Get Mystery Box with random crypto!

Jaloliddin Rumiy 🍃

Telegram kanalining logotibi rumiy_jaloliddin — Jaloliddin Rumiy 🍃 J
Telegram kanalining logotibi rumiy_jaloliddin — Jaloliddin Rumiy 🍃
Kanal manzili: @rumiy_jaloliddin
Toifalar: Iltimoslar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.98K
Kanalning ta’rifi

Ishqqa tashnalar maskani...
💰Reklama: @Tijoriy_taklif1
Aloqa: @Otanazarov_Bobomurod
15-aprel 2020.

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 105

2021-02-11 09:30:11
HAMMA MOLINI SADAQA QILDI

Ocharchilik payti. Madinai Munavvaraga hazrati Usmonga tegishli oziq-ovqat karvoni yetib keldi. Bozor chaqqonligidan xabardor savdogarlar ertalabdan karvonni oʻrab olishdi. Kimoshdi savdosi boshlandi. Bir savdogar bir narxni aytdi. Mol egasi hazrati Usmon: “Menga bu narxdan yuqori narx vaʼda qilingan”, dedilar. Savdogarlar birin-ketin oʻz imkonlari yetadigan narxlarni aytib chiqishdi. Hammasiga ham hazrati Usmon roziyallohu anhu: “Menga bu narxdan yuqori narx vaʼda qilingan”, deyaverdilar. Oxiri savdogarlar: “Madinada bizdan boshqa savdogar qolmadi, kim senga bunday yuqori narx vaʼda qildi, axir?” deb soʻrashdi. Shunda hazrati Usmon: “Alloh taolo: ”Kim ochlarga taom bersa, oʻn barobar qilib savob beraman“, degan. Hamma molim Madina fuqaro va miskinlariga sadaqa boʻlsin”, dedilar.

“Koʻhna dunyo rivoyatlari” kitobidan.

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
18.8K views06:30
Ochish/sharhlash
2021-02-11 07:41:00
Juda ta'sirli, qisqa film ekan.
Ko‘rishni tavsiya qilgan bo‘lardim.

"AzonTV" ijodkorlariga tashakkur...


@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
19.9K views04:41
Ochish/sharhlash
2021-02-10 19:30:06
BAXTLI YASHASH SIRI

Arab donishmandlaridan biri shunday degan ekan:

• Oila aʼzolaringga nisbatan qahr va muloyimlik oʻrtasida muomala qilib yashagin!

• Odamlar bilan goh ularga aralashib, gohida ulardan uzlatga chekinib yashagin!

• Birodarlaring bilan jiddiylik va hazil orasida yashagin!

• Shogirdlaring bilan viqor va oddiylik orasida yashagin!

• Farzandlaring bilan qattiqqoʻllik va mehribonlik orasida yashagin!

• Solih hokimlar bilan ular huzuriga qatnash va ulardan uzoq boʻlish orasida yashagin!

• Qorning borasida toʻyish va ochlik orasida muomala qilib yashagin!

• Jisming bilan charchatish va dam oldirish orasida yashagin!

• Oʻz nafsing bilan bermaslik va berish orasida yashagin!

• Robbing bilan qoʻrquv va umid orasida yashagin! Shunda sen baxtli yashaysan!

“Koʻhna dunyo rivoyatlari” kitobidan.

@Rumiy_Jaloliddin
20.5K views16:30
Ochish/sharhlash
2021-02-10 18:57:21
Bilgil-ki, duosiz qalblar muzlaydi.
Senga bir duo qiladiganing va sening ham duo qiladiganing boʻlsin!
Seni qorongʻu yoʻllaringni oydinlatgan, umid eshiklarini ochgan qaysi bir koʻngli siniq kishining duosi ekanligini bilmaysan. Seni bunchalik oyoqda tik tutgan qaysi bir kishiga qilgan duoying, bilmaysan!


Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
17.5K views15:57
Ochish/sharhlash
2021-02-10 15:43:56
Taqdirimni men tanlamadim. Uni menga Robbim inʼom etdi. Yaxshiman desam yolgʻon boʻladi. Yomon desam eʼtiqodimga toʻgʻri kelmaydi. Eng yaxshisi shukr aytaman. Alhamdulilloh. Shunda qalbim taskin topadi. Duoim aniq, eshituvchi ham aniq, qolgani taqdiri ilohiy!

Mavlono Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
20.3K viewsedited  12:43
Ochish/sharhlash
2021-02-10 04:00:06
Bir-birini tushunish – bir xil tilda soʻzlashish emas. Bir-birini tushunish – bir xil tuygʻuni his etishdir.

Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
20.9K views01:00
Ochish/sharhlash
2021-02-09 19:30:00 Faqirlik

Ibrohim Adham rohimahullohning faqirligi shu qadar oshkor va koʻzga koʻrinarli holda ediki, koʻrgan odam achinib qarardi.
Bir kuni puli koʻp bir odam Ibrohim Adhamga yordam bermoqchi ekanligini izhor qildi. Ibrohim Adham esa:
– Haqiqatan ham boy boʻlsang, yordamingni qabul qilaman, – dedi.
Haligi odam esa haqiqatan ham boy ekanini, hech narsaga ehtiyoji yoʻqligini, aytdi. Ulugʻ valiy soʻradi:
– Qancha puling bor?
– Uch ming oltinim bor.
– Toʻrt mingga yetishini istaysanmi?
– Albatta istayman.
– Besh ming boʻlishini-chi?
– Istayman.
– Oʻn ming oltining boʻlsa juda sevingan boʻlarding, shundaymi?
– Shubhasiz, mamnun boʻlaman.
– Boy ekaningni aytyapsan, biroq sening koʻzing och. Agar senda oʻn ming emas yuz ming oltin boʻlsa ham qanoat qilmay, undan ortigʻini soʻraysan. Qanoati boʻlmagan inson boy hisoblanmaydi. Haqiqatan boy boʻlganingda edi yordamingni qabul qilgan boʻlardim, – deya Ibrohim Adham oʻz holida bardavom boʻldi.


Turk tilidan Goʻzal Mirzayeva tarjimasi

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
21.9K views16:30
Ochish/sharhlash
2021-02-09 16:35:42
Allohim har kimni, barchamizni yarim yo‘lda tashlab ketmaydigan, shubha qilmaydigan, bir kuni uchun emas umri uchun istaydigan insonlar bilan uchrashtirsin! Hammamizni, barchamizni inshaalloh, inshaalloh!
Omon bo‘ling!

Kechingiz xayrli boʻlsin!


@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
18.8K views13:35
Ochish/sharhlash
2021-02-09 09:26:08 XUSHOMADGOʻY TOVUQ

Mushuk issiqda erkalanib tanasini oftobga toblab yotgan edi, ming mashaqqat bilan tovuq uning yoniga yurib keldi. Tovuqning ochlikdan madori qurigan, patlari toʻkila boshlagan edi.
– Hoy, tovuq! – dedi undan hol soʻrab mushuk. – Bu ahvoling nimasi? Eting ketib, pating qolibdi, deyin desam, pating ham toʻkilib, tamom boʻlibdi-ku! Nima sababdan sen bunchalar ozib-toʻziding?
– Bilasan, men bir kosibning arzandasi edim, – deb gap boshladi tovuq zorlanib. – Egamga har kuni bittadan tuxum tugʻib berar edim. Bundan kosib rozi edi, mehnatimni qadrlardi. Bir hovuch donni mehnatimga ragʻbat tarzida ulashardi. Men mehnatni juft qilsam, ragʻbati ham toq qolmas, deb oʻylab qoldim. Keyinchalik, yaxshi yetilmagan boʻlsayam, kuchanib-chiranib kuniga ikkitadan tuxum tugʻa boshladim. Bu amalim kasriga koʻrib turganingdek, ham sillam quridi, xam kasal boʻpti, deb, egam uyidan quvib soldi!

Umidjon Ergashev "Ishonch"

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
20.6K views06:26
Ochish/sharhlash
2021-02-09 00:31:06
Navoiyning haqiqatda buyuk shoirligiga shubha bilan qaraganlar uning ijodiga tegishli mazkur misralarni chapdan oʻngga, xohlasa tepadan pastga qarata oʻqib koʻrsin.

Agar Navoiy hayot bo‘lganda bugun 580 yoshda bo‘lardi...


@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
27.3K views21:31
Ochish/sharhlash