Get Mystery Box with random crypto!

Ta'limga oid

Telegram kanalining logotibi talimgaoid — Ta'limga oid T
Telegram kanalining logotibi talimgaoid — Ta'limga oid
Kanal manzili: @talimgaoid
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.67K
Kanalning ta’rifi

—Respublika ta'lim tizimiga oid eng so'nggi ishonchli yangiliklar va huquqiy sharhlar sodda tilda

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-27 21:19:47
“HOKIMNING SOXTA “JIYANI” QAMALDI” SARLAVHASIDA EFIRGA UZATILGAN AXBOROTGA RADDIYA

2022-yil 25-avgust soat 21.00da “Sevimli” nodavlat telekanalining “Zamon” axborot dasturi orqali “Hokimning soxta “jiyani” qamaldi” sarlavhasida efirga uzatilgan xabarda quyidagi xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan.

Ma’lumki, jurnalist har bir axborotni ommaga e’lon qilinishidan oldin ma’lumotlarning haqqoniyligi va xolisligiga muhim e’tibor qaratishi talab etiladi. Zotan, ma’lumotdagi kichik xatolik ham jamiyatdan axborot manbasiga nisbatan xato fikr yoki munosabatning shakllanishiga turtki bo‘lishi mumkin.

Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/1671

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!


iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
2.3K views18:19
Ochish/sharhlash
2022-08-26 19:08:02 Apellyasiya arizalari mandatdan keyin qabul qilinadi

Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlar yakuniy tanlov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida apellatsiya shikoyati berishlari mumkin boʻladi.

Apellatsiya arizalari my.dtm.uz sayti orqali abituriyentning shaxsiy kabinetida onlayn tarzda qabul qilinadi.

Bunda abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan boʻlishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan abituriyentlarga uni koʻrib chiqish sanasi va vaqti koʻrsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
2.9K views16:08
Ochish/sharhlash
2022-08-26 18:38:48
«Hokim jiyani» va «DXX xodimi» bo‘lgan talaba sudlandi

Talabaning hokimga jiyan ekani tasdiqlanmagan. U bojasi bilan odamlarning ishonchiga kirib, ularga «yaxshilik» qilmoqchi bo‘lgan. Ammo pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
2.7K views15:38
Ochish/sharhlash
2022-08-26 16:25:37 Mandat tayyor!

DTM dagi manbalarimizga ko'ra, mandat allaqachon tayyor bo'lgan. Faqatgina har yilgidek bosh vazir imzosi kutilmoqda ekan.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
2.9K views13:25
Ochish/sharhlash
2022-08-26 11:48:21
Akademik litseylarga kirish test natijalari e'lon qilinmoqda

2022/2023-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.

Yakuniy natijalarni vazirlikning litsey.edu.uz rasmiy veb-sayti orqali bilishingiz mumkin.

Abituriyent to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.

Ustuvorlik bo‘yicha sharh

Manba: eduuz

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
3.0K viewsedited  08:48
Ochish/sharhlash
2022-08-25 19:08:57
Administratsiyada o‘zgarishlar davom etadi. 65 yoshli Abduvohidov maslahatchilikdan ketdi

O‘zbekiston prezidentining ta’lim va sog‘liqni saqlashga mas’ul 65 yoshli maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov lavozimidan ozod etildi. Kun.uz manbasiga ko'ra, Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov o‘tkazgan yig‘ilishda aholining juda ko‘p e’tirozlari aynan Abduvohidov mas’ul bo‘lgan sohalarga to‘g‘ri kelishi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, Abdujabbor Abduvohidov Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning qudasi hisoblanadi.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
2.9K views16:08
Ochish/sharhlash
2022-08-25 18:40:00
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan va muhokamalarga sabab boʻlayotgan davlat oliy taʼlim muassasalarida bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlarining oshirilganligi toʻgʻrisidagi xabarlar notoʻgʻri ekanligini maʼlum qiladi.

Shu bilan bir qatorda, bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlari 2022/2023-oʻquv yili uchun tasdiqlanishi kutilayotganligini inobatga olib, ushbu masala rasmiy eʼlon qilinmagunga qadar barcha davlat oliy taʼlim muassasalari, shu jumladan moliyaviy mustaqillik berilgan taʼlim tashkilotlari ham rasmiy bayonot berishini asossiz deb hisoblaydi.

Manba: eduuz

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
2.6K views15:40
Ochish/sharhlash
2022-08-25 13:01:41
Xotin-qizlarga berilgan tavsiyanoma o‘qishga kirganlikni anglatmaydi — ballar qanday hisoblanadi?

Xotin qizlar uchun umumiy kvotadan tashqari qo‘shimcha 2000ta davlat granti, 5 yil staji bor xotin qizlar uchun 500ta kontrakt o‘rni ajratilgan. Tavsiyanoma xotin-qizlarga o‘qishga kirishga ko‘proq imkon berishi mumkin, lekin bu o‘qishga qabul qilindi, degani emas.

https://kun.uz/uz/12649680

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
2.6K views10:01
Ochish/sharhlash
2022-08-25 12:54:06
#Mandat Kutib charchadingizmi? Xavotirga o'rin yoq, biz sizga 3 kun ichida 100% Talaba bo'lishingizni kafolatlaymiz.

Bitta QOʻNGʻIROQ va siz TALABAsiz

O'zbekistondagi birinchi PREMIUM TOIFADAGI Xususiy, Davlat tomonidan tegishli Litsenziyaga ega bo'lgan UNIVERSITETLAR da qabul davom etmoqda.

Xorijda ta'lim olayotgan talabalar uchun "PEREVOD" bor!

Xalqaro darajadagi Bakalavr diplomiga ega bo'ling

Yo'nalishlar:
Inglis tili
Rus tili
Boshlang'ich ta'lim
Maktabgacha ta'lim
Ped psixologiya
Axborot Xavfsizligi (IT)
Tarix
Iqtisod
Jismoniy tarbiya
Turizm
Moliya
Bank ishi
Bug'alteriya

Hoziroq biz bilan bog'laning va Talabalar safidan joy band qiling!

+998712000340 | +998712004009

Xizmatlar 100% Kafolatlangan
1.7K views09:54
Ochish/sharhlash
2022-07-07 16:48:15 #Qabul_2022

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar OTM qabul komissiyalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar istalgan oliy ta’lim muassasasida tashkil etilgan qabul komissiyasida ro‘yxatdan o‘tishi belgilandi.

Bunda fuqaroligi bo‘lmagan abituriyentlarning hujjatlari qabul komissiyalari tomonidan sinchiklab o‘rganiladi.

Boshqa toifadagi abituriyentlar esa oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalarida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Ular my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadilar.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
52 views13:48
Ochish/sharhlash