Dunyodagi eng yosh va keksa talaba haqida eshitganmisiz? 6 yoshli talabaBu yoshda ko‘pchilik hali bog‘chada yurgan bo‘ladi. Ammo
Joshua Bekford 3 yoshida ingliz tilini yaxshi o‘zlashtirgan, 6 yoshida esa
Oksford universitetiga qabul qilingan. Otasi bolasining favqulodda zehni borligi bois universitet ma’muriyatiga xat yozib, tekshirib ko‘rishlarini so‘raydi. Sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan Joshua falsafa va tarix bo‘yicha a’lo baholarga o‘qimoqda.
102 yoshli talabaXitoyning Shandun provinsiyasi Jinan shahrida istiqomat qiluvchi
Ma Syuian buvi umrini og‘ir mehnatda o‘tkazib, nihoyat, bir asr yashab qo‘ygan vaqtda oliy ta’limga hujjat topshirdi. Nihoyat, u 2022-yilda
Weishan Road oliygohida o‘qishni boshladi. Beshikdan qabrgacha ilm izla degandek, buvijonga diplomni muvaffaqiyatli qo‘lga olishni tilab qolamiz.
O‘zingiz necha yoshda va nechanchi urinishda talaba bo‘lgansiz? Izohlarda yozib qoldiring.
@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi