Get Mystery Box with random crypto!

Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

Telegram kanalining logotibi rumiy_aforizmlariuz — Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚
Kanaldagi mavzular:
Писхалогик
Ибрат
Kanal manzili: @rumiy_aforizmlariuz
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 61.03K
Kanalning ta’rifi

Jaloliddin Rumiy muhlisi tomonidan ochilgan ilmiy-ma'rifiy blog 📚
🗓 02-avgust 2020
Reklama uchun : https://t.me/rek_info/1353
Admin: https://t.me/Talabalar_Admini
Bizni Instagramda ham kuzatib boring⤵️
instagram.com/Rumiy_Aforizmlari

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2024-05-30 06:59:58 Sizga albatta o‘qishingiz uchun tavsiya qilinadigan kitoblar ro‘yxati

1. Saodat asri
2. Saodat asri 2
3. Saodat asri 3
4. Saodat asri 4 - 1000 bet
5. O'lsang kim yig'laydi - 160 bet
6. Nur borki soya bor - 256 bet
7. Kafansiz ko'milganlar - 192 bet
8. Payg‘ambarlar tarixi - 680 bet
9. Baqirmaydigan onalar - 240 bet
10. Olim odam va olam - 224 bet
11. Imomning maniken qizi - 172 bet
12. O'qing faqat yig'lamang - 34 bet
13. O'qing faqat yig'lamang
14. Molxona - 200 bet
15. Alkimyogar - 116 bet
16. Iblis va senyorita Prim - 300 bet
17. Tentakning tajribasi - 248 bet
18. Uchgacha ayni vaqti - 256 bet
19. Alvido vatan - 114 bet
20. Ilm olish sirlari - 210
21. Alvido - 218
22. Sherlok Holms - 293
23. Yo'qolgan dunyo - 360 bet
24. Sherlok Holms 2 qism - 210 bet
25. Boy ota, kambag'al ota - 208 bet
26. Alif - 306
27. Oq nilufarlar yurtida - 188 bet
28. Liderlar kitobi - 340 bet
29. Yulduzlar aybdor - 222 bet
30. Qizlar tarbiyasi - 210 bet
31. Vavilonlik eng boy odam - 138
32. Qaytganimda uyda bo‘l - 216 bet
33. Zukkolar va landavurlar - 238
34. Ba'zilar olisdan sevarlar - 206 bet
35. Iskanja - 222
36. Daftar hoshiyasidagi bitiklar - 218 bet
37. Savdogarlar ustozi - 156 bet
38. O'gay ona - 172 bet
39. So‘ngi to‘fon - 360 bet
40. Qaynona - 106 bet
41. Dunyoning ishlari - 174 bet
42. G'arbiy frontda hech gap yo'q - 238 bet
43. Xalqa - 380 bet
44. Rework - 174 bet
45. Million dollarlik xatolar - 300 bet
46. Burgut changalida - 335 bet
47. Buzrukning ko'zi - 350 bet
48. Raqamli qal'a - 306
49. Abu Bakr Siddiq - 317 bet
50. Choliqushi - 208 bet
51. Ta'sir psixologiyasi
52. Temur tuzuklari - 110
53. Asl otalar kitobi - 120 bet
54. Olim yetishtirgan onalar - 118 bet
55. Bu ummatning qizi - 210 bet
56. To'siqlarga qaramay sevdik - 120 bet
57. Abdulhamidxon - 110 bet
58. O'tgan kunlar - 210 bet.



P.S. Bu kitoblarning pdf (elektron) shaklini @megabooksbot dan topsangiz bo‘ladi

https://t.me/Rumiy_AforizmlariUz

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
9.4K views𝚁𝚒𝚌𝚑 𝙻𝚒𝚘𝚗, 03:59
Ochish/sharhlash
2024-05-29 19:02:36 Onammi?! Namozimmi?!

Banu Isroilda Jurayj ismli avliyo odam bo‘lgan ekan. Ibodatda mustahkam, juda parhezkor inson edi. Paxsa devorli ibodatxona qurib o‘sha yerda o‘z ibodatlarini qilar ekan. Avvallari tojir bo‘lgan deyiladi tafsir kitoblarda, lekin keyinchalik tijoratni tashlab, ibodatga o‘tiradi. Onasiga ko‘p xizmat qilgan, onasining roziligini olgan kishi edi. Bir kuni onasi kelib o‘g‘lini tashqaridan chaqirdi. Ibodatxonani ichida o‘g‘il namoz o‘qirdi. Nafl namozini ado etardi. Namozda o‘yladiki:

– Yo Rabbiy, onammi namozimmi?

