Get Mystery Box with random crypto!

​Tezis-antitezis-sintez. Bu narsa g'arb davlatlarida ta'lim s | .

​Tezis-antitezis-sintez.

Bu narsa g'arb davlatlarida ta'lim sohasida eng keng qo'llaniladigan usul. Qisqacha bu atamalarga ta'rif berib ketsam:
Tezis-asosiy fikr yoki biror nazariyani bayon qilishda aytilgan har qanday fikr.
Antitezis-tezisga zid bayon qilingan mulohaza.
Sintez esa mana shu qarama-qarshiliklarning yangi bir butun holga kelishi.
Bular haqida ma'lumotga ega bo'lganimda, hayolimga IELTS keldi, har doimgidek.) IELTS da writing va speaking ni bosqichlarida shu usuldan foydalanish kerak, yuqori ball olish uchun. Lekin O'zbekistonda ko'pchilik tezisda qotib qolgan, ma'lumotni antitezis qilish qobiliyatiga ega emas. Shuning uchun bizning yurtda IELTS ning yillik o'rtacha ko'rsatkichi past. Tog'risini aytganda odamlar o'zlariga qarshi bo'lgan fikrni ham ba'zida qabul qila olishmaydi, u qarshi fikr haqida o'ylab ko'rishmaydi. Bu holatda katta ehtimol bilan odamlarning fikrlashishi, dunyoqarashi kengaymaydi. Bizning ta'lim tizimada, test imtihonlarida ham maqsad asosiy fikrni yodlash. Dtm imtihonlaridan o'tish uchun ham minglab formulalar, qoidalarini yodlash kerak. Lekin anu shu qoidalar tahlil qilinmaydi va shularga qarshi aytilgan boshqa fikrlarga duch kelmaydi o'quvchilar. Duch kelib qolsa, miyya qabul qila olmaydi. Enshteyn ham minglab formula yodlamagan, yoki misol masala ishlamagan. Asosiy fikrni tezis-antitezis-sintez orqali tahlil qilgan.
Yunon olimlari bu usuldan mohirona foydalangan, shuning uchun ilm-fanda eng katta iz qoldirgan millatga aylanishgan. Suqrot bir-biriga zid, qarama-qarshi fikrlar to'qnashuvini, haqiqatni bilish san'ati deb bilgan.