Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul_2022 Joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muas | Ta'limga oid

#Qabul_2022

Joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini yangilash

my.dtm.uz saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tishda joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ular tahsil olgan ta’lim muassasasi qaysi vazirlik tasarrufida bo‘lsa, mazkur vazirlikning bazasidan real vaqt rejimida olinadi.

Lekin ayrim ta’lim muassasalari tomonidan o‘z bitiruvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli bazaga to‘liq kiritilmagani sababli abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tgan vaqtda ularning tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari chiqmayapti.

Shunday holatda abituriyentlardan tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritmasdan o‘zlari tahsil olgan ta’lim muassasasi (maktab, litsey, kasb-hunar maktabi) ga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

Ta’lim muassasasi tomonidan tegishli ma’lumotlar kiritilganidan so‘ng esa abituriyentlar “Tugatgan ta’lim muassasasi” bo‘limidan “Yangilash” yoki “Yuklab olish” tugmasini bosish orqali tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini yangilab olishlari mumkin.

(c) Davlat test markazi

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid