Get Mystery Box with random crypto!

.

Telegram kanalining logotibi safinadii — . S
Telegram kanalining logotibi safinadii — .
Kanal manzili: @safinadii
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2023-01-25 09:38:09 https://t.me/huzursari
241 views06:38
Ochish/sharhlash
2022-06-12 18:23:48 Barchaga salom. Yaqindagina bilganlar bildi IELTS imtihonidan 6.5 ni qo'lga kirittim (harakat qattiq bo'lmadi ) . IELTS o'rganmasimdan 2yil oldin shunchaki grammatika o'rgangandim va 2yildan keyin shu grammatikamni fundamenti kuchli bo'lgani uchun IELTS ni eplab keta oldim. Bunda shu o'quv markazni hissasi katta
Ingliz tilini boshlamoqchi bo'lganlarga tavsiya qilaman.
https://t.me/DevelopmentEduSpace/54
898 views15:23
Ochish/sharhlash
2022-01-13 10:26:53 Bilasizlarmi nega bu kanalni o'chirmayman? O'chirib yuborsam bo'ladi, lekin men oldingi fikrlashim bilan hozirgisini solishtirib xulosa qilishni xohlayman, keyinchalik ham. Bir kitobdek desa ham bo'ladi bu kanaldagi gaplarimni jamlasa... Yoqib yubormayman. Lekin bu yerdagi gaplarni o'qishni ham xohlamayman ba'zida, shunda ham o'chirishga qo'lim bormaydi.

Inson o'zgaradi... fikrlashi, dunyoqarashi, yo'li, yonidagi insonlari... ba'zilar bizni singan o'yinchoqdek uloqtiradi...

Shu yerdagi gaplarimni hali ham o'qib, o'zimga tashlaydiganlar bor... Hursand bo'laman bundan, o'zimga oldingi o'zim qanaqa bo'lganini eslatishadi)
5.7K viewsedited  07:26
Ochish/sharhlash
2021-11-16 16:15:13 2 yil bolibdiya))
9.3K views13:15
Ochish/sharhlash
2021-10-26 18:04:34 ​Bolalar psixologiyasi.

Bu mavzuda ilmim yo'q. Lekin shu bo'yicha kitob o'qishni boshlamoqchiman.

Sizlar ham ko'chada yosh bolachalarni kuzatganmisiz? Men ko'p ko'chada ketayotganimda yoki qayerdadir o'tirganimda endi tili chiqqan bolalarni chettan kuzataman. Ota-onalariga savol berib tinch qo'yishmaydi. Savollari ham o'zgacha bo'ladi ba'zida. Lekin bu vaziyatda bizning ota-onalar nima qiladi? "Bidir-bidir qilma, ko'p gapirma, katta bo'lsang tushunasan" deb farzandlarini koyishadi. Farzandlarga kam vaqt ajratish ham ular tarbiyasiga ta'sir o'tkazadi. Keyinchalik, "nega farzandim tarbiyasiz?" degan savol bo'lsa, albatta ayb o'zlarida bo'ladi. O'z farzandlarini oddiy savollariga javobdan qochgandan keyin natija shu bo'ladi-da. Hamma emas, lekin ko'p ota-onalar farzandlariga e'tiborsiz va buni oqibatida yosh avlod yanada ilmsiz, johil bo'lishi mumkin.

Bizda ota-onalar farzand dunyoga keltirayotganda nima qilishadi? Qanday bu katta ma'suliyatli ishga tayyorgarlik ko'rishadi? Asosiysi ular uchun buvi-buvalar nevarali bo'lib, hursand bo'lishsa, qarindoshlar suyunchisini berib, eng zo'r sarpolar qilishsa bo'ldi, ana o'shanda "orzu havaslari"ga yetishishadi. Lekin u farzandni tarbiya qilish, qanday o'qitish, sog'lom voyaga yetkazish haqidagi ilmlarni sarpoga qo'shib berishmaydi, afsus. Ota-onani o'zida ham bunday tushuncha bo'lmasligi oqibatida, farzandlar taqdiri mavhum bo'lib qoladi.

Sizning bu haqida fikrlaringiz ham qiziq, izohlarga yozib qoldiring.
10.9K views15:04
Ochish/sharhlash
2021-10-19 18:52:12 ​Tezis-antitezis-sintez.

