Get Mystery Box with random crypto!

SEN KITOB O'QIMA?!

Telegram kanalining logotibi senkitoboqima — SEN KITOB O'QIMA?! S
Telegram kanalining logotibi senkitoboqima — SEN KITOB O'QIMA?!
Kanal manzili: @senkitoboqima
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 20
Kanalning ta’rifi

SEN KITOB O`QIMA?!
BIZ O`QIB BERAMIZ!
Youtube:https://youtube.com/@senkitoboqima

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar

2021-12-23 12:25:36
#18TOYOTA ​O'sha mashhur TOYOTA kompaniyasi haqida nimalarni bilasiz? Ushbu kompaniya o‘zining yorqin va mashaqqatli tarixiga ega. 1924-yilda Toyoda Sakiichi “Toyoda Model G” deb nomlangan muammo yuzaga kelganda, o‘zini o‘zi to‘xtatadigan avtomatik dastgohini…
292 views09:25
Ochish/sharhlash
2021-12-23 12:25:03 #18TOYOTA

O'sha mashhur TOYOTA kompaniyasi haqida nimalarni bilasiz?

Ushbu kompaniya o‘zining yorqin va mashaqqatli tarixiga ega. 1924-yilda Toyoda Sakiichi “Toyoda Model G” deb nomlangan muammo yuzaga kelganda, o‘zini o‘zi to‘xtatadigan avtomatik dastgohini ixtiro qiladi. 1929-yilda ushbu dastgoh patenti ingliz kompaniyasiga sotilishi natijasida avtomobil ishlab chiqarish uchun boshlang‘ich sarmoya kelib tushdi. Avtomatik dastgoh ishlab chiqaruvchi kompaniya zamirida 1933-yilda avtomobil ishlab chiqaruvchi bo‘lim tashkil qilindi va
1935-yildan o‘z avtomobillarini ishlab chiqarishni boshladi. Sakiichi Toyodaning o‘g‘li Kiichiro Toyodaning avtomatik to‘quv dastgohi chiqaruvchi korxonadan
avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyaga asos solishga bo‘lgan qarori tufayli hozirgi Toyota Motors korporatsiyasi vujudga kelgan.

Kompaniya nomini aynan “Toyoda” emas, balki “Toyota” deb tanlanishida talaffuzga oson bo‘lishi, qolaversa, “Toyoda” so‘zining yapon tilida dehqonchilik bilan bog‘liq bo‘lgan “ unumdor guruch maydonlari” ma’nosining oldini olish sababli tanlanlangan.

2020-yilga kelib Toyota dunyodagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi maqomini qaytarib, Volkswagenni ortda qoldirdi . COVID-19 pandemiyasi tufayli sotuvlar 11,3 foizga kamayganiga qaramay, butun dunyo bo‘ylab shu davrda 9,528 million avtomobil sotilgan.

("Dunyoning 100 buyuk kompaniyasi tarixi" kitobidan)

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
|Comment|
|Muhammad Ali Eshonqulov
315 views09:25
Ochish/sharhlash
2021-12-22 13:24:22
#18LOreal ​Boshlash uchun buyuk bo'lish shart emas, Lekin buyuk bo'lish uchun boshlash kerak! 1909-yilda Ejel Shuler bir xonadonni ijaraga olib, o‘z korxonasiga birinchi ishchilarni yollay boshlagan edi. Biroz vaqtdan so‘ng esa, Shuler shampun ham ishlab…
228 views10:24
Ochish/sharhlash
2021-12-22 13:23:48 #18LOreal

​Boshlash uchun buyuk bo'lish shart emas,
Lekin buyuk bo'lish uchun boshlash kerak!


