Get Mystery Box with random crypto!

#15TENCENT Kompaniya 2021-yilning 19-fevral sanasida bozor qi | SEN KITOB O'QIMA?!

#15TENCENT

Kompaniya 2021-yilning 19-fevral sanasida bozor qiymati 916 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunga (oktabr oyiga) kelib, kompaniyaning bozor qiymati 555 milliard dollarga keskin tushib ketdi. Bunga sabab esa, Xitoy hukumati 2021-yilning 29-aprel sanasida Tencent uchun katta miqdordagi jarimani tayyorlab, yirik internet konglomeratiga qarshi antimonopologik siyosat sanskiyasini qo‘lladi. Chunki mamlakatda Internet gigantlariga qarshi keng miqyosli antimonopol choralar davri boshlangan edi. Shuningdek, xuddi shu turdagi sanksiya ilgari Alibabaga nisbatan qo‘llanilgan bo‘lib, Tencent bilan bevosita bog‘liq holat rekord darajada baholandi. Xitoy hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlangan mazkur Internet gigantlarining iqtisodiy va ijtimoiy kuchini cheklashga qilingan harakat natijasida Tencentning bozor qiymati 360 milliard dollarga tushib ketdi.

("Dunyoning 100 buyuk kompaniyasi tarixi" kitobidan)

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
|Comment|
|Muhammad Ali Eshonqulov|