U o‘zicha qaror berdiki, namozim dedi. Onasiga javob bermay namozini o‘qiyverdi. Ona har safar chaqirganda uch marta chaqirardi, javob bo‘lmasa qaytib ketardi. Ya’ni bir kunda uch marta chaqirardi. Uch marotaba kelganida ham Jurayj namoz vaqtida bo‘lardi. Har safar:

—Ey Robbim, onammi namozimmi? – derdi va namoziga to‘xtalardi.

Jurayj ana shunday ixtiyor qilgan odam edi. Aslini olganda onasining roziligini olgan, lekin namozda onaga ham javob berib bo‘lmaydi deb o‘ylardi. Holbuki, nafl namozini tezlatib turib ona tugul boshqalarga ham javob bersa bo‘ladi. Ammo Jurayj onaga javob bermadi. Uchinchi kun uchinchi marta ham Jurayjning onasi o‘g‘lini chaqirdi, yana javob bo‘lmagach ona duo qildi:

– Alloh seni buzuq ayollarning tuhmatiga uchratmasdan o‘ldirmasin, – dedi va ketdi.

Albatta Jurayjning obro‘si baland edi, uni ko‘ra olmaydiganlar ham yo‘q emas edi. Dushmanlarining davrasida qanday qilsak Jurayjni sharmanda qila olamiz degan maslahatlar tez-tez bo‘lib turardi. Bir kuni chiroyli, ammo yengiltak bir ayol:

– Men uni yo‘ldan uraman, – dedi hamda garov o‘ynadi.

Jurayjning oldiga borib uni o‘ziga qaratmoqchi bo‘lib turli ishvalar qildi, ammo Jurayj unga iltifot qilmadi. Keyin u ayol tog‘larga chiqib ketdida, bir cho‘ponni topdi. Ayol cho‘pon bilan yaqin munosabatda bo‘lib, undan homilador bo‘ldi. Vaqt o‘tib bolani dunyoga keltirdi. Bolaning otasi kim deb so‘rashganda Jurayj dedi. Odamlar esa so‘roq-so‘rov qilmasdan Jurayning ibodatxonasiga kelib ibodatxonani buzishdi. Jurayjning o‘zini esa kaltaklashdi. Ular:

– Biz seni oqil, ibodatli odam deb yursak, sen haromxo‘r ekansan-ku, – deyishdi.

Shunda Jurayj namoz o‘qidi. Payg‘ambarimiz alayhissalom ham mushkul vaziyatga tushsalar namoz o‘qir ekanlar. Biz musulmonlarga ham bu amal sunnatdir. Namozini o‘qib bo‘lgach dedi:

– Menga bolani ko‘rsatinglar.

Bola beshikda yotardi. Bordida bolaning qorniga barmog‘i bilan niqtab, dedi:

– Ey bola, otang kim?

Beshikdagi bola tilga kirib, otam cho‘pon deya uning ismini aytdi. Odamlar xato qilganlarini tushunishdi. Ibodatxonani qaytib paxsa devordan qurib berishdi.

Mana shu voqeani Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam sahobalariga hikoya qilib berganlar. Bu voqeadan tushunishimiz kerak bo‘lgan narsa - onaning darajasi naqadar yuksakligidir. Shuning uchun ulamolarimiz aytishadiki:

– Onang seni bir ishga buyurayotgan bo‘lsa, Robbing seni ibodatga chorlayapti.

Bu voqeadan nimani xulosa qilamiz. Ona degan ulug‘ zot o‘zining bir duosi bilan o‘z jigarbandini nimalarr qila olishi mumkinligini ko‘rdik. Onalaringizga shunday munosabatda bo‘lingki, har bir nafasida sizdan rozi ekanligi bilinib tursin. Ota-onasini qariyalar uyiga tashlab ketayotganlar bilib qo‘yishsin, sizlar uchun bu dunyoda ham, u dunyoda ham yaxshilik ozdir. Ota-ona rizoligida Allohning rizoligi bordir. Barchamizga ota-onasini rizoligini olgan holda bu foniy dunyoni tark etish nasib etsin.
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.


