Get Mystery Box with random crypto!

​#16DANAHER Bu kompaniya haqida eshitganmisiz? Keng jamoatch | SEN KITOB O'QIMA?!

#16DANAHER

Bu kompaniya haqida eshitganmisiz?


Keng jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan kompaniyalardan biri bo‘lgan “Danaher Corporation” biz har kuni ko‘radigan va bevosita kundalik hayotimizga ta’sir o‘tkazadigan mahsulotlarni bizga taqdim etishadi. Kompaniya gaz nasoslaridan tortib, tish shifokori stullariga, mikroskopdan tortib, suv tozalagichlargacha ishlab chiqaradi.

Danaher korporatsiyasi – bosh qarorgohi Vashingtonda bo‘lgan, butun dunyo bo‘ylab turli yo‘nalishlarda faoliyat olib boradigan Amerika konglomerati hisoblanadi,
shuningdek, professional tibbiy, sanoat va tijorat mahsulotlari va xizmatlarini loyihalashtiradi, ishlab chiqaradi va sotish bilan shug'ullanadi.

Danaherning biznes modeli muvaffaqiyatli bo‘lishiga qaramay, juda oddiy. U asosan ishlab chiqarish kompaniyalarini sotib oladi va boshqaradi. Bu xaridlar bir nechta emas, balki o‘nlab kompaniyalarni tashkil etadi. So‘nggi 30 yil ichida Danaher 400 dan ortiq bizneslarni sotib oldi.

("Dunyoning 100 buyuk kompaniyasi tarixi" kitobidan)

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
|Comment|
|Muhammad Ali Eshonqulov|