Get Mystery Box with random crypto!

Navoiy davlat pedagogika institutining o‘qituvchilari pora bil | Ta'limga oid

Navoiy davlat pedagogika institutining o‘qituvchilari pora bilan ushlanibdi

Navoiy davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi G.M. fuqaro Sh’ni Toshkent shahrida ishlovchi tanishlari orqali ushbu institutning jismoniy tarbiya yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yib, so‘ngra boshqa institutga ko‘chirib berish evaziga 2 000 AQSH dollarlarini olgan vaqtida ushlangan.

G.M.ning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, institut talabasi B.R. institutning yana bir o‘qituvchisi S.M.ning topshirig‘iga ko‘ra 2 000 AQSH dollarlarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid