Get Mystery Box with random crypto!

Sanjar Xo‘ja

Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja S
Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja
Kanal manzili: @sanjar_xoja
Toifalar: Bloglar , Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 16.27K
Kanalning ta’rifi

HAYOT- MUSOBAQA MAYDONI EMAS...
Youtube: https://m.youtube.com/channel/UC4QRQxiGGAID-F5DjgvcX9A

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2023-02-23 16:58:37
Bugun 23-fevral. Rossiyada bayram bo‘lyapti. Bu bayramning tarixini bilasizmi?

To‘liq video:





@sanjar_xoja
12.1K views13:58
Ochish/sharhlash
2023-02-23 13:40:36
To‘liq video:





@sanjar_xoja
6.9K views10:40
Ochish/sharhlash
2023-02-22 12:33:11
O‘zbekistonda haydovchilar nega asabiy, bilasizmi?

Mashina boshqarayotganda huddi yalangoyoq tikanzorda yurgandek harakatlanishadi. Chunki, yo‘lda chuqurlar ko‘p. Chuqurga tushsa, mashina rasvo bo‘ladi. Chuqurdan mashinani olib qochsa, yo‘ldagi chiziqni bosib olishi mumkin. Bosib olsa har yerda kamera, otni kallasidek jarima to‘laydi...

Bu video Janubiy Koreyada olingan.
Bir yigit mashinada ketayotgan edi. Asfaltda chuqur bor ekan, unga tushdi. G‘ildiragi zarar ko‘rdi, asabi buzildi.

Keyin yo‘lga mas'ullar ustidan shikoyat qildi. Natijada, haydovchiga ma'naviy zarar uchun 230$, moddiy zarar uchun 306$ miqdorida pul to‘landi.

@sanjar_xoja
1.4K viewsedited  09:33
Ochish/sharhlash
2023-02-21 19:25:53
"Singapur qanday rivojlandi?"
Siz uchun 3-qism e'lon qilindi.

Havola:




@sanjar_xoja
459 views16:25
Ochish/sharhlash
2023-02-20 12:05:20
To‘liq video:





@sanjar_xoja
6.1K views09:05
Ochish/sharhlash
2023-02-20 09:44:44
Bu yil "Mushtum" jurnali 100 yoshga to‘ladi.

Bu jurnalga kim asos soldi?
Abdulla Qodiriy

Abdulla Qodiriyni kim deymiz?
Millatparvar, ma'rifatli qahramon...

U qanday ayblov bilan qamaldi va otildi?
"Xalq dushmani, xoin!"

Nega?
Sabablari juda ko‘p. Bittasini aytaman:

O‘qishni va yozishni bilmaydigan, savodsiz Yo‘ldosh Oxunboboev O‘zbekistonning yuqori mansabiga o‘tqazildi. Rossiya tarafidan unga bu lavozim berildi. Abdulla Qodiriy "Mushtum" jurnalida bu voqeaga atab maqola yozdi.

Maqolaning nomi:
"Eshakka papka berdilar".

Bugun "Oxunboboev bobomiz, millatimiz g‘ururi" degan gapni eshitmaysiz. Abdulla Qodiriyga esa hamma egalik qiladi. Hokimlar ham, Prezident ham.

Xulosani sizga qoldiraman.

@sanjar_xoja
3.0K views06:44
Ochish/sharhlash
2023-02-19 10:50:50
Assalomu alaykum
"Hayotimiz "kenguru"lari" kitobini o‘qidingizmi? Taassurotlaringiz qanday?

O‘qishga ulgurmagan bo‘lsangiz, kitob uchun havola:
https://asaxiy.uz/product/sanzhar-huzha-haetimiz-kengurulari

Qo‘shimcha ma'lumot:
"Asaxiy" jamoasi bugun 3ta kitob olganlarga bitta kitob sovg‘a qilar ekan.

Shuning uchun yana ikkita kitob tavsiya qilaman.

"Farengeyt bo‘yicha 451°
Rey Bredberi.

"Sukut suiqasdi /Stalindan Saddamgacha"
Nurali Qobul

Sizga mutoalaangiz mazmunli o‘tishini tilayman!

"Kitoblar zehnning vitaminidir"
Malkolm Iks

@sanjar_xoja
6.1K views07:50
Ochish/sharhlash
2023-02-18 17:56:38
"Singapur qanday rivojlandi?"
Siz uchun 2-qism e'lon qilindi.

Havola:




@sanjar_xoja
3.8K views14:56
Ochish/sharhlash
2023-02-18 10:36:41
Uch kundir hayolimdan Kubay xola ketmayapti...

Qurilish firmasi hokimiyat bilan kelishadi. Hokimiyat o‘rmon hududida uy qurishga ruxsat beradi. "Biznesmenlar" uy qurishni boshlashi kerak. Odamlar esa qurilishga va daraxtlar kesilishiga qarshi chiqadi. "Biznesmenlar" odamlarni ketqazish uchun askar va politsiyaga murojaat qiladi. Uning talabi qonuniy edi. Chunki hokimiyat sharaqlatib ruxsat bergan...

Askarlar yetib keladi. Odamlar ketmaydi. Shu vaqt odamlar orasidan Kubay xola chiqadi. Va askarlarga qarab deydi:

-Ey, askar yigitlar. Xizmat vaqtida o‘lsangiz, ortingizdan biz yig‘laymiz. U "biznesmen"lar emas, o‘g‘illarim, biz yig‘laymiz...

Bu voqeaga ikki yil bo‘ldi. Turkiyada qurilish "biznesmen"lari juda obro‘li va boy edi. Zilziladan keyin berkingani sichqon inini qidirib yurishibdi.

@sanjar_xoja
5.7K views07:36
Ochish/sharhlash
2023-02-17 18:46:13
To‘liq video:





@sanjar_xoja
4.0K views15:46
Ochish/sharhlash