Get Mystery Box with random crypto!

Uch kundir hayolimdan Kubay xola ketmayapti... Qurilish firm | Sanjar Xo‘ja

Uch kundir hayolimdan Kubay xola ketmayapti...

Qurilish firmasi hokimiyat bilan kelishadi. Hokimiyat o‘rmon hududida uy qurishga ruxsat beradi. "Biznesmenlar" uy qurishni boshlashi kerak. Odamlar esa qurilishga va daraxtlar kesilishiga qarshi chiqadi. "Biznesmenlar" odamlarni ketqazish uchun askar va politsiyaga murojaat qiladi. Uning talabi qonuniy edi. Chunki hokimiyat sharaqlatib ruxsat bergan...

Askarlar yetib keladi. Odamlar ketmaydi. Shu vaqt odamlar orasidan Kubay xola chiqadi. Va askarlarga qarab deydi:

-Ey, askar yigitlar. Xizmat vaqtida o‘lsangiz, ortingizdan biz yig‘laymiz. U "biznesmen"lar emas, o‘g‘illarim, biz yig‘laymiz...

Bu voqeaga ikki yil bo‘ldi. Turkiyada qurilish "biznesmen"lari juda obro‘li va boy edi. Zilziladan keyin berkingani sichqon inini qidirib yurishibdi.

@sanjar_xoja