Shayx Sayyid Rahmatulloh Termiziy.

Hammaga ulashing
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
7.0K views𝚁𝚒𝚌𝚑 𝙻𝚒𝚘𝚗, 16:02
Ochish/sharhlash
2024-05-29 16:30:01 ​​ Istig'for

• ​Har bir qilgan gunohim uchun buyuk Allohga istig'for aytaman.

Har bir tark qilgan farzim uchun buyuk Allohga istig'for aytaman.

• Har bir insonga qilgan zulmim uchun buyuk Allohga istig'for aytaman.

• Har bir solih insonga qilgan jafolarim uchun buyuk Allohga istig'for aytaman.

• Zolimga do'st bo'lganim uchun buyuk Allohga istig'for aytaman.

• Kechiktirgan har bir yaxshiligim uchun buyuk Allohga istig'for aytaman.

• Nasihatchini mensimaganim uchun buyuk Allohga istig'for aytaman.

• Maqtalgan kishini malol ko'rganim uchun buyuk Allohga istig'for aytaman.

• Gapirgan har bir yomon so'zim uchun buyuk Allohga istig'for aytaman.

• Haqni zoe qilganim uchun buyuk Allohga istig'for aytaman.

• Botilga ergashganim uchun buyuk Allohga istig'for aytaman.

• Behuda o'tkazgan vaqtim uchun buyuk Allohga istig'for aytaman.

• Vijdonni halok qilganim uchun buyuk Allohga istig'for aytaman
Fosh qilgan har bir sirim uchun buyuk Allohga istig'for aytaman.

• Ishonchli kishini aldaganim uchun buyuk Allohga istig'for aytaman.


https://t.me/Rumiy_AforizmlariUz

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
6.2K views𝚁𝚒𝚌𝚑 𝙻𝚒𝚘𝚗, 13:30
Ochish/sharhlash
2024-05-29 15:44:27 • Turishingiz kerak bo‘lgan joyda o‘tirmang.
• Qo‘ltig‘ingizga kirganni emas, qo‘lingizdan tutganni afzal ko‘ring.
• Keksalar va bolalar bilan tez tez suhbatlashing. Birida tajriba, ikkinchisida beg‘uborlik ko‘rasiz.
• Faqat ishi tushganida sizni izlab qoladiganlarni hayotingizdan chiqarib yuboring.
• Tashqi ko‘rinishni muhim deb biladiganlarga ahamiyat bermang. Ular qalb go‘zalligini ko‘rolmaydi.
• Aslo xiyonat qilmang.
• O‘zini sevmaydigan kishidan mehr kutmang.
• Eng yaqin do‘stingiz bilan ham orangizda masofa bo‘lsin.
• Hech kimni o‘zgartirishga urinmang, xohlagan kishi shundog‘am o‘zgaradi.
• O‘zgarishning ortidan rivojlanish sizni kutadi.
• Kutish va harakat qilish boshqa -boshqa holat.
• Sizdan foydalanishga urinayotgan kishilarga bu imkoniyatni hech qachon bermang.
• Bahona — xohlamayotgan kishining yordamchisi.
• Ota-onangizni ular tirikligida qadrlang. "Pulingiz bormi?!" degan so‘zni hech qachon ishlatmang. Ehtiyojlarini o‘zingiz imkoniyatingiz yetgunicha hal qiling.
• Jufti halolingizni hurmat qiling.
• Xursand bo‘lish uchun pul topishni yoki yangi yilni kutib o‘tirmang. Nafas olish ham hatto xursand bo‘lish uchun yetarli sababdir.
• Yolg‘on gapirgan odamga salom ham bermang.
• Bir xatoni qayta-qayta takrorlash yanglish emas, tanlovdir.
• Jonivorlarga va keksalarga ehtirom ko‘rsating. Hayotdan buning javobini olasiz.
• Kayfu safoga asir bo‘lgan kishilar, odatda o‘ta xavfli kishilar sanaladi. Ularga yaqinlashmang.
• Gaplashayotganda ko‘zingizga qaramayotgan kishining so‘zlariga ishonmang.
• Bir soatlik suhbatlarga yarim soat o‘zi haqida gapirgan kishidan ehtiyot bo‘ling.
• Mehrini ko‘rsatgan va his ettirganlarning samimiyatiga ishoning.
• Yig‘lash ojizlik emas, aksincha kuch beradi. Hamon insonligingizni yo‘qotmaganingizdan nishona.
• Kelajakda tizzangizga shappatillashni xohlamasangiz, bolalaringizning yaqin do‘sti o‘zingiz bo‘ling.
• Birovning bema’ni gapiga ham kula olsangiz, demak u insonni yaxshi ko‘rasiz.
• Muhabbat — favqulodda ko‘plab hislar jamlanmasidir. Mehrga o‘rnini bergan muhabbat, tiriklikning eng go‘zal tuhfasidir.
• His-tuyg‘ularini tilida izhor qilmaydigan kishidan sevgi kutmang.


