Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar kanali

Telegram kanalining logotibi talabalar_kanali — Talabalar kanali T
Telegram kanalining logotibi talabalar_kanali — Talabalar kanali
Kanal manzili: @talabalar_kanali
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22.43K
Kanalning ta’rifi

🎓Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!
• instagram.com/Talabalar_kanali
• Admin: @gentleman_uzswlu
• Reklama: @rek_info
• Mandatni bilish : @otm_mandat_robot
• Qiziqarli material boʼlsa jo'nating: @Talababot

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-12-12 10:22:01
Poyezdlarga bilet tugay deganda talabalarga chegirma berildi

"O‘ztemiryo‘lovchi" 25-dekabrdan to 7-yanvargacha talabalarga temiryo‘l chiptalarini 50 foizlik chegirma bilan sotib olish mumkinligini xabar qildi.

Chiptalarni sotib olish uchun pasport bilan temir yo‘l kassalariga borish yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda eticket.railway.uz saytidan foydalanish mumkin.

Lekin deyarli ko‘p viloyatlarga asosiy qism biletlar sotib bo‘lingan. Juda kech berilgan chegirma haqida Xushnudbek Xudoyberdiyev “talabalar uchun yilning istalgan davrida qishki ta’til uchun chegirma asosida chipta olish huquqi bo‘lishi kerakligini” yozdi.

Izoh: "O‘ztemiryo‘lovchi"ning qo'shimcha qilishicha, hali bayramoldi qo'shimcha poyezdlar qo'yiladi. Chegirma ularga ham amal qiladi.

Chegirmali biletdan sotib olganlar bormi?

@Talabalar_kanali | obuna bo'ling
https://t.me/+9XamtL7nBmo0ZjAy
17.9K views07:22
Ochish/sharhlash
2023-12-08 22:02:06
QOR XAT

Avvalo hammani birinchi qor bilan tabriklayman. Sizlarga mustahkam sog'liq, bitmas tuganmas boylik(asosan baxt ma'nosida ) chinorning umridek umr, sermazmun hayot, chiroyli baxt va savlatli taxt tilayman. Ilohim qalbingiz manashu qor kabi oq va sof bo'lishini, shu qor kabi odamlarga aziz bo'lishingizni tilab qolaman.

Birinchi qor muborak qadrdonlarim

@Talabalar_kanali | obuna bo'ling
https://t.me/+9XamtL7nBmo0ZjAy
16.4K views19:02
Ochish/sharhlash
2023-12-05 09:01:49
1-kurs va o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilganlar uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 25-dekabrga qadar uzaytirildi.

TALABALARGA YUBORIB QO‘YING!

@Talabalar_kanali | obuna bo'ling
https://t.me/+9XamtL7nBmo0ZjAy
17.0K views06:01
Ochish/sharhlash
2023-11-30 11:28:18
"NARXOZ" va Moliya instituti qo‘shib yuboriladi va Universitet kompusi Sergeliga ko‘chiriladi

Aytishlaricha shu jumladan, Toshkent shahar hokimiyati va Bojxona qo‘mitasi binolari ham ko‘chirib yuborilib o‘rnida katta mehmonxona qurilishi rejalashtirilgan.

@Talabalar_kanali | A'zo bo'ling
https://t.me/+9XamtL7nBmo0ZjAy
16.3K views08:28
Ochish/sharhlash
2023-11-25 12:45:31 #diqqat

Talabalar uchun qishki ta'til 24-dekabrdan boshlanishi mumkin

O'tgan yili qishki ta'til 26-dekabrdan boshlangan va bu haqida 5-dekabr kuni e'lon qilingan. Bu yilgi xabarlarga ko'ra qishki ta'til 2023-yilning 24-dekabridan 2024-yilning 7-yanvarga qadar davom etadi, 8-yanvar o'qishning birinchi kuni bo'ladi degan tahminlar bor.

Ma'lumot uchun vazirlar mahkamasi qaroriga ko'ra dekabr oyining oxirgi o‘n kunligi va yanvar oyining birinchi o‘n kunligi oralig‘ida ikki haftalik qishki ta’tili o‘tkazilishi belgilangan.

@Talabalar_kanali | A'zo bo'ling
https://t.me/+9XamtL7nBmo0ZjAy
16.4K views09:45
Ochish/sharhlash
2023-11-20 15:33:40 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7% ga oshiriladi

O‘zAning xabar berishicha, Prezident farmoniga (196-son, 17.11.2023-yil) ko‘ra, joriy yil 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7% ga oshirilmoqda, yaʼni:

— pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — 372 ming so‘m;
— yoshga doir eng kam pensiya miqdori — 725 ming so‘m;
— mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — 1 mln 50 ming so‘m etib belgilanmoqda.

Farmon natijasida 4,5 mln kishining pensiyasi va nafaqalari miqdori ko‘payadi va barcha byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik maoshlari dekabrdan boshlab 7% ga oshgan holda hisoblanadi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, bazaviy hisoblash miqdori 1-dekabrdan 3% miqdorda (7% emas) o‘zgarib, 340 ming so‘m etib belgilanmoqda. Umuman olganda yil davomida ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar jami 14,5% ga oshgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdori esa bundan kamroq, yaʼni 13% ni tashkil etdi.

