Get Mystery Box with random crypto!

9-MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI Xotira bor ekan, tirikdir milla | Talabalar kanali

9-MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI

Xotira bor ekan, tirikdir millat,
Tirikdir iftixor, tirikdir g‘urur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.

Hatto maysaning ham xotirasi bor,
Maysa xotirasi — nurga intilmoq.
Ko‘karsa — ikkiga bo‘lib tashlaydi
Yo‘lining ustida tursa hatto tog‘.

To quyosh osmonda porlab turarkan,
Osmonday mangusan, ey, ona xalqim!
Har bir fojiaga, har bir sharafga,
Baho bermoqqa ham yolg‘iz sen haqli!


@Talabalar_kanali | A'zo bo'ling
https://t.me/+9XamtL7nBmo0ZjAy