Umidaaziz



Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
6.6K views𝚁𝚒𝚌𝚑 𝙻𝚒𝚘𝚗, edited  12:44
Ochish/sharhlash
2024-05-29 12:28:02 ​​АЁЛИМИЗГА МАКТУБ

Мени ҳурмат қил!
Албатта сени орқангда кучли ва мустаҳкам суянчиғинг бўлишини хохлайсан. Шундай экан аёл ўзининг хожасига қандай муносабатда бўлиши керак бўлса менга шундай бўл!

Менга ишон!
Ўзимни шубҳага қўядиган ишлардан узоқ тутаман. Сен эса шубларинг билан менга озор берма. Мен сени танлаган эканман, менга ишон ҳеч қачон сени ташлаб қўймайман.

Содиқ бўл!
Энг оғир ҳолатда ҳам содиқ бўл. Менга ҳеч қачон хиёнат қилма, ҳатто хаёлингда ҳам. Мен хиёнатни ҳеч қачон кечирмайман, агарчи фарзандларимни онаси бўлса ҳам. Ва фарзандларимни хиёнат қилувчи инсонни олдида қолдирмайман.

Менга панд берма!
Сен менинг танлаганим, менинг дўстим, менинг аёлимсан. Мен билан шундай яша-ки, бу ҳаётни бошлаганимизга ҳеч қачон афсус қилмайлик.

Қулайлик ярат!
Оила юкини кўтариш - бу оғир. Лекин сени яхши кўрадиган ва кутадиган, доимий болаларни кулгуси бўлган, покиза ва шинам уйга киришлик эркак учун энг катта бахтдир.

Алдама!
Ҳатто энг майда нарсаларда ҳам алдама. Мен сени тентаклик қилиб қўйишинг, инжиқликларингни кечиришим мумкин. Лекин ёлғонни кечирмайман. Биз бир биримизни ҳеч қачон алдамаслигимиз керак!

Мендан кетма!
Энг қийин лаҳзаларда ҳам мендан кетма. Биргаликда биз кўп нарсага эришамиз. Иншааллоҳ!

ДЎСТЛАРИНГИЗГА ҲАМ УЛАШИНГ!!!
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
8.4K views𝚁𝚒𝚌𝚑 𝙻𝚒𝚘𝚗, 09:28
Ochish/sharhlash
2024-05-29 06:59:02 ​​​​​​Оила аъзоларингиз билан овқатланиб ўтираркансиз, ёнингизда бўлмаган ким биландир тинимсиз SMS лашиб ўтирадиган бўлсангиз - бу муаммо...

Меҳмон келганида ёки бир жойга борганда телефонни столга (кўз тушиб турадиган бир жойга) қўйиб қўядиган бўлсангиз, ўзингиз англамаган ҳолда атрофингиздагиларга "Сиз мен учун аҳамиятли инсон эмассиз" деган тушинча берасиз - бу ҳам муаммо...

Эрталаб кўзингизни очар-очмай аёлингиз (эрингиз), болаларингизга бир оғиз ширин сўз қотмай ёки бошқа бир иш қилмай туриб, телефонни қўлдан қўймасангиз...

Демак сиз қарамсиз!..

Ва бу бошқа қарамликлар сингари, сизни оилангиз, яқинларингиз ва ҳатто Аллоҳ билан  муносабатингизни бузулишига олиб келади, баҳоси йўқ вақтингизни, умрингизни ҳавога совуришга хизмат қилади.

Телефономания - асримиз касаллиги -  ҳаётингиз устидан ҳукмронлик қилишига  изн берманг.

Маълумот ўрнида: Америкалик олимлар Интернетнинг инсон психоэмоционал ҳолатига ижобий ва салбий таъсири бўйича тадқиқот ўтказдилар.

