Get Mystery Box with random crypto!

Soni Qancha?

Telegram kanalining logotibi soniqancha_narxiqancha_bilasizmi — Soni Qancha? S
Telegram kanalining logotibi soniqancha_narxiqancha_bilasizmi — Soni Qancha?
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 49.75K
Kanalning ta’rifi

@SoniQancha kanalida ishonchli manbalardan raqamlarga oid qiziqarli ma'lumotlar berib boriladi.
💰 Reklama: @ReklamaGold
👨🏻‍💻 Admin: @Yusupov_Davlat
P.s. Ba'zan reklama ko'payib ketadi. To'g'ri tushunasiz, bo'sh qop tik turmaydi

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 28

2021-08-11 16:00:22
Hindistonda arzon narxda Android smartfonlar

Bilasiz Hindistonda past daromadi aholi soni juda ko'p va ularning hammasining ham smartfonlar olishga daromadi yetmaydi. Shu sabab Hindistonning Reliance Jio kompaniyasi arzon narxlarda Android smartfonlarini ishlab chiqarmoqchi va shu orqali Xitoy smartfonlarini bozordan chiqarishni rejalashtirmoqda.

Reliance keyingi 2 yil davomida 200 million donagacha smartfon ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Kompaniya hozirda Jio Phone lineykasidagi smartfonlarni yaratish bo'yicha ishlar olib bormoqda va uning narxi $54 atrofida bo'ladi.

@SoniQancha
2.0K views13:00
Ochish/sharhlash
2021-08-11 15:36:01
Turkmanistonda sement narxi qancha?

Turkmaniston sement bo'yicha juda murakkab siyosat yuritiladi. Ya'ni sementi davlatni o'zidan arzonroq bahoda yoki xususiy firmalardan bir necha baravar qimmatiga xarid qilish mumkin.

Aniqrog'i sementning davlat narxi bir qopi uchun $8 dan, xususiy firmalarda $40 atrofida. Lekin qiziq jihat sizdan sement xarid qilish uchun nikoh guvohnomasi yoki ajrashganlik haqidagi hujjat talab etiladi. Kamiga siz navbat kutishingiz kerak bo'ladi (bizda avtomobil xarid qilishga navbat kutganga o'xshash).

Solishtirish uchun O'zbekistonda sementni oddiy qurilish do'konlaridan ham navbatsiz va hechqanday hujjatsiz sotib olish mumkin. Bizdagi ularning o'rtacha narxi esa $4-$5 atrofida.

@SoniQancha
2.2K views12:36
Ochish/sharhlash
2021-08-11 15:36:01
3 million dollarga beysbol to'plari

Dennis Shreyder — beysbol to'plarini yig'uvchi yirik kollektsioner bo'lib Ginnes Rekordlar kitobiga kirgan. Uning kolleksiyasida jami 4600 ta faqat dasxat qo'yilgan beysbol to'plari mavjud va jami qiymati $3 mln ga teng.

@SoniQancha
2.1K views12:36
Ochish/sharhlash
2021-08-11 15:06:43
Man Jasur Saidov Internetda 3 yil avval pul ishlashni boshlaganman. Hozir oyiga o'z milliardlarimni ishlayman.

Qanday qilib pul ishlasa bo'lishi bo'lishini bilmoqchisiz?
Bir necha kundan so'ng, oyiga kamida 1000$ pul ishlashnichi?

Hozir o'z sir sanoatlarimni bepul o'rgatyapman. Kanalimga o'ting va manga yozing. Sizga bepul internetda pul topishni o'rgataman:
https://t.me/joinchat/8TE1ltIAtP8zNmNi
517 views12:06
Ochish/sharhlash
2021-08-11 13:00:25
Siz tanigan brend, lekin siz bilmagan milliarderlar

BMW — bu avtomobil ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri ekanligini deyarli hammamiz bilamiz. Lekin uning asosiy aksiyadorlarini, notanish milliarderlarini ko'pchilik bilmaydi.

Kompaniyaning deyarli 50% ga yaqin aksiyasi 2 qarindoshga tegishli. Ular Stevan Kvandt va Syuzanna Kvandt. Bu biz tanimagan millarderlarning boyliklari:
Stefan Kvandt — $16,9 mlrd
Syuzanna Kvandt — $20,4 mlrd

Kompaniyaga kelsak, u BMW, Mini va Rolls Royce avtomobillarini ishlab chiqaradi. Kompaniyaning 2020-yil oktabr oyidagi hisoblarga ko'ra bozordagi kapitallashuvi $46,05 mlrd ga teng.

