Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar | Rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi talabalar — Talabalar | Rasmiy kanali T
Telegram kanalining logotibi talabalar — Talabalar | Rasmiy kanali
Kanal manzili: @talabalar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 51.29K
Kanalning ta’rifi

• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!
• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!
• Reklama: t.me/tijoriy/116

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 16

2023-11-26 18:10:26 Kunlik foydali fikrlar!

Kunning birinchi qismida eng murakkab va qiyin ishlarni bajarib oling.
Hayolingizga biror fikr, g‘oya keldimi? O‘sha zahoti yozib qo‘ying.
Kech qolyapsizmi? Bu haqida ogohlantirib qo‘ying. Bu qiyin emas.
Boshqalarning orzulari ustidan kulmang. O‘z orzularingiz bilan band bo‘ling.
Har doim rost gapiring.
Muammolaringizdan nolimang. Bu boshqalarni qiziqtirmaydi.
Har qanday tushunarsiz vaziyat yuzaga kelsa yotib uxlang.
Hech narsaga qaramay faqat oldinga harakatlanish. Bu doimiy shioringizga aylansin.
Mish-mishlarga aralashmang va e’tibor qilmang. Ularda hech bir yaxshilik yoki foyda yo‘q.
Hech qachon sizni sotgan(aldagan)larga qaytmang. Insonlar o‘zgarmaydi.

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
21.8K viewsedited  15:10
Ochish/sharhlash
2023-11-25 09:48:41 #Tezkor

Yozishlaricha, Talabalar uchun qishki ta'til 24-dekabrdan boshlanadi. 23-dekabr o'qishning oxirgi kuni bo'ladi.


O'tgan yili qishki ta'til 26-dekabrdan boshlangan va bu haqida 5-dekabr kuni e'lon qilingan, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ham ertaroq e'lon qiladi degan umiddamiz. Bizga kelgan xabarlarga ko'ra qishki ta'til 2023-yilning 24-dekabridan 2024-yilning 7-yanvarga qadar davom etadi, 8-yanvar o'qishning birinchi kuni bo'ladi.

Ma'lumot uchun vazirlar mahkamasi qaroriga ko'ra Dekabr oyining oxirgi o‘n kunligi va yanvar oyining birinchi o‘n kunligi oralig‘ida ikki haftalik qishki ta’tili o‘tkazilishi belgilangan

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
26.8K views06:48
Ochish/sharhlash
2023-11-25 09:14:03
QS Ranking bo’yicha Top 400(QS) ga kirgan Xiamen Universiteti O'zbekiston uchun 20ta Grant joylarini ajratdi

Siz 4 yil uchun 100% Grant yutib olishingiz mumkun. Grant olish jarayoni 2-bosqichga bo’linadi:

-Bosqich. Google Formani to’liq to’ldirish kerak va albatta baholarni (yani transcript/tabelni) google formaga joylash kerak.

-Bosqich. Intervyudan o’tish kerak bo’ladi. *Faqatgina saralangan talabalar Intervyuga chaqiriladi *

Xiamen Malaysia Universiteti kampusi Kuala-Lampur shahridan 40km uzoqlikda joylashgan. Kampusning o’ziga $300 million investitsiya kiritilgan va talabalar uchun xamma sharoitlar yaratilgan.
Grant uchun deadline: 28 - Noyabr

+998 91 798 61 42

Ro'yxatdan o'tish
22.8K views06:14
Ochish/sharhlash
2023-11-24 16:15:12


O‘zbekistonliklar Konstitutsiya kuni munosabati bilan 3 kun dam olishadi

Haftada 5 kun ishlaydigan fuqarolar 8, 9, 10 dekabr kunlari dam olishi ma’lum bo‘ldi.

Haftada 6 kun ishlaydiganlar(o'qiydiganlar) uchun esa 9 — dekabr shanba ish(o'qish kuni) kuni hisoblanadi.

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
18.4K views13:15
Ochish/sharhlash
2023-11-23 08:10:51
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim nima u nega kerak?

O‘zbekistonda oliy ta’limdan keyingi ta’lim 2 xil:

Dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi tayanch doktorantura;

Dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimlaridan iborat.

Tayanch doktoranturaga magistr darajasiga yoki oliy ma’lumotga (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lgan, yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun) shaxslar o‘rnatilgan talablarga muvofiq qabul qilinadi.

Doktoranturaga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda berilgan, unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan shaxslar o‘rnatilgan talablarga muvofiq qabul qilinadi.