Тадқиқот натижасига кўра интернет маълумотларининг бор-йўғи 8% ижобий фикрлашга, 92% эса бузғунчилик уйғотувчи таъсирга эга экан.

Атрофга қаранг... Оилангиз сиздан эътибор кутмоқда...

ДЎСТЛАРИНГИЗГА ҲАМ УЛАШИНГ!!!
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
9.3K views𝚁𝚒𝚌𝚑 𝙻𝚒𝚘𝚗, 03:59
Ochish/sharhlash
2024-05-29 06:19:02 #ЭСЛАТМА

• Вафот топишинг билан дастлаб номинг истеъмолдан тушади!

• Ғассол кела солиб: «Жасад қаерда?» дейди. Мансабингни ҳам, насабингни ҳам ҳатто номингни ҳам сўрамайди!

• Жанозангни ўқишдан олдин Имом: «Марҳумнинг ёши неччида эди?» дейди!
Мансабингни ҳам, насабингни ҳам ҳатто номингни ҳам зикр қилмайди!

• Кейин: «Тобутни кўтаринглар!» дейилади. Бунда ҳам на мансаб, на насаб ва на номинг эсланади! Тобут, бўлади балки исминг...

• -Маййитни қабрга қўйинглар!-, дейишади сўнгида. Номингни эслашмайди! Маййит, сенинг номинг у ерда!

• Шундай экан зоҳирий нарсалар ила ғурурга кетма!
Ғафлатдан уйғон!
Дунёга сармаст бўлма!
- Мен фалончиман!-, дея кеккайма!
Ким бўлишингдан қатъий назар кун келиб номинг билан чақиришмайди!
- Жасад;
- Марҳум;
- Тобут;
- Маййит дейишади...

• Магар...
• Соғлом қалбгина сенга
ас қотади...
• Ширкдан, куфрдан, нифоқдан соғлом бўлган қалб!

“У КУНДА НА МОЛ-ДУНЁ ВА НА ФАРЗАНДЛАР ФОЙДА БЕРУР, ФАҚАТ АЛЛОҲ ҲУЗУРИГА САЛИМ ҚАЛБ ИЛА КЕЛГАН КИШИЛАРГИНА МУСТАСНО” (Шуаро, 88-89).

ДЎСТЛАРИНГИЗГА ҲАМ УЛАШИНГ!!!
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
8.2K views𝚁𝚒𝚌𝚑 𝙻𝚒𝚘𝚗, 03:19
Ochish/sharhlash
2024-05-29 05:30:20
#Бисмиллаҳ
АССАЛОМУ АЛАЙКУМ ВА РОХМАТУЛЛОХУ ВА БАРОКАТУҲ!

Аллоҳ таолонинг саломи
Пайғамбаримиз ﷺнинг дуоси
Қуръоннинг нури
Байрамона кайфият кун давомида сиз билан бўлсин!

Қалбингиз иймонга
Уйингиз қувончга
Кунингиз ҳайрли солиҳ амалларга тўла бўлсин!

ХАЙРЛИ ТОНГ!

@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
8.3K views𝚁𝚒𝚌𝚑 𝙻𝚒𝚘𝚗, 02:30
Ochish/sharhlash
2024-05-28 19:19:57 "ФАРЗАНДИМНИНГ КЕЛАЖАГИНИ ТАЪМИНЛАШИМ КЕРАК" ДЕЙДИГАНЛАР УЧУН..

Муқотил ибн Сулаймон роҳимаҳуллоҳ халифа Абу Жаъфар Мансурга байъат қилинган куни, унинг ҳузурига кирдилар. Шунда Мансур: "Менга насиҳат қилинг, эй Муқотил!", деди.

Муқотил:
"Сизга кўрганим ҳақида гапирайми, ё эшитганим ҳақидами?", дедилар. "Балки кўрганингиз ҳақида" дегандан кейин, Муқотил қуйидагиларни айтдилар: "Эй амирул муъминийн, Умар ибн Абдулазиз ўн бир фарзанд кўрдилар. Вафотларидан кейин ўн саккиз динор қолдирдилар. Ундан беш динорига кафанландилар. Қабрлари тўрт динорга сотиб олинди. Қолган маблағ фарзандлари ўртасида тақсимланди.

