Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar | Rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi talabalar — Talabalar | Rasmiy kanali T
Telegram kanalining logotibi talabalar — Talabalar | Rasmiy kanali
Kanal manzili: @talabalar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 51.29K
Kanalning ta’rifi

• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!
• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!
• Reklama: t.me/tijoriy/116

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 19

2023-11-13 21:19:07
Sessiya yaqin….. Sessiyada guruh "starostalari" GIVE AWAY boshlab yuboradi.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
23.2K viewsedited  18:19
Ochish/sharhlash
2023-11-12 19:53:16 Orzu qilishni davom ettirish muhim!

Shubhasiz, bolaligingizda ko’pincha sizga shunday savol berilgan: «Siz katta bo’lganingizda kim bo’lmoqchisiz?». Kosmonavt yoki prezident bo’lishni xohlagan bo’lsangiz ajab emas. Bolalar orzulari juda shirin, hatto soddadir. Ammo ular bolalarga muayyan erishish kerak bo’lgan maqsadga turtki beradi.

Ammo biz o’sganimizda nima sodir bo’ladi? Bu yerda siz faqat eshitasiz: «Osmonlarda uchib yurma, osmondan yerga tush!» Bu to’g’rimi? Orzularda hech qanday yomon narsa yo’q.

Orzu maqsad onasi

O’zimiz uchun qiyin hayotiy tajribani qo’lga kiritishimiz uchun o’zimizga qiyin maqsadlarni qo’yishga imkon beradigan orzulardir. Har doim imkonsiz narsalarga erishishga harakat qiling!

Orzular kuch beradi

Orzu qilib, biz hayotiy muhim narsalarni qabul qilish uchun zarur bo’lgan kuch va ishonchga ega bo’lamiz. Orzularsiz biz avval hech qachon o’zgarishni istamagan bo’lardik.

Orzular ishonishga yordam beradi

Biz orzularga berilib ketsak, hamma narsaning mumkinligiga ishonishimiz mumkin. Bizning ichimizdagi bu aniq, ishonchli ovoz tovushi eshitiladi, bu bizga hamma narsani amalga oshirishi mumkinligini aytadi.

Orzular ilhomlantiradi

Bizning ideal kelajagimizni tasavvur qilsak, biz bilmasdan yangi g’oyalar olamiz, imkoniyatlarni ko’rib chiqamiz va variantlarni izlaymiz. Bu bizga ijodkorona fikr yuritishimizga, bir narsaga emas, balki har doim maqsadimizga o’tishga harakat qilishga yordam beradi.

Orzular jonlarni birlashtiradi

Birgalikda narsaga erishish har doim ham osonroq, shunday emasmi? Orzularingizni tushunadigan va ulashadigan insonni topish kerak. Ishoning, oilangiz va do’stlaringiz bilan baxtingizni, o’zingizning g’alabangiz bilan bo’lishishdan ko’ra, ko’proq bo’lishish yoqimlidir.

Hech qachon orzu qilishdan to’xtamang!



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
21.1K views16:53
Ochish/sharhlash
2023-11-11 06:22:10
Talabalarga yuboramiz ...



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
23.7K views03:22
Ochish/sharhlash
2023-11-09 17:21:08
Keyingi oʻquv yilidan avval test topshirib, keyin yo'nalish tanlanadi

Yangi qarorga ko'ra, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:

1) OTMlarga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi.

2) Umumta’lim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.

Bunda tan olingan xalqaro sertifikatlar ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarori bilan tasdiqlanadi.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
22.5K views14:21
Ochish/sharhlash
2023-11-09 10:26:19
O‘zbekistonliklar ham endi ChatGPT'dan foydalanishlari mumkin

Sun’iy intellektga asoslangan so‘rovlar bo‘yicha ma’lumot beruvchi ChatGPT xizmati o‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun ochildi.

Bundan avval mazkur xizmatdan faqat VPN'ni yoqqan holda, chet el raqamlar orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin edi. Endilikda O‘zbekistondagi aloqa operatorlari raqamlari orqali ham ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

ChatGPT ayniqsa ta'lim sohasida o'qituvchi va talabalar uchun yaxshigina yordamchi bo'lib xizmat qilishi mumkin.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
21.5K viewsedited  07:26
Ochish/sharhlash
2023-11-08 14:20:51
Magistraturaga qishki qabul bo'ladimi?

Bu yil magistratura uchun 20.054 nafar abituriyent hujjat topshirgandi. Ajratilgan kvota esa 17,1 ming edi.

Hujjat topshirgan deyarli teng yarim talabgorning arizasi talabga javob bermagani uchun qaytarilgan. 6,3 ming nafar talabgor magistraturaga qabul qilindi. 11 mingga yaqin kvota esa bo‘sh qolgan.

Endi nima bo‘ladi?

Kvotalar bo‘sh qolib ketadimi? Bu hozircha aniqmas. Lekin anig‘i yoz boshidayoq sobiq oliy ta’lim vaziri Ibrohim Abdurahmonov bu yil magistraturaga faqat bir marta qabul bo‘ladi, qishkisi bo‘lmaydi deb aytgandi. Qoida bo‘yicha esa Qabul komissiyasi ruxsat bersa, to‘lmagan kvotalar uchun qishki qabul ham bo‘lishi kerak.

Katta ehtimol bilan vaziyat qishki qabul ham bo‘lishini ko‘rsatadi. Lekin hozircha bu haqida hozircha biror rasmiy xabar berilmadi.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
22.2K views11:20
Ochish/sharhlash
2023-11-07 14:34:31
Judayam olibqochar avlod yetishib chiqyaptida:

Savol: Talabning elastikligi nima?

Javobni qarang:

-Mana bizga ''Talabning elastikligi nima?'' degan savol tushgan ekan, Talabning elastikligi haqida so'z yuritishdan avval ''Talabning o'zi nima?'' degan savolga javob beradigan bo'lsak, Talab - bu...

Shu bilan yarim bet to'ladi.
Yana o'zlaricha savol tuzib, javob berib qo'yishlarini qarang.

Muhammad Ali Eshonqulov



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
20.4K views11:34
Ochish/sharhlash
2023-11-07 13:59:01
Tadam-tadamm

2023-yil Kuz mavsumi uchun
eng sònggi trend bòlgan FASONLAR OLAMI kanaliga marhamat

Kelinchaklar uchun fasonlar
Katta yoshlilar uchun fasonlar
Qizaloqlar uchun fasonlar
Tikish-bichish vedio darsliklar
Eng trenddagi Bazm liboslari

Birinchi bizda keyin boshqalarda
20.1K views10:59
Ochish/sharhlash
2023-11-06 17:01:38
8-noyabrdan 10-noyabrgacha Toshkent ko'chalarining deyarli yarimi yopiladi. Bu haqida Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Yopiladigan ko'chalar batafsil xaritada ko'rsatilgan.

Ma'lumot uchun shu kunlari O‘zbekiston Respublikasi “Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti”ning 16-sammitiga mezbonlik qiladi.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
22.4K viewsedited  14:01
Ochish/sharhlash
2023-11-06 10:05:38
Nima uchun grantda o‘qigan talaba diplom olishdan oldin 3 yil ishlashi kerak?

"Davlatning puliga o‘qigani uchun davlat uchun ishlab berish kerak", dedi Oliy ta'lim vazirligi xodimi.

Bitiruvchilarning diplomini 3 yil OTMda ushlab turishdan bizga foyda yo‘q. Bunga bitiruvchiga ham, davlatga ham zarar keltirmaydigan biror yechim topiladi.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
22.7K viewsedited  07:05
Ochish/sharhlash