Get Mystery Box with random crypto!

Aqlli tibbiy niqoblar narxi: 7 xil tilda tarjima qiladi Yapon | Soni Qancha?

Aqlli tibbiy niqoblar narxi: 7 xil tilda tarjima qiladi

Yaponiyaning Donut Robotics kompaniyasi pandemiya davrida aqlli niqoblar ishlab chiqarishni boshlab yubordi. Bu niqobning aqlliligi shundaki, niqob Bluetooth yordamida smartfonga ulanadi va maxsus dastur orqali boshqariladi.

Niqob taqib gapirgan paytda, niqob nutqni 7 xil tilda tarjima qila olish qobiliyatiga ega: xitoy, koreys, vietnam, indoneziya, ingliz tili, ispan va fransuz tillari (yapon tilidan yoki teskarisi). Bunday niqoblar dekabr oyidan sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan va uning narxi $40-$50 atrofida bo'ladi.

@SoniQancha