Get Mystery Box with random crypto!

Jaloliddin Rumiy 🍃

Telegram kanalining logotibi rumiy_jaloliddin — Jaloliddin Rumiy 🍃 J
Telegram kanalining logotibi rumiy_jaloliddin — Jaloliddin Rumiy 🍃
Kanal manzili: @rumiy_jaloliddin
Toifalar: Iltimoslar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.98K
Kanalning ta’rifi

Ishqqa tashnalar maskani...
💰Reklama: @Tijoriy_taklif1
Aloqa: @Otanazarov_Bobomurod
15-aprel 2020.

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-04-27 07:23:44


Ranjima, jon qardoshim!
Har bir jarohatingdan xabardordir Yaratgan...

— Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin
5.5K views04:23
Ochish/sharhlash
2023-04-26 09:55:12 ​Hayotdan zavqlan!

Bu sening hayoting. Agar senga nimadir yoqmasa uni oʻzgartir.  Agar qilayotgan ishing yoqmasa uni qilma. Agar senga vaqt yetmayotgan boʻlsa televizor oldida vaqtingni koʻp sarflama.

Hayotda sevgi qidirayotgan boʻlsang, toʻxta. Sevimli mashgʻuloting bilan shugʻullanganingda u seni oʻzi topadi.  Analiz qilishni toʻxtat. Hayot analiz qilish uchun berilmagan. Buni tushun!

Sayohat qil! Balki yoʻqotgan joyda oʻzingni toparsan. Koʻp imkoniyatlar bir marta beriladi. Ularni ushlab qol. Hayot - bu sening yoʻlingda uchraydigan odamlar va ular bilan barpo qiladiganlaringdir.

Shunday ekan, barpo qilishni boshla. Hayot shiddat bilan oʻtib ketadi. Juda tez! Ayni vaqtda boshla. Tabassum qil, zero tabassum sadaqadir. Olloh sadaqa berguvchini sevadi.

Yaqin insonlaringizga birinchilaridan bo
lib tarqating

Barchangizdan Alloh rozi bolsin

@Rumiy_Jaloliddin
3.1K views06:55
Ochish/sharhlash
2023-04-25 09:03:04
Koʻp gapirma... Kamroq soʻylaki, ishimiz oldinga siljisin. Oz soʻylaki, Haqqa qarshi yanglish kalom chiqmasin... Sukut koʻnglim. Bir alif miqdoricha sukut...
Bahorga oz qoldi.
Chida koʻnglim. Dengizdagi koʻrinmas toʻlqinlarga oʻxshaydi qalbing, bilaman. Kutishdan boshqa choramiz boʻlganida, seni toʻxtatmasdim, ishon menga. Lekin boshqa choramiz yoʻq... Unutmaki, dori ham kuttirib taʼsir qiladi, hatto gul ham vaqtidan avval ochilmaydi.
Sukut koʻnglim... Bu qish bahorga doʻnguncha. Bu kecha kunduzga aylangunicha.
Uzoq yoʻllar yaqinlashgunicha... Bu tashvishning ortidan farogʻat kelgunicha. Va yuzimiz diydor yoshlari bilan namlangunicha...
Sukut koʻnglim... Seni sendan ham yaxshi bilgan Robbingning hukmi voqeʼ boʻlgunga qadar. Sening nasibing senga kelguni qadar...
Erishmaganlaring sening nasibing emasligini bilganing qadar sukut qil...


Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin
4.5K views06:03
Ochish/sharhlash
2023-04-24 19:13:36 Siz kutgan hikoya

Solih va soliha juft istaganlar uchun, Barchaga inshaa Allah
Utrujjaga uhshaganlari nasib qilsin..

"Solih yigit taqdiri
"


ABDULHAFIZ

@Rumiy_Jaloliddin
4.8K views16:13
Ochish/sharhlash
2023-04-24 10:01:18
Ishq hech kimga niyozi va ehtiyoji bolmagan Allohning sifatlaridandir.
Undan o'zgasiga oshiq bo'lish o'tkinchi bir havasdir.

– Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin
1.6K views07:01
Ochish/sharhlash
2023-04-24 03:36:06
#Xayrli_tong

Assalomu alaykum, Dushanba tongi muborak boʻlsin.

Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli boʻlsin!

@Rumiy_Jaloliddin
3.6K views00:36
Ochish/sharhlash
2023-04-23 19:00:14
Har kim o'zini do'stdek tuta oladi.
Lekin tegirmonning charxpalagi teskari aylanib qolganida, boshingizga bir balo kelganida bitta - ikkitasi yo qoladi, yo qolmaydi.

– Abdukarim Mirzayev


@Rumiy_Jaloliddin
3.6K views16:00
Ochish/sharhlash
2023-04-23 10:52:01 Ey suyukli ! Hurjuning qayg'uga to'lib, nafas ololmayotgan bo'lsang, kel ! Huzur oladigan sohillarim seniki.Umidlaring so'lib, qurib suv topa olmasang, birga sug'oramiz – ko'z yoshlarim seniki. Qanoting sinib, ko'kka ucha olmasang, ol – qanotlarim seniki.
Chorasiz azoblaringga biror malham topa olmasang, o'zim uchun qilgan duolarim seniki.

– Mavlono Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin
4.2K views07:52
Ochish/sharhlash
2023-04-22 20:08:16 Tuproqqa yiqilsang, yangidan gul bo'lib bosh ko'tarishingni kut.
O'tmishda necha bor tuproq bo'lganingni emas, necha bor gul bo'lib unganingni xotirla.


– Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin
2.6K views17:08
Ochish/sharhlash
2023-04-22 07:06:56 Mavlonodan " Boqish bilan ko'rish, oshiq bo'lish bilan sevish orasidagi farq nima? ‐ deb so'rabdilar.
Shunda u zot javob beribdi: "Sen boqqan narsaga hamma boqadi, biroq ko'rganingni hamma ham ilg'ay oladimi?
Barcha o'zicha oshiq bo'ladi, ammo sen kabi seva oladimi? Oralaridagi yagona farq sensan. Seni o'zgalardan farqlab turuvchi narsa ko'ra olishingni va seva olishingni bilishidir".
Sen yagonasan, yagonaliging sevgini hammadan ham yuksak his etishingdir.
Sevganingni bilish va hamma ham ko'ra olmagan go'zalliklarni ko'ra olishingdir.

– Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin
2.3K views04:06
Ochish/sharhlash