Get Mystery Box with random crypto!

#18TOYOTA ​O'sha mashhur TOYOTA kompaniyasi haqida nimalarni | SEN KITOB O'QIMA?!

#18TOYOTA

O'sha mashhur TOYOTA kompaniyasi haqida nimalarni bilasiz?

Ushbu kompaniya o‘zining yorqin va mashaqqatli tarixiga ega. 1924-yilda Toyoda Sakiichi “Toyoda Model G” deb nomlangan muammo yuzaga kelganda, o‘zini o‘zi to‘xtatadigan avtomatik dastgohini ixtiro qiladi. 1929-yilda ushbu dastgoh patenti ingliz kompaniyasiga sotilishi natijasida avtomobil ishlab chiqarish uchun boshlang‘ich sarmoya kelib tushdi. Avtomatik dastgoh ishlab chiqaruvchi kompaniya zamirida 1933-yilda avtomobil ishlab chiqaruvchi bo‘lim tashkil qilindi va
1935-yildan o‘z avtomobillarini ishlab chiqarishni boshladi. Sakiichi Toyodaning o‘g‘li Kiichiro Toyodaning avtomatik to‘quv dastgohi chiqaruvchi korxonadan
avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyaga asos solishga bo‘lgan qarori tufayli hozirgi Toyota Motors korporatsiyasi vujudga kelgan.

Kompaniya nomini aynan “Toyoda” emas, balki “Toyota” deb tanlanishida talaffuzga oson bo‘lishi, qolaversa, “Toyoda” so‘zining yapon tilida dehqonchilik bilan bog‘liq bo‘lgan “ unumdor guruch maydonlari” ma’nosining oldini olish sababli tanlanlangan.

2020-yilga kelib Toyota dunyodagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi maqomini qaytarib, Volkswagenni ortda qoldirdi . COVID-19 pandemiyasi tufayli sotuvlar 11,3 foizga kamayganiga qaramay, butun dunyo bo‘ylab shu davrda 9,528 million avtomobil sotilgan.

("Dunyoning 100 buyuk kompaniyasi tarixi" kitobidan)

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
|Comment|
|Muhammad Ali Eshonqulov