Get Mystery Box with random crypto!

OLIY TA’LIM YANGILIKLARI

Telegram kanalining logotibi talim4 — OLIY TA’LIM YANGILIKLARI O
Telegram kanalining logotibi talim4 — OLIY TA’LIM YANGILIKLARI
Kanal manzili: @talim4
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.82K
Kanalning ta’rifi

OLIY TA'LIM YANGILIKLARI
Talabalar va Abituriyentlar jamlangan kanalga hush kelibsiz !
🎓Ta’limga oid eng so’ngi va qaynoq yangiliklar.
🧑🏻‍💼Abituriyentlar Biz bilan Talabalik davrini oldindan his eting ..
👉 @Online_rek1

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-07-01 15:15:26
Jismoniy tarbiya universitetining bir yo'nalishiga qabulda cheklov bor

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida yangi tartib joriy etilgan.

Unga ko‘ra, 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab «Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)» bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kamida ikkinchi sport razryadiga ega bo‘lgan abituriyentlar qabul qilinadi.

Bu tartib boshqa OTMlarga yoki O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining boshqa ta’lim yo‘nalishlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

https://t.me/Talim4
5.2K viewsedited  12:15
Ochish/sharhlash
2023-07-01 01:59:06 O'zbekiston davlat jahon tillari universitetidagi kirish oson bo'lgan yo'nalishlar TOP-3 ro'yxati

Atigi, 56.7 ball bilan mamlakatimizdagi eng nufuzli  – O'zbekiston davlat jahon tillari universitetiga o'qishga kirish mumkin bo'lgan yo'nalishlar ro'yxati ma'lum bo'ldi!

Ro'yxat bilan tanishing:

-Yo'nalish: Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili
O'tish balli: Kontrakt - 56.7 ball
(kunduzgi ta'lim shakli, rus tili)

-Yo'nalish: Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili
O'tish balli: Kontrakt - 56.8 ball
(Kechki ta'lim shakli, o'zbek tili)

-Yo'nalish: Filologiya va tillarni o‘qitish: ispan tili
O'tish balli: Kontrakt - 56.7 ball
(Kechki ta'lim shakli, o'zbek tili)

Faqat abituriyentlarga tarqatish mumkin!

Yana qaysi oliy ta'lim muassasasining eng past o'tish balliga ega yo'nalishlarini e'lon qilishimizni istaysiz? Izohlarda qoldiring!


ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi KIRISH BALLARI qancha ekanligini @Kirish_Ballari_uzbot orqali bilib olishingiz mumkin!



https://t.me/Talim4
6.1K views22:59
Ochish/sharhlash
2023-05-27 17:47:38
16 yoshga to‘lgan bitiruvchi ID karta (pasport) olmasa, OTMga hujjat topshira olmaydi

Abituriyentlar onlayn ariza topshirishi uchun kerakli hujjatlar aytildi

Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga kirish imtixoniga tegishli hujjatlarni onlayn topshirishi uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlari Abitur elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Hujjatsiz OTMga kirish uchun elektron ariza topshirib bo‘lmaydi. Bu haqda Ta’lim nazorati axborot xizmati ma’lum qildi.

OTMga hujjat topshirishda ID karta (pasport) va attestat kerak bo‘ladi. Faqatgina shu hujjatlardagi ma’lumotlarni bazaga kiritish yetarli, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, pasport (ID karta) olish uchun hududiy ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari va Davlat xizmatlari markaziga murojaat etish zarur.

https://t.me/Talim4
16.0K viewsedited  14:47
Ochish/sharhlash
2023-05-27 17:22:18OʻQUVCHILARNING TAʼTIL PAYTIDAGI XATTI-HARAKATLARI UCHUN OTA-ONALAR JAVOB BERADI

Barchamizga maʼlumki, ilgari oʻquvchilarning xar qanday xatti-harakatlari uchun, xoh u taʼtilda boʻlsin xoh darsdan tashqarida boʻlsin, faqat sinf rahbar, direktor yoki uning oʻrinbosarlari javobgar boʻlardi. Misol uchun oʻquvchi taʼtil vaqtida qoʻshnisi bilan mushtlashib, janjallashib qolsa ham ichki ishlar organi xodimlari oʻsha oʻquvchining sinf rahbarini chaqirtirib bezovta qilardi.

Koʻp hollarda maktab rahbariyati bilan birga sinf rahbarlari lavozim vazifalarini bajarmagan deya baholanib, ularga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilar edi. Oʻquvchining ota-onasiga esa deyarli hech qanday taʼsirchan choralar koʻrilmasdi. Hozir esa bunday holatlarning oldi olingan.

Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 22-fevral kungi 41-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan, sinf rahbari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq taʼlim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va taʼtil paytidagi oʻquvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi.

Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi. Demak bunday holallarda nafaqat sinf rahbariga balki direktor oʻrinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qoʻllanilmaydi.

Shuni ham unutmaslik kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga masʼul ekanligi bayon etilgan. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, maʼnaviy va axloqiy rivojlanishi uchun gʻamxoʻrlik qilishlari shart.

https://t.me/Talim4
15.4K viewsedited  14:22
Ochish/sharhlash
2023-05-26 03:38:29


Assalomu alaykum, kunlarning sultoni Sayyid-ul ayyom, Haj-ul masokin yana bir juma kuniga nasib qilgan Alloh taologa hamdu-sanolar boʻlsin!

