Get Mystery Box with random crypto!

​Bolalar psixologiyasi. Bu mavzuda ilmim yo'q. Lekin shu bo'y | .

​Bolalar psixologiyasi.

Bu mavzuda ilmim yo'q. Lekin shu bo'yicha kitob o'qishni boshlamoqchiman.

Sizlar ham ko'chada yosh bolachalarni kuzatganmisiz? Men ko'p ko'chada ketayotganimda yoki qayerdadir o'tirganimda endi tili chiqqan bolalarni chettan kuzataman. Ota-onalariga savol berib tinch qo'yishmaydi. Savollari ham o'zgacha bo'ladi ba'zida. Lekin bu vaziyatda bizning ota-onalar nima qiladi? "Bidir-bidir qilma, ko'p gapirma, katta bo'lsang tushunasan" deb farzandlarini koyishadi. Farzandlarga kam vaqt ajratish ham ular tarbiyasiga ta'sir o'tkazadi. Keyinchalik, "nega farzandim tarbiyasiz?" degan savol bo'lsa, albatta ayb o'zlarida bo'ladi. O'z farzandlarini oddiy savollariga javobdan qochgandan keyin natija shu bo'ladi-da. Hamma emas, lekin ko'p ota-onalar farzandlariga e'tiborsiz va buni oqibatida yosh avlod yanada ilmsiz, johil bo'lishi mumkin.

Bizda ota-onalar farzand dunyoga keltirayotganda nima qilishadi? Qanday bu katta ma'suliyatli ishga tayyorgarlik ko'rishadi? Asosiysi ular uchun buvi-buvalar nevarali bo'lib, hursand bo'lishsa, qarindoshlar suyunchisini berib, eng zo'r sarpolar qilishsa bo'ldi, ana o'shanda "orzu havaslari"ga yetishishadi. Lekin u farzandni tarbiya qilish, qanday o'qitish, sog'lom voyaga yetkazish haqidagi ilmlarni sarpoga qo'shib berishmaydi, afsus. Ota-onani o'zida ham bunday tushuncha bo'lmasligi oqibatida, farzandlar taqdiri mavhum bo'lib qoladi.

Sizning bu haqida fikrlaringiz ham qiziq, izohlarga yozib qoldiring.