Ҳишом ибн Абдулмалик (кейинги умавий халифалардан) ҳам ўн бир фарзанд кўрдилар. Ҳар бир фарзандларининг меросдаги ҳиссаси минг минг (миллион) динорга тўғри келган.

Эй амирул муъминийн, Умар ибн Абдулазизнинг бир фарзандлари Аллоҳ йўлида жиҳод учун юзта от садақа қилганини ва Ҳишом ибн Абдулмаликнинг бир фарзанди бозорларда тиланиб юрганини бир куннинг ўзида кўрдим.
Ўлим тўшагида ётганларида Умар ибн Абдулазиздан одамлар:

"Фарзандларингизга нима нарса қолдирдингиз, эй Умар?", деб сўраганларида у киши: "Уларга Аллоҳдан тақво қилишни қолдирдим. Агар улар солиҳ бўлишса, Аллоҳ солиҳларни қўллайди. Агар бундай бўлишмаса, уларга Аллоҳга нисбатан гуноҳда ёрдам қиладиган нарсани ҳаргиз қолдирмайман", деб жавоб қилдилар. Яхшилаб ўйлаб кўринг.. Кўпчилик кишилар фарзандларининг келажагини таъминлаш учун ҳаракат қилишади, машаққат ва азият чекишади.

Буни улар, ўлганларидан кейин фарзандларининг қўлларида мол-дунё бўлиши, улар учун омонлик деб ўйлаганлари сабабли қилишади. Аммо Аллоҳ Ўз Китобида қуйидагича зикр қилган улуғ омонликдан ғафлатда қолишади: "Ўзлари заифҳол зурриётларини ортдан қолдиришдан қандай қўрқсалар, (бошқалар ҳақида ҳам) шундай қўрқсинлар. Бас, Аллоҳдан қўрқсинлар ва тўғри сўз айтсинлар" (Нисо сураси, 9-оят)".

@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
7.5K views𝚁𝚒𝚌𝚑 𝙻𝚒𝚘𝚗, 16:19
Ochish/sharhlash
2024-05-28 17:25:40 ​​AYOLNING MAKRI...

Bir kishi yo‘lda ketayotsa, bir quduqqa duch keldi. Quduqning oldida ayol ham bor edi. Kishi ayolga yaqinlashdi. Ayol esa bundan qo‘rqib ketdi.
Shunda erkak:
“Qo‘rqma! Sendan bir narsani so‘ramoqchiman. Ayolning makri nima o‘zi?” dedi.
Ayol biroz o‘ylanib turdi-da, keyin baland ovozda baqirib yig‘lay boshladi. Hatto uning ovozini o‘sha atrofdagi qishloq ahli ham eshitdi. Erkak qo‘rqa-pisa ayoldan nega bunday qilganini so‘radi.
Ayol:
“Ovozimni qishloq ahli eshitib, bu yerga kelishsin va seni o‘ldirishsin deb shunday qildim” dedi.
Erkak:
“Men bu yerga senga aziyat yetkazish uchun kelmadim-ku! Senda zakovat alomati borligini sezib, makr haqida so‘radim, xolos-ku! Yomon niyatda senga biror gap aytdimmi?!” dedi.
Ayol o‘rnidan turdida, qo‘lidagi chelakdagi suvni ust-boshidan quydi. Erkak uning bu ishidan ajablandi. Undan nega bunday qilganini so‘radi. Ayol endi gapirmoqchi edi, qishloq ahli kelib qoldi. Erkak ulardan qo‘rqib, “Bular hozir meni o‘ldirishsa kerak” deb o‘yladi.
Ayol qishloq ahliga:
“Bu odam meni shu quduqdan qutqarib olib chiqdi” dedi.
Odamlar boyagi kishiga tashakkur ayta boshladilar. Barchalari uning ishidan hursand bo‘lib, unga ko‘p sovg‘a- salomlar in’om etdilar. Erkak ayoldan nega shunday
qilganini so‘radi.
Ayol:
“Ayol kishi mana shunaqa bo‘ladi. Agar unga OZOR bersang, seni o‘ldiradi. Agar u sendan ROZI bo‘lsa, seni BAXTLI qiladi”- deb javob berdi...


https://t.me/Rumiy_AforizmlariUz

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
6.7K views𝚁𝚒𝚌𝚑 𝙻𝚒𝚘𝚗, 14:25
Ochish/sharhlash