Get Mystery Box with random crypto!

Soni Qancha?

Telegram kanalining logotibi soniqancha_narxiqancha_bilasizmi — Soni Qancha? S
Telegram kanalining logotibi soniqancha_narxiqancha_bilasizmi — Soni Qancha?
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 49.75K
Kanalning ta’rifi

@SoniQancha kanalida ishonchli manbalardan raqamlarga oid qiziqarli ma'lumotlar berib boriladi.
💰 Reklama: @ReklamaGold
👨🏻‍💻 Admin: @Yusupov_Davlat
P.s. Ba'zan reklama ko'payib ketadi. To'g'ri tushunasiz, bo'sh qop tik turmaydi

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 30

2021-08-09 16:00:24
Timsohlar bilan yonma-yon suzish.

Avstraliyaning Darvin shahrida Crocosaurus Cove deb nomlanuvchi krokodillar parki mavjud. Bu parkga har yili ko'plab turistlar tashrif buyurishadi va suv tagida krokodillar bilan yonma-yon suzishadi. Bunda har bir sayyoh "o'lim qafasi" da uzunligi 5 metr keluvchi vaxshiy krokodillar bilan iloji boricha yaqinroq yonma-yon suzishadi va shu orqali asablarini tinchlantirishi mumkin.

Bunday ajal o'rtasida krokodillar bilan sayyohni shaffof akril devor ajratib turadi. Sayyoh uchun ajaliga 30 daqiqa yaqin borish narxi $150 ni tashkil etadi.

@SoniQancha
2.0K views13:00
Ochish/sharhlash
2021-08-09 15:30:16
Farzandini jinsini Burj Khalifa binosi orqali tanitgan ota-ona

Yaqinda dunyodagi eng baland bino ya'ni Burj Khalifa da O'zbekiston bayrog'i namoyish etilganligi va unga qancha sarflanganligi haqida aytgan edik.

2 kun oldin esa mashxur Dubailik vlogerlar Anas va Asala Marwahlar farzandli bo'lgan edi. Ular farzandining jinsini ommaga, aniqrog'i muxlislariga tanitish uchun Burf Khalifa ning reklama monitoridan foydalanishdi va bu nafaqat Dubai, balki butun dunyoga tanildi. Vlogerlar 1 minut davom etgan bu namoyish uchun $95 000 sarflagani aytilmoqda.

@SoniQancha
2.3K views12:30
Ochish/sharhlash
2021-08-09 15:30:16
Qozog'istonlik tayyorlatgan 1,5 tonnalik tort

Qozog'istonlik oligarx Serikjan Seytjanov nabirasi Amirjonning to'yi uchun maxsus qasr ko'rinishidagi tort tayyorlatdi. Tortning og'irligi 1,5 tonna, bo'yi 4,2 metr va diametri 3 metrni tashkil etadi. Bu tortni rossiyalik mashxur konditer Renat Agzamov maxsus buyurtma asosida tayyorlagan.

Manbada aytilishicha bu tort uchun $64 000 sarflangan, lekin mutaxassislar uni $176 000 ga baholamoqda.
Solishtirish uchun bunday tort puliga O'zbekistonda deyarli 9 ta Spark avtomobilini xarid qilsa bo'ladi.

@SoniQancha
2.2K views12:30
Ochish/sharhlash
2021-08-09 15:00:14
Ismim Sabina! 2 yillik pul ishlash strategiyalarimni siz bilan ulashmoqchiman

3-4 oy ichida o'z mashinangiz bo'lishini xohlaysizmi?
Yoki orzuingizdagi narsaga pul yetmayaptimi?

Ishga borishdan charchadingizmi?
Internet orqali pul ishlamoqchimisiz?
Orzuingizdagi mashinani sotib olishnichi?

Unday bo'lsa mani kanalimga qo'shiling, sizga bepulga pul ishlash sirlarini o'rgataman:
https://t.me/joinchat/EYVdw9Mc01NkYTRi
1.6K views12:00
Ochish/sharhlash
2021-08-09 14:40:11
Tailandning oq mo'jizasi: Wat Rong Khun buddistlar ibodatxonasi

Wat Rong Khun — bu dunyodagi hech qayerda uchramaydigan, hamma ibodatxonalardan ajralib turadigan Tailandtagi buddistlar ibodatxonasi. Bu joylar ilgari tashlandiq va ahlatlarga to'la bo'lgan.