Bu darajalarni olish uchun dissertatsiya himoya qilish talab qilinadi.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
22.0K views05:10
Ochish/sharhlash
2023-11-22 06:50:39
Dunyodagi eng yosh va keksa talaba haqida eshitganmisiz?

6 yoshli talaba

Bu yoshda ko‘pchilik hali bog‘chada yurgan bo‘ladi. Ammo Joshua Bekford 3 yoshida ingliz tilini yaxshi o‘zlashtirgan, 6 yoshida esa Oksford universitetiga qabul qilingan. Otasi bolasining favqulodda zehni borligi bois universitet ma’muriyatiga xat yozib, tekshirib ko‘rishlarini so‘raydi. Sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan Joshua falsafa va tarix bo‘yicha a’lo baholarga o‘qimoqda.

102 yoshli talaba

Xitoyning Shandun provinsiyasi Jinan shahrida istiqomat qiluvchi Ma Syuian buvi umrini og‘ir mehnatda o‘tkazib, nihoyat, bir asr yashab qo‘ygan vaqtda oliy ta’limga hujjat topshirdi. Nihoyat, u 2022-yilda Weishan Road oliygohida o‘qishni boshladi. Beshikdan qabrgacha ilm izla degandek, buvijonga diplomni muvaffaqiyatli qo‘lga olishni tilab qolamiz.

O‘zingiz necha yoshda va nechanchi urinishda talaba bo‘lgansiz? Izohlarda yozib qoldiring.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
23.4K viewsedited  03:50
Ochish/sharhlash
2023-11-20 16:49:02
Endi OTMlar rektorlarni o‘zlari saylashi mumkin!

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarorida OTMlarda tashkilot jamoasi rektorlarni saylash tizimi joriy qilinadi.

Hozirgi tartib bo‘yicha esa rektorlar Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tayinlanadi.

Bu yangilikka fikringiz qanday?
20.4K views13:49
Ochish/sharhlash
2023-11-20 12:13:30
Farzandingiz chet tillarida bemalol gapirishini va darsga borishdan xursand bo'lishini xohlaysizmi?

Unda Queen’s Academy siz uchun

O'quv markazimizda 15 yillik tajribaga ega yuqori malakali o'qituvchilar kichik va yuqori sinf o'quvchilariga noyob interfaol metodikadan foydalangan holda dars berishadi

O'zingizga kerakli kursni tanlang va bizga yozing

Ingliz tili
Rus tili
O'zbek tili
Matematika

Bepul darsliklar
Bir oila farzandlariga 10% chegirma taqdim etiladi

Ish vaqti:
Dushanba-shanba
Dars vaqti:
09:00-18:00
Bizning manzil:
Buyuk Ipak Yo‘li, 154
+ 998 90 915 00 20
Telegram @queens_academy_uz

Instagram: https://www.instagram.com/queens_academy_uz

Queen's Academy - bu zerikarli darslar emas, balki farzandingiz uchun ilhom va tilni rivojlantirish manbai
21.1K views09:13
Ochish/sharhlash
2023-11-20 08:30:03
Kutib o'tirmang, bugun boshlang!

Bir kun keladi. Erta tongda uyg‘onasiz.
Tarixga — ortga qaraysizda, bajarolmagan ishlaringizni eslab, chuqur xo‘rsinasiz.

"Endi u damlar ortga qaytmaydi", deb ham qo‘yasiz. Kelajakdan turib ortga qaraganda o‘sha kunning nomi BUGUN deb ataladi.

Bugun boshlang !
Bugun urinib ko‘ring!
Bugun qadam tashlang!

Ertaga kech bo‘lishi mumkin.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
22.2K views05:30
Ochish/sharhlash
2023-11-18 07:50:55 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7% ga oshiriladi

O‘zAning xabar berishicha, Prezident farmoniga (196-son, 17.11.2023-yil) ko‘ra, joriy yil 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7% ga oshirilmoqda, yaʼni:

— pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — 372 ming so‘m;
— yoshga doir eng kam pensiya miqdori — 725 ming so‘m;
— mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — 1 mln 50 ming so‘m etib belgilanmoqda.

Farmon natijasida 4,5 mln kishining pensiyasi va nafaqalari miqdori ko‘payadi va barcha byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik maoshlari dekabrdan boshlab 7% ga oshgan holda hisoblanadi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, bazaviy hisoblash miqdori 1-dekabrdan 3% miqdorda (7% emas) o‘zgarib, 340 ming so‘m etib belgilanmoqda. Umuman olganda yil davomida ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar jami 14,5% ga oshgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdori esa bundan kamroq, yaʼni 13% ni tashkil etdi.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
21.7K views04:50
Ochish/sharhlash