Get Mystery Box with random crypto!

​Bugun ona tilini o'rganish haqida gapiraman . Maktabda men m | .

​Bugun ona tilini o'rganish haqida gapiraman .

Maktabda men mensimay o'qigan fan. Oz bo'lsada maktabda o'rganganim menga boshqa tillarni o'rganishda foyda bergan. Arab tili kurslariga borganimda ham, ona tilini yaxshi o'qiganlar tez tushunib olgan mavzularni, lekin qolganlarga tushuntirish uchun ona tili grammatikasini o'rgatishga to'g'ri kelgan. Birinchidan bu til bizning o'zligimiz desak ham bo'ladi. Bunga e'tiborsizlik qilish, o'zligimizni yoqotishlikka olib keladi. Ko'pchilik hozirda arab tilini o'rgangisi keladi, u tilda gaplashgasini, shu tilda suhbatlashadiganlar yurtlarga (Masalan Misr, Saudiya Arabistoni) ga borgisi keladi. Lekin ular o'z tillarini o'rganmasdan turib, boshqa til o'rganishda katta to'siqlarga duch kelishadi. Biz o'zbeklarmiz, o'z tilimizdan boshqa tilni ustun qo'ymasligimiz kerak. "Boshqa tilni o'rganmasligimiz kerak" deb tushunmang. Bir tilni o'rganishdan oldin, o'z tilimizdagi grammatik qoidalarini tushunib olishimiz kerak.
Yozda universtitetga tayyorgarlikda ham ona tilini yaxshiroq o'rganib oldim va bu hozir menga foyda bermoqda, garchi imtihonda yiqilgan bo'lsam ham:( Afsus chekmadim ona tilini o'rganishga ketqazgan vaqtimga, ko'p narsa o'rgandim desam ham bo'ladi. Masalan kanalga lug'aviy xatolarsiz yozishni o'rgandim:).

Hullas xalqim o'sha gap, aytganimni qiling, kam bo'lmaysiz . Aql o'rgatish emas bu, shaxsiy tajribadan kelib chiqgan maslahat.