Get Mystery Box with random crypto!

OLIY TA’LIM YANGILIKLARI

Telegram kanalining logotibi talim4 — OLIY TA’LIM YANGILIKLARI O
Kanaldagi mavzular:
Тонгги
Motivatsiya
Telegram kanalining logotibi talim4 — OLIY TA’LIM YANGILIKLARI
Kanaldagi mavzular:
Тонгги
Motivatsiya
Kanal manzili: @talim4
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.82K
Kanalning ta’rifi

OLIY TA'LIM YANGILIKLARI
Talabalar va Abituriyentlar jamlangan kanalga hush kelibsiz !
🎓Ta’limga oid eng so’ngi va qaynoq yangiliklar.
🧑🏻‍💼Abituriyentlar Biz bilan Talabalik davrini oldindan his eting ..
👉 @Online_rek1

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 14

2023-04-10 12:01:16 #tonggi_motivatsiya #abituriyent

​​​Albert Eynshteynning 7 hayotiy tajribasi

Oʼz qiziquvchanliging orqasidan yur.

Maktabda Albert uchchi boʼlgan. U ochiq-oydin qandaydir talantga ega boʼlish muhim emas deb hisoblagan. Qiziquvchan boʼlishning o'zi yetarli. Qiziquvchanlikning borligi bizga kengroq va bizga ertami-kechmi yordam beradigan har bir mayda-chuydani eslab qolishimizga yordam bera oladi deb hisoblagan .

Tirishqoqlik

Eynshteyn har doim uning omadi aqlli ekanligidan emas, balki, biror bir masalada qaysarlarcha taslim boʼlishni istamagan (Oʼrnak oling!)

Daqiqa qadri

Faqat shu yerda va faqat hozir yashang! Ovqatning mazasini, ufq goʼzalligiga eʼtibor bering. Ertaga sizning muammoingiz hal boʼlganda hammasini oʼtkazib yuborganingizni eslasangiz nima boʼlardi?

Tasavvur

Albertning ishonchi komil edi, tasavvur bilim oʼta muhim. Nimaga erishmoqchi boʼlganingizni oʼzingizning tasavvuringizda chizing va omad oʼzini ko'p kuttirmaydi.

Xatolar qiling

Eynshteyn hisoblardiki, agar biz xatolar qilmasak - demak, nimadir yangini tuymaymiz. Ularni amalga oshirishdan qoʼrqmang! Yaxshisi ularni foydali darslar bilan band qilishga harakat qiling!

Shu yerda va hozir

Ertangi va kechagi kuningizni oʼzgartirishga intilmang - baribir hech narsa chiqmaydi. Olim oʼz davrida hech qachon kelajak haqida oʼylamagan, chunki, kelajakni hozirning oʼzida boshlanadi deb hisoblardi.

Ahamiyat

Omad emas, qadrni yaratish uchun oʼzingizning ustun va kuchli tomonlaringizga baho bering.

Do'stlaringizga ham yuboring


Talabalarga yuboramiz Kanalga obuna boʻling. @Talim4
16.6K viewsedited  09:01
Ochish/sharhlash
2023-04-10 10:54:56
Rasman: Konstitutsiya oʻzgarsa test savollari ham oʻzgaradi!

Savol: Bu yil “Yurisprudensiya” yo‘nalishi uchun test imtihonlari Huquq fanidan ham bo‘lishi maʼlum qilingan edi. Savol tushishi mumkin bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxatida amaldagi Konstitutsiyamiz ham bor. Agar yangi Konstitutsiya qabul qilinadigan bo‘lsa, undan ham savollar tushishi mumkinmi?

Javob: Ha, yangi konstitutsiya bo'yicha yangi savollar test sinovlariga kiritiladi!

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling

Talabalarga yuboramiz Kanalga obuna boʻling. @Talim4
2.5K views07:54
Ochish/sharhlash
2023-04-09 10:54:49 AYTIB BOʻLMAYDIGAN SOʻZLAR

1. “Uf” demang...
Alloh taolo ota-onaga “Uf” deyishdan qaytargan: «Rabbingiz, Uning Oʻzigagina ibodat qilishingizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. (Ey, inson!) Agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga «uf!..» dema va ularni jerkima! Ularga (doimo) yoqimli soʻz ayt!» (Isro surasi, 23-oyat).

2. “Ertaga bajaraman” demang...

Biror ish boshlash oldidan “Men buni ertaga albatta bajaraman”, deyishdan qaytarilganmiz: «Biror narsa haqida: «Men, albatta, ertaga shuni qiluvchiman», deya koʻrmang!» (Kahf surasi, 23-oyat).