1909-yilda Ejel Shuler bir xonadonni ijaraga olib, o‘z korxonasiga birinchi ishchilarni yollay boshlagan edi. Biroz vaqtdan so‘ng esa, Shuler shampun ham ishlab chiqarishni ham yo'lga qo'ya boshlaydi. Shampunning shaxsiy brendi ostida sotilishi biznesni rivojlantirishga yordam berishiga ishonch hosil qilgandan keyin, kompaniya boshqa mahsulotlarni ham sotib olib, o‘z brendi ostida savdoga chiqara boshladi. Bugungi kunda L’Oreal nafaqat soch uchun bo‘yoqlar va shampunlar, balki atirlar seriyasini ham ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Lekin barcha parfyumeriya o‘z brendi ostida sotiladi. (Lancome, Ralf Lauren va Giorgio Armani kabi mashhur atirlar.) Shunday qilib, yillar davomida L’Oreal butun dunyo bo‘ylab o‘z mahsulotlarining xilma-xilligini ta’minlab kelmoqda. Kompaniya ko‘p qirrali va keng assortimenti bilan xaridorlarni o‘ziga jalb qilishni davom ettirmoqda. L’Oreal kompaniyasi o‘zining asosiy xususiyati sifatida mahsulotlarining sifatini yaxshi saqlab qolish qobiliyati deb hisoblaydi. Har bir parfyum shishasi yoki bo‘yoq qutisi – L’Oreal yaratadigan go‘zallik va moda olami desak adashmagan bo'lamiz.

("Dunyoning 100 buyuk kompaniyasi tarixi" kitobidan)

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
|Comment|
|Muhammad Ali Eshonqulov|
226 viewsedited  10:23
Ochish/sharhlash
2021-12-21 06:55:07
#17JUST_DO_IT

NIKE kompaniyasi kimlarni sportchi deb e'tirof etadi?

Nike ma’lumotlariga ko‘ra, “agar tanangiz bo‘lsa, siz sportchisiz”. Bu ilhomlantiruvchi element bilan bog‘liq. Nike shiorining ko‘p qismi ilhomlantiruvchi ohangda yozilgan va bu uning talabni oshirish strategiyasining bir qismidir.

Yana bir muhim jihati shundaki, Nike o‘z mahsulotlarini doimiy ravishda yangilab turadigan innovatsion kompaniya sifatida o‘zini namoyon qila oldi.

Ha aytgancha, o'sha mashhur jumla: "JUST DO IT" xuddi shu kompaniyaga tegishli.

("Dunyoning 100 buyuk kompaniyasi tarixi" kitobidan)

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
|Comment|
|Muhammad Ali Eshonqulov|
174 viewsedited  03:55
Ochish/sharhlash
2021-12-20 18:39:38
​#16DANAHER Bu kompaniya haqida eshitganmisiz? Keng jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan kompaniyalardan biri bo‘lgan “Danaher Corporation” biz har kuni ko‘radigan va bevosita kundalik hayotimizga ta’sir o‘tkazadigan mahsulotlarni bizga taqdim etishadi. Kompaniya…
140 views15:39
Ochish/sharhlash
2021-12-20 18:37:07 #16DANAHER

Bu kompaniya haqida eshitganmisiz?


Keng jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan kompaniyalardan biri bo‘lgan “Danaher Corporation” biz har kuni ko‘radigan va bevosita kundalik hayotimizga ta’sir o‘tkazadigan mahsulotlarni bizga taqdim etishadi. Kompaniya gaz nasoslaridan tortib, tish shifokori stullariga, mikroskopdan tortib, suv tozalagichlargacha ishlab chiqaradi.

Danaher korporatsiyasi – bosh qarorgohi Vashingtonda bo‘lgan, butun dunyo bo‘ylab turli yo‘nalishlarda faoliyat olib boradigan Amerika konglomerati hisoblanadi,
shuningdek, professional tibbiy, sanoat va tijorat mahsulotlari va xizmatlarini loyihalashtiradi, ishlab chiqaradi va sotish bilan shug'ullanadi.

Danaherning biznes modeli muvaffaqiyatli bo‘lishiga qaramay, juda oddiy. U asosan ishlab chiqarish kompaniyalarini sotib oladi va boshqaradi. Bu xaridlar bir nechta emas, balki o‘nlab kompaniyalarni tashkil etadi. So‘nggi 30 yil ichida Danaher 400 dan ortiq bizneslarni sotib oldi.