@SoniQancha
2.6K views10:00
Ochish/sharhlash
2021-08-11 11:30:24
Makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish biznesidan qancha daromad qilsa bo'ladi?

Makaron mahsulotlariga bo'lgan talab yildan yilga oshib bormoqda. Bunday biznesning o'rta darajadagi liniyasini yaratish uchun dastlab $10 000-$15 000 atrofida sarmoya talab etiladi va shunga yarasha daromadi ham yuqori bo'ladi.

Xo'sh bu biznes uchun ketdigan xarajatlar:
— Ishlab chiqarish liniyasini sotib olish $4000-$5000
— Binolarni ta'mirlash, konditsionerlarni o'rnatish - $800-$1000
— Mebellar uchun - $1000-$2000
— Reklama xarajatlari ‐ $300-$400
— Boshqa xarajatlar - $1000-$2000
— Ish haqi (10ta xodim atrofida) - $2000-$3000
— Bino ijarasi - $500-$700
— Transport xarajatlari - $500
— Kutilmagan xarajatlar - $500

Bunday sarmoya orqali boshlangan bu liniyada oyiga taxminan 36 tonna mahsulot ishlab chiqarish mumkin. Undan tushgan tushum esa oylik xarajatlardan tashqari $3000-$4000 ni tashkil etadi.

@SoniQancha
2.8K views08:30
Ochish/sharhlash
2021-08-11 11:30:24
PUBG ortida kim turibdi?

PUBG — bu hozirda dunyodagi eng katta auditoriyaga ega bo'lgan mobil o'yinlardan biri hisoblanadi. Daromadi esa juda yuqori darajada oshib bormoqda.

Xo'sh bu o'yin ortida kim turibdi?

Brendon Grin — PUBG o'yini ortidagi asli Irlandiyalik 44 yoshli qahramon. U o'yinni yaratishdan avval Braziliyada fotograf va veb-ishlab chiquvchi sifatida ishlagan. O'sha paytlari uning daromadi oyiga bor yo'g'i $1000-$1500 atrofida bo'lgan.

Shunday ishlab yurgan paytlari "Battle Royale" o'yinidan ilhomlanib, yangi simulyator haqida o'ylab qolgan va shu tariqa o'yin sohasiga kirib kelgan. Qahramon simulyatorni yaratish davomida kodlashni o'rganadi va PUBG ning birinchi versiyasini yaratadi. Hozirda juda katta mashhurlikga erishgan bu o'yin va uning qahramoni katta pul aylanmasiga egadir.

Shunday qilib ilgarilari $1000-$1500 atrofida oylik maoshga ishlagan oddiy Brendon Grin hozirgi vaqtda $200 mln dan ortiq boylikga ega.

@SoniQancha
2.6K views08:30
Ochish/sharhlash
2021-08-11 10:59:01
Mana o'sha hamma qidirayotgan @UzbekLove kanali.

Bu kanaldan kinolarning eng qiziq joylari video qilib joylab boriladi

KANALGA KIRISH

https://t.me/joinchat/UTmbzOYBsEUyODNi
2.5K views07:59
Ochish/sharhlash
2021-08-11 10:41:56
Turoperatorlar va turagentlar uchun yaxshi imkoniyat

Pandemiya davri bo'lganligi bois turistlar kelishi kamayib ketgan. Shu sabab ularning tashrifi sonini oshirish maqsadida turagentlar uchun pul ajratilmoqda. Ya'ni olib kelingan va 5 kun davomida O'zbekistonda qolgan har bir turist uchun turoperator va turagentlarga $15 subsidiya ajratiladi. Subsidiya ajratish O'zbekistonga 500 ming turist tashrif buyurgunga qadar davom etadi. Demak bu orqalu turagentlar $7,5 mln pul ishlab olishi mumkin.

@SoniQancha
2.6K views07:41
Ochish/sharhlash
2021-08-11 10:40:32
1 kunda 1,7 mln dollar ishlagan mobil o'yin

Brawl Stars mobil o'yini Xitoy bozorida bor yog'i 12 kun ichida $20 mln pul ishlab topdi. Uning dunyo bozoridagi kunlik daromadi esa $2,5 mln ga yetdi. 2018-yilda ishlab chiqarilgan bu o'yin shu paytgacha $675 mln foyda ko'rgan.

Brawl Stars o'yini Clash of Clans va Clash Royale kabi mashhur o'yinlarni ishlab chiqargan "Supercell" kompaniyasiga tegishli.

@SoniQancha
2.6K views07:40
Ochish/sharhlash