Get Mystery Box with random crypto!

TAVBASIGA TAYANDI Bir sodda kishi eshak sotib olmoqchi boʻlib | Jaloliddin Rumiy 🍃

TAVBASIGA TAYANDI

Bir sodda kishi eshak sotib olmoqchi boʻlib bozorga borayotgan ekan, yoʻlda birov uchrab:
- Yoʻl boʻlsin? - deb soʻrabdi.
- Eshak sotib olmoqchi boʻlib bozorga boryapman, - deb javob beribdi u.
- Inshaalloh, degin! - debdi haligi odam.
- Eshak bozorda, pul choʻntagimda turibdi-yu, nega inshaalloh, derkanman? - debdi sodda odam.
Haridor bozorga borishi bilan pulni kissavurga oldirib qoʻyibdi va umidsizlanib uyiga qaytib kelayotganda yana oʻsha odamga duch kelibdi. Haligi kishi:
- Qayerdan kelyapsan? - desa, u:
- Inshaalloh, bozordan kelyapman, inshaalloh, pulimni oʻgʻirlatdim, inshaalloh, eshak ololmay quppa-quruq qaytib kelyapman! - debdi.

“Sharq hikoyat va rivoyatlari” kitobidan.

@Rumiy_Jaloliddin