("Dunyoning 100 buyuk kompaniyasi tarixi" kitobidan)

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
|Comment|
|Muhammad Ali Eshonqulov|
396 viewsedited  15:37
Ochish/sharhlash
2021-12-19 14:22:26
#15TENCENT

Kompaniya 2021-yilning 19-fevral sanasida bozor qiymati 916 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunga (oktabr oyiga) kelib, kompaniyaning bozor qiymati 555 milliard dollarga keskin tushib ketdi. Bunga sabab esa, Xitoy hukumati 2021-yilning 29-aprel sanasida Tencent uchun katta miqdordagi jarimani tayyorlab, yirik internet konglomeratiga qarshi antimonopologik siyosat sanskiyasini qo‘lladi. Chunki mamlakatda Internet gigantlariga qarshi keng miqyosli antimonopol choralar davri boshlangan edi. Shuningdek, xuddi shu turdagi sanksiya ilgari Alibabaga nisbatan qo‘llanilgan bo‘lib, Tencent bilan bevosita bog‘liq holat rekord darajada baholandi. Xitoy hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlangan mazkur Internet gigantlarining iqtisodiy va ijtimoiy kuchini cheklashga qilingan harakat natijasida Tencentning bozor qiymati 360 milliard dollarga tushib ketdi.

("Dunyoning 100 buyuk kompaniyasi tarixi" kitobidan)

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
|Comment|
|Muhammad Ali Eshonqulov|
147 viewsedited  11:22
Ochish/sharhlash
2021-12-18 17:26:14
#14PEPSICOLA

Coca-Colaga raqobatchi kompaniya haqida nimalarni bilasiz?

PepsiCo Amerikaning oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalaridan biri bo‘lib, mahsuloti 200 dan ortiq mamlakatlarda mavjud.

Biz bilgan Pepsi-Colaning ixtirochisi Shimoliy Karolinada Kaleb Devis Bredem ismli narkolog bo‘lgan. U 1893-yilda Bredham o‘z do‘konida “Bred ichimligi” ni sotishni boshladi. Ichimlik hazm qilishga yordam beradi deb hisoblab, besh yildan so‘ng Bredham ichimlikning nomini Pepsi-Cola deb o‘zgartirdi.

Pepsi-Cola ichimligining tez fursatda mashhurlikka erishishi natijasida,
1902-yilda Pepsi-Cola kompaniyasi tashkil topdi.

("Dunyoning 100 buyuk kompaniyasi tarixi" kitobidan)

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
|Comment|
|Muhammad Ali Eshonqulov|
126 viewsedited  14:26
Ochish/sharhlash
2021-12-17 12:28:58
#13BOEING

Boeing kompaniyasi faqat samolyot ishlab chiqaradimi?

Boeing kompaniyasi birinchi navbatda samolyot ishlab chiqaruvchi va tijoratchi sifatida tanilgan bo‘lsa-da, yillar davomida kompaniya mebel, korset armatura va hatto kosmik kemalarni ishlab chiqarish kabi biznes sohalariga ham kirib keldi. Lekin uning barcha urinishlari ham muvaffaqiyatli bo‘lgani yo‘q, masalan, 1980-yillarda Boston va San-Fransisko transport tizimlari uchun metro-temir yo‘l biznesi katta muvaffaqiyatsizlikka uchradi, lekin diversifikatsiya tufayli kompaniya yillar davomida omon qoldi. Yillar davomida Boeing o‘z saboqlarini oldi va moslasha olishi va rivojlanishi mumkinligini isbotladi. Kuchli moliyaviy raqamlarga ega bo‘lgan, iste’dodli olimlar, muhandislar va boshqa xodimlar guruhlari bilan bir qatorda, Boeing o‘z tarixining ikkinchi asrini yanada muvaffaqiyatli qilish yo‘lida kurashmoqda.

("Dunyoning 100 buyuk kompaniyasi tarixi" kitobidan)

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:

|Comment|
|Muhammad Ali Eshonqulov|
108 viewsedited  09:28
Ochish/sharhlash