@Talabalar_kanali | A'zo bo'ling
https://t.me/+9XamtL7nBmo0ZjAy
14.9K views12:33
Ochish/sharhlash
2023-11-20 15:04:33
Forever Study Consulting Haqidagi ushbu videoda siz

"Forever Study Consulting" faoliyati va jamoasi

Qaysi davlatlarga jo'natishi

Viza olgan o'quvchilar fikri

Chet elga ketgan talabalarimiz fikri

Koreyaning top 10 ta eng katta va chiroyli shaharlarini ko'rishingiz mumkin.

Siz ham bularni qatorida bo'lishingiz mumkin

Bakalavr $ Magistratura

Talablar
:
Amerika: IELTS 6 / Duolingo 105+
Koreya: IELTS 5.5 yoki TOPIK 3



Bitta to'lov bilan birdaniga ham AQSh, ham Koreya topshirishingiz mumkin.

Firma to'lovini natijadan so'ng to'laysiz.
Oldin natija keyin to'lov

Murojaat uchun:
(95)020-97-99 | Yozish  
      (95)020-98-99 | Yozish

Telegram| Instagram| Youtube
15.2K views12:04
Ochish/sharhlash
2023-11-17 11:23:06 Kirib kelgan 17-noyabr xalqaro talabalar kuniga atalgan maxsus she'r.

O‘qishga ham kirib olding, 
Qaddingni tut talaba, 
Talabalik oltin davring, 
Davringni sur talaba. 

Garchi vatan farzandisan, 
Fakultetda arzandasan. 
Shunday ekan qadringni ham, 
Sal bilib yur talaba. 

Talabasan noming ulug‘, 
Bo‘lsa hamki cho‘ntak quruq, 
Dilda g‘urur, dilda surur, 
Handon erur talaba.

Dada, oyi assalom deb, 
Hamyon bo‘m-bo‘sh pul tamom deb, 
Bazan ota-onanga ham, 
Xat yozib tur talaba. 

Yetmay qolsa stipendiya, 
G‘amga botmay ishlat miyya, 
Mardikorlik bozoriga , 
Yo‘lingni bur talaba.
 
Bo‘lmoq kerak gapga usta, 
Bir gap aytsa startsa. 
O‘z bilganingdan qolmasang ham, 
Xo‘p-xo‘p deb tur talaba. 

Tog‘lar boshi qorsiz bo‘lmas, 
Talaba degan semiz bo‘lmas. 
Chunki hech vaqt qorni to‘ymas 
Rost gap shudir talaba. 

Jonga tegsa leksiyalar, 
Boshlanganda sessiyalar, 
Ahvolinga maymun yig‘lar, 
Sho‘ring qurur talaba. 

Zachyo‘t dardi bir balodir, 
Imtixon ham bir balo. 
Senga qolsa ikkovi ham, 
Asli bir go`r talaba. 


Talaba kursdoshlaringizga yuborib qo‘ying.

@Talabalar_kanali | A'zo bo'ling
https://t.me/+9XamtL7nBmo0ZjAy
16.5K views08:23
Ochish/sharhlash
2023-11-17 10:21:38
17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" muborak bo'lsin!

Osiyo Xalqaro Universiteti nomidan "Butunjahon talabalar kuni" munosabati bilan siz aziz talabalarni chin dildan tabriklaymiz, avvalo, sog'lik-salomatlik, baxt-iqbol, kuch-g'ayrat, bilim yo'lidagi izlanishlaringizda omad va zafarlar tilab qolamiz. Kelgusi o'qishlaringizda muvaffaqiyatlar, so'nmas kuch-g'ayrat, ilhom, yorqin xotiralar yor bo'lsin.

Aziz talabalar! Yana bir bor bayramingiz muborak boʻlsin, Vatanimizning munosib vorislari boʻlib kamol topishingizda muvaffaqiyatlar yor boʻlsin!

Osiyo Xalqaro Universiteti doim Yoshlar bilan birgalikda!

www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook
15.8K views07:21
Ochish/sharhlash
2023-11-17 09:05:06
Hurmatli Kursdoshlar!

Bugun menikiga kelinglar, kurka dimlayman. Bir tomonda shashlik qilamiz, farsh, jiz, tovuq aralash, qozonda qoʻy goʻshtidan shoʻrvacha biqqillab qaynab turadi, baliq pishiramiz, dasturxonni noz-neʼmatlar meva-chevalar bilan toʻldirib tashlayman, keyin katta tort ham aytib qoʻyganman, e xullas, talabalikda mazza qilib oʻtiramiz-da, bir yayraymiz, kelsangizlar boʻldi, hammasi zoʻr boʻladi, oʻyin-kulgu qilamiz, deb kimdir chaqirsa, meniyam aytinglar

Kursdoshlarga yuborib qo'ying!

@Talabalar_kanali | A'zo bo'ling
https://t.me/+9XamtL7nBmo0ZjAy
15.7K viewsedited  06:05
Ochish/sharhlash