Bu narsa g'arb davlatlarida ta'lim sohasida eng keng qo'llaniladigan usul. Qisqacha bu atamalarga ta'rif berib ketsam:
Tezis-asosiy fikr yoki biror nazariyani bayon qilishda aytilgan har qanday fikr.
Antitezis-tezisga zid bayon qilingan mulohaza.
Sintez esa mana shu qarama-qarshiliklarning yangi bir butun holga kelishi.
Bular haqida ma'lumotga ega bo'lganimda, hayolimga IELTS keldi, har doimgidek.) IELTS da writing va speaking ni bosqichlarida shu usuldan foydalanish kerak, yuqori ball olish uchun. Lekin O'zbekistonda ko'pchilik tezisda qotib qolgan, ma'lumotni antitezis qilish qobiliyatiga ega emas. Shuning uchun bizning yurtda IELTS ning yillik o'rtacha ko'rsatkichi past. Tog'risini aytganda odamlar o'zlariga qarshi bo'lgan fikrni ham ba'zida qabul qila olishmaydi, u qarshi fikr haqida o'ylab ko'rishmaydi. Bu holatda katta ehtimol bilan odamlarning fikrlashishi, dunyoqarashi kengaymaydi. Bizning ta'lim tizimada, test imtihonlarida ham maqsad asosiy fikrni yodlash. Dtm imtihonlaridan o'tish uchun ham minglab formulalar, qoidalarini yodlash kerak. Lekin anu shu qoidalar tahlil qilinmaydi va shularga qarshi aytilgan boshqa fikrlarga duch kelmaydi o'quvchilar. Duch kelib qolsa, miyya qabul qila olmaydi. Enshteyn ham minglab formula yodlamagan, yoki misol masala ishlamagan. Asosiy fikrni tezis-antitezis-sintez orqali tahlil qilgan.
Yunon olimlari bu usuldan mohirona foydalangan, shuning uchun ilm-fanda eng katta iz qoldirgan millatga aylanishgan. Suqrot bir-biriga zid, qarama-qarshi fikrlar to'qnashuvini, haqiqatni bilish san'ati deb bilgan.
8.6K views15:52
Ochish/sharhlash
2021-10-18 15:16:49 ​Bugun ona tilini o'rganish haqida gapiraman .

Maktabda men mensimay o'qigan fan. Oz bo'lsada maktabda o'rganganim menga boshqa tillarni o'rganishda foyda bergan. Arab tili kurslariga borganimda ham, ona tilini yaxshi o'qiganlar tez tushunib olgan mavzularni, lekin qolganlarga tushuntirish uchun ona tili grammatikasini o'rgatishga to'g'ri kelgan. Birinchidan bu til bizning o'zligimiz desak ham bo'ladi. Bunga e'tiborsizlik qilish, o'zligimizni yoqotishlikka olib keladi. Ko'pchilik hozirda arab tilini o'rgangisi keladi, u tilda gaplashgasini, shu tilda suhbatlashadiganlar yurtlarga (Masalan Misr, Saudiya Arabistoni) ga borgisi keladi. Lekin ular o'z tillarini o'rganmasdan turib, boshqa til o'rganishda katta to'siqlarga duch kelishadi. Biz o'zbeklarmiz, o'z tilimizdan boshqa tilni ustun qo'ymasligimiz kerak. "Boshqa tilni o'rganmasligimiz kerak" deb tushunmang. Bir tilni o'rganishdan oldin, o'z tilimizdagi grammatik qoidalarini tushunib olishimiz kerak.
Yozda universtitetga tayyorgarlikda ham ona tilini yaxshiroq o'rganib oldim va bu hozir menga foyda bermoqda, garchi imtihonda yiqilgan bo'lsam ham:( Afsus chekmadim ona tilini o'rganishga ketqazgan vaqtimga, ko'p narsa o'rgandim desam ham bo'ladi. Masalan kanalga lug'aviy xatolarsiz yozishni o'rgandim:).

Hullas xalqim o'sha gap, aytganimni qiling, kam bo'lmaysiz . Aql o'rgatish emas bu, shaxsiy tajribadan kelib chiqgan maslahat.
6.0K views12:16
Ochish/sharhlash
2021-10-12 11:37:14 Qo'shilmaganlar men shu yerdaman
https://t.me/the_kami
6.2K viewsedited  08:37
Ochish/sharhlash
2021-10-07 10:24:33 Nmega ko'chada odamlar hafa yuradi? Chetda yashab kelganlardan doim bir gapni eshitaman "nme odamlar hafa?" Ahamiyat bersangiz ko'chada 98% odam negativ kayfiyatta " ". Kulib kuydirgan kallaga oxshab yurish kerak emas albatta, biroz jilmayib,pozitiv bolib yurishga hech narsa yetmaydi. Ish, oqishlarga ham tasir qiladi.
Hullas butun xalqi bir katta tashvishi borday. Mayli kechki payt charchaganni hisobga omasak, bizda ertalabdan kechgacha ho'mrayib, hafa bop yuradiganlar kop. Shular orasida kulsangiz, zulmatda nurday bop turas .
Hullas xalqim, kulib yuring, sog'liqqa ham ishlarga ham tasir qiladi bu
7.1K viewsedited  07:24
Ochish/sharhlash
2021-09-20 17:34:36
Hijobimiz maqsadlarimizga erishishga to'sqinlik qilmaydi
9.5K views14:34
Ochish/sharhlash