Video orqali ko'rib turganingizdek bu joy betakror san'at asariga aylangan. Ibodatxonani barpo etgan, ta'mirlagan va ipidan ignasigacha o'z ideylari bilan qurgan shaxs mashxur rassom Chalermchay Kositpipat. U so'ngi 20 yil ichida bu ibodatxona uchun $1,2 mln sarflagan (o'z hisobidan).

@SoniQancha
2.4K views11:40
Ochish/sharhlash
2021-08-09 14:40:11
16 mln dollar turadigan odam tili haqida eshitganmisiz?

Gennaro Pellichcha — mashxur Coffe Costa qahvaxonasi asoschisi. Bu qahvaxonaning ko'plab davlatlarda filiallari mavjud. Nusr-Et steyk tayyorlash bo'yicha dunyoga qanday mashxur bo'lsa, Gennaro Pellichcha ham kofe tayyorlash bo'yicha dunyoga shunday mashxur.

U mijozlar oldida kofe tayyorlab beradi va ta'tib ko'radi. Shu sababdan u tilini $16 mln ga sug'urtalatgan. Keyin esa uning tili dunyodagi eng qimmat til deb tan olingan.

@SoniQancha
2.4K views11:40
Ochish/sharhlash
2021-08-09 14:11:21
O'zbekistonda ish haqi kuniga 250 000 so'mdan

Faqat 10 kishi kerak, shunchaki obuna bo’ling - https://t.me/joinchat/TmMtFSgX2rVlZTgy
2.3K views11:11
Ochish/sharhlash
2021-08-09 13:00:14
Dunyodagi eng xavfli noutbuk

2019-yili dunyodagi eng xavfli noutbuk onlayn auksionga qo'yildi. Uning eng xavfli deb nomlanishining sababi, noutbuk jami $95 mlrd zarar keltirgan. Bu 2008-yili ishlab chiqarilgan Samsung NC10-14GB noutbugi Windows XP SP3 operatsion tizimida ishlaydi. Bundan tashqari bu noutbukda dunyodagi eng xavfli viruslar — ILOVEYOU, MyDoom, SoBig, WannaCry, DarkTequila va BlackEnergy 2 viruslari mavjud.

Auksionda bu elektron maxluqning boshlang'ich narxi $1,2 mln qilib belgilangan edi.

@SoniQancha
2.9K views10:00
Ochish/sharhlash
2021-08-09 10:00:20
Birlashgan Arab Amirliklaridagi "Oq masjid" haqida

Shayx Zayd masjidi Abu Dabi shahrida joylashgan bo'lib, dunyodagi eng katta masjidlardan biri hisoblabadi.

Masjid bir vaqtning o'zida 40 000 nomozxonni o'z bag'riga sig'dira oladi.
Ushbu masjidda Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan dunyodagi eng katta gilam to'shalgan.
Gilam maydoni 5627 m². Og'irligi esa naqd 47 tonna keladi.

Masjid yuqori sifatli oq marmardan qurilgan bo'lib, devorlar, naqshlar oltin, olmos, Swarovski toshlari bilan bezatilgan.

Masjid 10 yildan ortiq vaqt mobaynida qurilgan, qurilish narxi esa 545 mln dollarga baholanadi.

@SoniQancha
3.5K views07:00
Ochish/sharhlash
2021-08-09 07:00:22
Aqlli tibbiy niqoblar narxi: 7 xil tilda tarjima qiladi

Yaponiyaning Donut Robotics kompaniyasi pandemiya davrida aqlli niqoblar ishlab chiqarishni boshlab yubordi. Bu niqobning aqlliligi shundaki, niqob Bluetooth yordamida smartfonga ulanadi va maxsus dastur orqali boshqariladi.

Niqob taqib gapirgan paytda, niqob nutqni 7 xil tilda tarjima qila olish qobiliyatiga ega: xitoy, koreys, vietnam, indoneziya, ingliz tili, ispan va fransuz tillari (yapon tilidan yoki teskarisi). Bunday niqoblar dekabr oyidan sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan va uning narxi $40-$50 atrofida bo'ladi.

@SoniQancha
3.5K views04:00
Ochish/sharhlash