Get Mystery Box with random crypto!

Jaloliddin Rumiy 🍃

Telegram kanalining logotibi rumiy_jaloliddin — Jaloliddin Rumiy 🍃 J
Telegram kanalining logotibi rumiy_jaloliddin — Jaloliddin Rumiy 🍃
Kanal manzili: @rumiy_jaloliddin
Toifalar: Iltimoslar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 21.61K
Kanalning ta’rifi

Ishqqa tashnalar maskani...
💰Reklama: @Tijoriy_taklif1
Aloqa: @Otanazarov_Bobomurod
15-aprel 2020.

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-05-12 03:25:45
TAVBASIGA TAYANDI

Bir sodda kishi eshak sotib olmoqchi boʻlib bozorga borayotgan ekan, yoʻlda birov uchrab:
- Yoʻl boʻlsin? - deb soʻrabdi.
- Eshak sotib olmoqchi boʻlib bozorga boryapman, - deb javob beribdi u.
- Inshaalloh, degin! - debdi haligi odam.
- Eshak bozorda, pul choʻntagimda turibdi-yu, nega inshaalloh, derkanman? - debdi sodda odam.
Haridor bozorga borishi bilan pulni kissavurga oldirib qoʻyibdi va umidsizlanib uyiga qaytib kelayotganda yana oʻsha odamga duch kelibdi. Haligi kishi:
- Qayerdan kelyapsan? - desa, u:
- Inshaalloh, bozordan kelyapman, inshaalloh, pulimni oʻgʻirlatdim, inshaalloh, eshak ololmay quppa-quruq qaytib kelyapman! - debdi.

“Sharq hikoyat va rivoyatlari” kitobidan.

@Rumiy_Jaloliddin
5.1K viewsedited  00:25
Ochish/sharhlash
2024-05-11 07:26:17
Qo‘rqma!
Yolg‘iz qolishdan hech qo‘rqma.
Ba’zi birovlarni yo‘qotishdan aslo cho‘chima.
Ba’zanda YO‘Q deyishlikni va voz kechishni ham bilishliging kerak.
Bilmasang agar, ular sendan voz kecharlar...


@Rumiy_Jaloliddin
5.2K views04:26
Ochish/sharhlash
2024-05-10 02:25:33
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!

Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !


@Rumiy_Jaloliddin
6.9K views23:25
Ochish/sharhlash
2024-05-09 14:21:17
Nima narsaga taslim bo‘lsang, tasallini ham ana o‘shandan topasan.
Taslimiyat esa, yolg‘izgina Allohgadir.
Allohga taslim bo‘lgin ki, tasallini ham undan topasan.

Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin
5.8K views11:21
Ochish/sharhlash
2024-05-08 06:19:28
- Nima qilsam ekan-a?

-"Kim Allohga taqvo qilsa U Zot uning yo'lini ochib qo'yur" (65:2)

- Amalga osharmikin?!...

-"Bu esa Allohga qiyin emas" (14:20)

- Lekin qo'rqyapman...

-"Bas Robbing hukmiga sabr qil. Albatta, sen ko'z o'ngimizdasan" (52:48)

"Men ishimni Allohni O'ziga topshirdim" (40:44)

@Rumiy_Jaloliddin
6.7K views03:19
Ochish/sharhlash
2024-05-07 03:20:44
– Pokizalar, kimlarniki?
– Pokizalarniki!
Bu haqiqat:
– Go‘zal, go‘zallikni sevadi, go‘zallikni istaydi. Shuni bilgin ki, go‘zal go‘zalni jazb etadi (tortadi).
"Pokizalar, pokizalar uchundir" oyatini o‘qi!
Dunyoda har bir narsa, boshqa bir narsani jazb etadi. Issiq issiqni tortadi, sovuq sovuqni. Asli bo‘lmaganlar, asli bo‘lmaganlarni tortmoqda. Qolganlar ham, qolganlari bilan sarxush bo‘lmoqda.
Jahannam ahli bo‘lganlar, jahannam ahli bo‘lganlarni jazb etadi. Nurga mansub bo‘lganlar, faqatgina nurga mansub bo‘lganlarni istaydi. Ko‘zingni yumdingmi, joning sug‘urib olinayotgandek bir alamga, bir iztirobga tushasan. Ko‘zingni, kunduzning nuridan ayrilishga toqati yo‘q!


Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin
7.5K views00:20
Ochish/sharhlash
2024-05-06 00:45:28
Ko‘p xafa bo‘lma!
Shuni yaxshi bilki, qancha yig‘lasang shuncha kulasan...
Hamma narsani tugadi deb ham o‘ylama!
Qancha sevsang shuncha sevilasan...


Mavlono Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin
8.0K views21:45
Ochish/sharhlash
2024-05-04 13:29:31
Jannat ...

: Senga jannat haqida aytib beraymi ?
: Ha qanday bo’ladi jannat?
: Jannatda barcha mo’minlar g’amsiz, og’riqsiz, siqilishlarsiz, Allohga bo’lgan go’zal muhabbat bilan yashashadi
: Ha keyinchi
: Uyerda tagimizdan anhorlar oqgan holda, qushlar sayrab, havodan mushkambbar hidi taralgan holda payg’ambarimiz bilan suhbatlashib o’tiramiz
: Jannatga kirsak sizni men qanday topib olaman ?
: Agar sen Allohni aytganini qilib, menga itoat qiladigan bo’lsang, Jannatda o’zim seni topib olaman soliham
: Jannatda menga o’xshagan hurlar beriladi sizga, ular mendan chiroyli bo’ladimi shunda aaa?
: Yo’q soliham, bir eshikni ochsam bir hur o’tiradi, u ichkarida mendan go’zali o’tiribdi deydi.
: Ha keyinchi, keyin
: U ham mendan go’zali ichkarida o’tiribdi deydi.
: U kim bo’ladi jannat hurumi u ?
: Yo’q u dunyoyimni go’zal qilgan, men uchun umrini bag’ishlagan, hurlarni huri sen bo’lasan soliham In Shaa Allah

@Rumiy_Jaloliddin
10.6K views10:29
Ochish/sharhlash
2024-05-02 03:28:26
Boshingga kelayotgan aziyatlar ortib bormoqda, shunday emasmi?!
Bug‘doyni boshoq bo‘lsin deya, tuproqga otdilar.
Un bo‘lsin deya, tegirmonda yanchdilar.
Non bo‘lganda esa, tishlari bilan ezdilar...
Ezilgin-ki jon bo‘lasan, jon baxsh etasan...


Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin
10.0K views00:28
Ochish/sharhlash
2024-05-01 09:28:03
Toat-ibodat qilib, "Qabul bo‘lmay qolarmikan", degan xavotirda yurish baxtlilik belgisi. Gunoh-u, ma’siyatdan to‘xtamay, qutulib qolishdan umidvor bo‘lish esa baxtsizlik nishonasidir.

Abu Usmon Hiyriy rahimahulloh

@Rumiy_Jaloliddin
9.6K views06:28
Ochish/sharhlash