Alloh taolo oyatning davomida: Illo, «Inshaalloh, (Alloh xohlasa)» (deng. Bu soʻzni) unutgan vaqtingizda (yodingizga kelishi bilan)Rabbingizni zikr qiling (yaʼni «inshoalloh», deng) va: «Shoyad, Rabbim meni bundan ham yaqinroq Toʻgʻri yoʻlga hidoyat etsa», deng!» (Kahf surasi, 23-oyat) deb marhamat qilgan.

3. Zamonni yomon deb aytib boʻlmaydi...

Zamonni Alloh yaratgan. Alloh taolo yaratgan narsalarda kamchilik boʻlmaydi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Zamonni soʻkmanglar, chunki Alloh zamon (ga bogʻliq boʻlgan barcha ishlarni qiluvchisi)dir”, dedilar.

4. “Agar” soʻzini qoʻllashda ehtiyot boʻling.

Atrofni kuzatadigan boʻlsak, qandaydir musibat va falokat qarshisida oʻzimizni beyixtiyor “Agar” soʻziga toʻqnash kelamiz. “Agar men bu yerga kelmaganimda falokat yuz bermasdi”, “agar men uni uydan chiqarmaganimda shu musibat sodir boʻlmasdi” deb aytish oʻrniga “Alloh taolo taqdirga yozgani boʻladi”, deb aytish durust boʻladi. “Agar” degan soʻzni qoʻllashda ehtiyotkor boʻlmasak, Allohning taqdiriga rozi boʻlmaslik hissini paydo qilgan boʻlamiz. Va unutmasligimiz kerakki, neki sodir boʻlsa, “agar”sizdir. Chunki Alloh xohlagani boʻladi!

Talabalarga yuboramiz Kanalga obuna boʻling. @Talim4
17.3K viewsedited  07:54
Ochish/sharhlash
2023-04-08 23:09:04
Бугун 9-апрель — Соҳибқирон Амир Темур (1336-1405) таваллуд топган кун!

Амир Темур ибн амир Тарағай 1336-йил 9-апрелда Кеш (Шаҳрисабз)нинг Хўжа Илғор қишлоғида дунёга келган. Унинг отаси амир Муҳаммад Тарағай барлос улусига мансуб беклардан, баҳодир жангчи, уламою фузалога ихлосманд, илм аҳлига ҳомий ва иштиёқманд киши бўлган.

Talabalarga yuboramiz Kanalga obuna boʻling. @Talim4
20.3K viewsedited  20:09
Ochish/sharhlash
2023-04-08 23:02:00 #savol_javob

Сиртқи таълимда ўқиб дарс бераётган педагоглар ҳам мукофот пули олиши мумкин

“Мен олий таълим даргоҳларининг бирида сиртқи таълим асосида ўқийман. Шунингдек, мактабда дарс ҳам бераман. Директоримиз менинг ҳам ўқиб, ҳам ишлаётганимни сабаб қилиб мукофот пули бермаяпти. Шу қонунан тўғрими?”

Мазкур саволга Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги Матбуот котиби жавоб берди:

Вазирлар Маҳкамасининг 2019-йил 30-сентябрдаги 823-сон қарори билан тасдиқланган низомга кўра умумтаълим муассасаларида ташкил этиладиган тегишли ишчи гуруҳ томонидан директорлар жамғармаси маблағлари ҳисобидан педагог, психолог ва кутубхона ходимларининг базавий тариф ставкасига ҳар ойлик устама белгилаш, умумтаълим муассасалари ходимларини мукофотлаш ва уларга моддий ёрдам бериш белгиланган.

Умумтаълим муассасалари ходимларига мукофот пули мазкур жамғарма ҳисобидан 1-октябр “Ўқитувчи ва мураббийлар куни” муносабати билан меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорининг 50 фоизигача берилиши мумкин. Мазкур низом талабларида сиртқи таълим асосида фаолият олиб бораётган педагогларга мукофот пули белгиланмаслиги қайд этилган

Talabalarga yuboramiz Kanalga obuna boʻling. @Talim4
20.2K viewsedited  20:02
Ochish/sharhlash
2023-04-08 18:04:04
1 ОЙДА 15 МЛН ОЙЛИК
СИЗ ҲАМ ХОҲЛАЙСИЗМИ?
ЯНГИ йилда ЯНГИ иш
АССАЛОМУ АЛАЙКУМ!
СИЗЛАРНИ ҲАМКОРЛИККА ТАКЛИФ ҚИЛАМАН
ФАКАТ АЁЛ-ҚИЗЛАРИМИЗ УЧУН
ERSAĞ Туркия Корпорацияси.
ҲАММА харид совғали!(доимий)
Ҳалол бизнес.
Ойлик нақд!
Шартли харид йўқ!
Мусулмон компания.
ХАЙРИЯ ЭҲСОН куни бор!
Уйдан туриб ишлаш имконияти.
Катта даромад олишни истасангиз каръера килиш оссон.
Ойлик 500$ дан 5000$ гача
Маълумот учун
https://t.me/+8kEmvFQ5QFcxYWVi
https://t.me/+8kEmvFQ5QFcxYWVi
Yoki lichkamga murojat qiling
@G_eshonqulova
@G_eshonqulova
@G_eshonqulova
11.8K views15:04
Ochish/sharhlash
2023-04-08 10:39:19 5 ta fandan jami 90 ta savol!
​Maksimal ball – 189


Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlar soni va baholash mezonlari

Davlat komissiyasining 13-son bayoni
bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili
(o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan - 30 ta savol
.
Har biri uchun 3,1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

2-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 2,1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

Umumiy holda, abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

https://t.me/Talaba_Abituriyent_Xorijda_Talim
10.7K views07:39
Ochish/sharhlash
2023-04-07 12:39:21 Sizlarni bilmadimu, ammo men bularni juda-juda sog‘indim:

• Hech kim sizlarni bu yerga majburlab olib kelmagannnnn (o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari)

• Kontrakt to‘lamagan talabalar diqqatiga: ...........(....).....(dekan va o‘rinbosarlari)

• Darsdan keyin ketib qolish yo‘qqqq, hamma tadbirgaaaaa (fakultet yetakchisi)

• To‘rtta ''kuchli-zabardast'' yigit kerak, stipendiya chiqdiiiiii (madaniy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari)

• Bollarrrr stipendiya tushdii oshgaaa (guruh sardori)

• Hamma 10 mingdan bersinnnnnn, fondgaaaa (MIB, ya'ni guruh hisobchisi)

• O‘zlaring bilib-bilib pulni berib ketinglarrrrr (tug‘ilgan kunlar uchun pul yig‘ishga mas'ul kursdoshim)

• Xo‘shshshsh bugungi axborot soati mavzusi kimga berilgann (kurator)

Tanishlarga joʼnatamiz

Talabalarga yuboramiz Kanalga obuna boʻling. @Talim4
20.7K viewsedited  09:39
Ochish/sharhlash
2023-04-07 11:54:25 Боласини мактабга жўнатмайдиган ота-оналарга қандай жавобгарлик мавжуд?

Таълим тўғрисидаги қонуннинг 9-моддасига биноан умумий ўрта таълим умумий ўрта таълим ташкилотларида узлюксиз тарзда, мажбурий бўлган ўн бир йил давомида амалга оширилади.

Ушбу қонуннинг 51-моддасига кўра вояга етмаган таълим олувчиларнинг ота-онаси ва бошқа қонуний вакиллари боланинг ўқиши, тарбияланиши, жисмоний, маънавий ва интеллектуал ривожланиши учун масъулдир.

Юқоридаги икки модда ўқувчингизни 11-йиллик мажбурий таълим олиши кераклигини ва буни ота-она таъминлаши кераклигидан далолат беради.

Шунингдек, вояга етмаган таълим олувчиларнинг ота-онаси ва бошқа қонуний вакиллари:

болаларининг умумий ўрта, ўрта махсус таълим ёки бошланғич профессионал таълим олишини таъминлаши;

болаларининг ўқув машғулотларига қатнашишини таъминлаш ва ўзлаштириши устидан назоратни амалга ошириш;

ўз болаларининг интеллектуал, маънавий ва жисмоний ривожланиши учун шарт-шароитлар яратиши;

таълим ташкилотининг таълим-тарбия жараёнини тартибга солувчи ички тартиб-қоидаларига риоя этиши;

таълим-тарбия жараёни иштирокчиларининг шаъни ва қадр-қимматини ҳурмат қилиши шарт.

Ушбу қоидаларнинг мазмунига кўра ўқувчининг ота-онаси мактабга таълим олиш юбориши ва ўқувчининг сифатли таълим олишини таъминлашга мажбур.

Агар ота-она бу мажбуриятларни бажармаса, унда ота-онанинг ҳаракатларига нисбатан маъмурий жавобгарлик белгиланган. Яъни Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекс 47-моддасига мувофиқ ота-оналар ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар томонидан вояга етмаган болаларни тарбиялаш ва уларга таълим бериш борасидаги мажбуриятларни бажармаслик, шу жумладан вояга етмаган болаларнинг маъмурий ҳуқуқбузарлик содир этишига олиб келиши — базавий ҳисоблаш миқдорининг 1 бараваридан 5 бараваригача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.


Talabalarga yuboramiz Kanalga obuna boʻling. @Talim4
23.4K viewsedited  08:54
Ochish/sharhlash
2023-04-07 02:29:20
Рўза тутаман деб саҳарликга уйғонганларга, Аллоҳнинг саломи, жаннат бўлсин!

Аллоҳ барчаларимизга чиройли сабр берсин

Саҳарликга уйғонган яқинларингизга улашинг.



https://t.me/Talaba_Abituriyent_Xorijda_Talim
16.6K views23:29
Ochish/sharhlash