huquqiy sharhlar sodda tilda

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-07-07 14:58:07
Oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun maqsadli qabul ko‘rsatkichlarining taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan 2022/2023-o‘quv yilida umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida alohida maqsadli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

(c) @eduuz

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
653 views11:58
Ochish/sharhlash
2022-07-07 14:37:42
Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi

Unga ko‘ra:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111;
Andijon viloyati – 183;
Buxoro viloyati – 112;
Jizzax viloyati – 81;
Qashqadaryo viloyati – 193;
Navoiy viloyati – 60;
Namangan viloyati – 165;
Samarqand viloyati – 227;
Surxondaryo viloyati – 155;
Sirdaryo viloyati – 50;
Toshkent viloyati – 177;
Farg‘ona viloyati – 221;
Xorazm viloyati – 110;
Toshkent shahri – 155.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
731 views11:37
Ochish/sharhlash
2022-07-07 13:55:20 Navoiy davlat pedagogika institutining o‘qituvchilari pora bilan ushlanibdi

Navoiy davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi G.M. fuqaro Sh’ni Toshkent shahrida ishlovchi tanishlari orqali ushbu institutning jismoniy tarbiya yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yib, so‘ngra boshqa institutga ko‘chirib berish evaziga 2 000 AQSH dollarlarini olgan vaqtida ushlangan.

G.M.ning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, institut talabasi B.R. institutning yana bir o‘qituvchisi S.M.ning topshirig‘iga ko‘ra 2 000 AQSH dollarlarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
852 views10:55
Ochish/sharhlash
2022-07-07 12:41:05
Toshkent davlat yuridik universitetida o‘tgan yil stipendiyasiz 12 yarim million so‘m bo‘lgan kontrakt, bu yil 18 yarim million so‘m bo‘libdi.

Puling bo'lsa o'qi deyishgan shekilida.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
1.1K views09:41
Ochish/sharhlash
2022-07-07 11:23:18
Abituriyentlar uchun maxsus @eduuzuniversalbot ishga tushirildi

Unda siz uchun eng muhim quyidagi maʼlumotlarni oson topishingiz mumkin.

BAKALAVR:
Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022 (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy);
Oʻtish ballari—2021 (hududlar, yoʻnalishlar kesimida).

MAGISTRATURA:
Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022
Oʻtish ballari—2021 (OTM kesimida).

Shuningdek:

Xorijiy hamda nodavlat OTMdan oʻqishni koʻchirish boʻyicha 2022-yil uchun oʻtish ballari;
Professional taʼlim muassasalari va akademik litseylar haqida maʼlumot, ularga 2022/2023-oʻquv yilida oʻqishga qabul qilish boʻyicha qabul kvotalari va fanlar majmuasini bilishingiz mumkin.

@eduuzuniversalbot biz sanamagan yana koʻplab qulayliklarga ega.

Manba: @eduuz

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
1.2K views08:23
Ochish/sharhlash
2022-07-07 06:00:43
DTM imtihonlarida tushadigan qiyinlik darajasi eng yuqori test savollari qanday boʻladi?

Xabar berganimizdek, bu yilgi kirish imtihonlarning 15% testlari murakkab darajadagi testlar boʻladi.

Maʼlumotlarga koʻra, DTM test topshirigʻi hozirda qiyinlik darajasi asosida tuziladi:

1-qiyinlik daraja – abituriyentning xotirlash qobiliyatini aniqlovchi, fanga oid u qadar murakkab boʻlmagan bir necha atama, hodisa, qoida yoki qonuniyatni bilishni talab qiluvchi daraja;

2-qiyinlik daraja – abituriyentdan tahlil qila olish va mantiqiy fikrlashni, fanga oid ikki-uch atama, hodisa, qoida yoki qonuniyatni bir vaqtda qoʻllay bilishni talab qiluvchi daraja;

3-qiyinlik daraja – abituriyentning toʻgʻri javobni topish uchun zarur boʻlgan uch va undan ortiq atama, hodisa, qoida va qonuniyatlarni bir-biriga bogʻlab ishlata olish qobiliyatini, shuningdek, mantiqiy fikrlashni talab qiluvchi daraja.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
1.8K views03:00
Ochish/sharhlash
2022-07-06 20:18:26 #Qabul_2022

Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining OTMlar kesimidagi taqsimoti

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
1.8K views17:18
Ochish/sharhlash
2022-07-06 20:12:45
Maʼlumki akademik litseylarga onlayn qabul 10-iyul kuniga qadar uzaytirildi.

Ushbu videoqo'llanmada litsey.edu.uz platformasi orqali hujjat yuborish tartibi bilan tanishishingiz mumkin

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
1.6K views17:12
Ochish/sharhlash
2022-07-06 20:12:24
Akademik litseylarga qabul 10-iyulga qadar uzaytirildi

Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq akademik litseylarga hujjatlar qabul qilishning oxirgi kuni joriy yil 10-iyul etib belgilandi.

Akademik litseylarga 2022/2023-oʻquv yili uchun hujjat topshirish istagida boʻlganlar 10-iyul soat 24:00 ga qadar onlayn tarzda litsey.edu.uz elektron platformasi orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

MA'LUMOT UCHUN: Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar
10-iyulga qadar elektron platforma orqali onlayn ariza holatini tekshirishi va oʻzgartirishlar kiritishlari mumkin.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
1.7K views17:12
Ochish/sharhlash
2022-07-05 21:39:24 #Qabul_2022

Joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini yangilash

my.dtm.uz saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tishda joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ular tahsil olgan ta’lim muassasasi qaysi vazirlik tasarrufida bo‘lsa, mazkur vazirlikning bazasidan real vaqt rejimida olinadi.

Lekin ayrim ta’lim muassasalari tomonidan o‘z bitiruvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli bazaga to‘liq kiritilmagani sababli abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tgan vaqtda ularning tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari chiqmayapti.

Shunday holatda abituriyentlardan tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritmasdan o‘zlari tahsil olgan ta’lim muassasasi (maktab, litsey, kasb-hunar maktabi) ga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

Ta’lim muassasasi tomonidan tegishli ma’lumotlar kiritilganidan so‘ng esa abituriyentlar “Tugatgan ta’lim muassasasi” bo‘limidan “Yangilash” yoki “Yuklab olish” tugmasini bosish orqali tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini yangilab olishlari mumkin.

(c) Davlat test markazi

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
2.2K views18:39
Ochish/sharhlash