Get Mystery Box with random crypto!

Bu yil 'Mushtum' jurnali 100 yoshga to‘ladi. Bu jurnalga kim | Sanjar Xo‘ja

Bu yil "Mushtum" jurnali 100 yoshga to‘ladi.

Bu jurnalga kim asos soldi?
Abdulla Qodiriy

Abdulla Qodiriyni kim deymiz?
Millatparvar, ma'rifatli qahramon...

U qanday ayblov bilan qamaldi va otildi?
"Xalq dushmani, xoin!"

Nega?
Sabablari juda ko‘p. Bittasini aytaman:

O‘qishni va yozishni bilmaydigan, savodsiz Yo‘ldosh Oxunboboev O‘zbekistonning yuqori mansabiga o‘tqazildi. Rossiya tarafidan unga bu lavozim berildi. Abdulla Qodiriy "Mushtum" jurnalida bu voqeaga atab maqola yozdi.

Maqolaning nomi:
"Eshakka papka berdilar".

Bugun "Oxunboboev bobomiz, millatimiz g‘ururi" degan gapni eshitmaysiz. Abdulla Qodiriyga esa hamma egalik qiladi. Hokimlar ham, Prezident ham.

Xulosani sizga qoldiraman.

@sanjar_xoja