Yaqinlarni Sayyidul Ayyom bilan qutlang!

https://t.me/Talim4
13.5K viewsedited  00:38
Ochish/sharhlash
2023-05-25 16:20:30
O’ZBEKISTON
Maktab bitiruvchilarini
Chetelda oʻqiydiganlarni oʻqishni koʻchirishiga yordam beramiz

QOZOQISTON
TOJIKISTON
QIRGʻIZISTON
Yangi ochilgan universitetlarga 2023-2024
o’quv yili uchun qabullarimiz ochildi

SHOSHILING! Siz roʻyxatdan oʻtishingiz yoki joyingizni bron qilib qoʻyishingiz hattoki hozirdan talab boʻlishingiz mumkin!!!

PEREVODCHILAR DIQQATIGA:
Xususiy universitetlarga 2-3 kursdan perevod qilish imkoni ham mavjud!
Meditsina
Biologiya
Iqtisodiyot
Buxgalteriya hisobi va moliya
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
Filologiya va tillarni o‘qitish
Koreys filologiyasi
Soliqlar va soliqqa tortish
Matematika
Tarix
Arxitektura

Shoshiling kvotalar soni cheklangan!

Batafsil ma’lumot va hujjatlar qabuli uchun telefonlar

Murojat uchun:
+998902829901
+998941218191
+998900829901

Telegram:
@onlaynoperator
15.4K views13:20
Ochish/sharhlash
2023-05-25 09:34:16
​ Bugun, 25-may — Telegramda “sinfdoshlar”, “oqibat yoʻqolmasin”, “uzoqlashib ketmaylik” degan guruh ochiladigan kun.

Shu oʻrinda sinfdoshlar haqida baʼzi maʼlumotlar:
• Bu soʻzining maʼnosi oʻzbekchadan tarjima qilganda “oqibatsiz”, “mehrsiz” degan maʼnoni bildiradi; 
• Sinfdoshlarga ishlatgan bilan foydasi boʻlmaydigan soʻzlar: “yigʻilaylik”, “qachon koʻrishamiz”;
• Sinfdoshlarni ushlab turuvchi yagona narsa bu — Telegramdagi guruh hisoblanadi. Lekin guruhda ham 4 kishi yozadi. Qolganlar shunchaki oʻqib, yozmaydi.

Oqibatli boʻlinglar, sinfdoshlar.
..

https://t.me/Talim4
13.5K viewsedited  06:34
Ochish/sharhlash
2023-05-25 08:25:01 #КУН_ҚЎШИҒИ #ХАЙР_МАКТАБИМ

Bugun qayta qayta yangraydigan qo‘shiq

Ravshan Sobirov va Setora guruhi - Xayr maktabim


https://t.me/Talim4
12.9K viewsedited  05:25
Ochish/sharhlash
2023-05-25 03:21:37
Xayr maktabim...

Bugun, 25 may - Soʻnggi qoʻngʻiroq!

Barchamiz sogʻingan maktab davri faqatgina shirin xotiralar bilan eslanadi!


https://t.me/Talim4
9.8K viewsedited  00:21
Ochish/sharhlash
2023-05-24 05:30:11 #talabalar_diqqatiga

Talabalar uchun har oylik stipendiya toʻlanadigan oʻquv kurslari tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tayyorlov oʻquv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (19.05.2023 206-son) qabul qildi.
Oʻquv kurslari quyidagi yoʻnalishlarda tashkil etiladi:

axborot texnologiyalaridan va kommunikatsiyalaridan foydalanish (boshlangʻich);
matematik statistika;
algoritmlash asoslari;
maʼlumotlarni qayta ishlash;
dasturlash tillari (Phthon);
ingliz tili;
qaror qabul qilish asoslari.

Oʻquv kurslari jamoa boʻlib ishlash va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ham tashkil etilishi mumkin.

Birinchi oʻquv yilida kamida 60 nafar tinglovchi qabul qilinadi, keyingi yillarda tinglovchilar soni ehtiyojdan kelib chiqib, oshirib boriladi.

Taʼlim olish 34 hafta muddat davomida “Blending learning — aralash taʼlim texnologiyasi” asosidagi oʻquv dasturiga muvofiq tashkil etiladi.

Ushbu kurslarda oʻqish uchun tanlovning birinchi yilida respublika davlat OTMlarining bakalavriat bosqichida (barcha taʼlim shakli boʻyicha) 2-kursni muvaffaqiyatli tamomlagan (akademik qarzdorligi boʻlmagan) talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Ushbu oʻquv kurslariga qabul qilingan respublika hududlaridagi talabalarining oʻqishini mos va turdosh yoʻnalishlarda Toshkent shahrida joylashgan davlat OTMlariga akademik mobillik asosida bir yil muddatga koʻchiriladi.

Oʻquv kurslariga qabul qilingan talabalar(tinglovchilar):

ushbu oʻquv kurslarida oʻqishi davomida BHMning toʻrt baravari (1 mln 320 ming soʻm) miqdorida har oyda bir marotaba ragʻbatlantirib boriladi;

Turar joy bilan taʼminlanadi yoki asosiy oʻqish joyi boʻlgan hududlardagi davlat OTMlari tomonidan belgilangan tartibda ijara toʻlovlarining bir qismi qoplab beriladi;

Oʻqishi davomida bir mahal issiq ovqat bilan taʼminlanadi;

taʼlim olish muddatiga zarur kompyuter jihozlari (noutbuk va boshqalar) taqdim etiladi;

IT-park rezidentlari boʻlgan tashkilotlarda amaliyotlarda qatnashishi taʼminlanadi;

Oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi va Toshkent shahridagi Inxa universiteti tomonidan tasdiqlanadigan tegishli yoʻnalishi boʻyicha davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

https://t.me/+0VjBG5S7L0tmZTM6


https://t.me/Talim4
10.1K viewsedited  02:30
Ochish/sharhlash