Get Mystery Box with random crypto!

• Turishingiz kerak bo‘lgan joyda o‘tirmang. • Qo‘ltig‘ingizg | Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

• Turishingiz kerak bo‘lgan joyda o‘tirmang.
• Qo‘ltig‘ingizga kirganni emas, qo‘lingizdan tutganni afzal ko‘ring.
• Keksalar va bolalar bilan tez tez suhbatlashing. Birida tajriba, ikkinchisida beg‘uborlik ko‘rasiz.
• Faqat ishi tushganida sizni izlab qoladiganlarni hayotingizdan chiqarib yuboring.
• Tashqi ko‘rinishni muhim deb biladiganlarga ahamiyat bermang. Ular qalb go‘zalligini ko‘rolmaydi.
• Aslo xiyonat qilmang.
• O‘zini sevmaydigan kishidan mehr kutmang.
• Eng yaqin do‘stingiz bilan ham orangizda masofa bo‘lsin.
• Hech kimni o‘zgartirishga urinmang, xohlagan kishi shundog‘am o‘zgaradi.
• O‘zgarishning ortidan rivojlanish sizni kutadi.
• Kutish va harakat qilish boshqa -boshqa holat.
• Sizdan foydalanishga urinayotgan kishilarga bu imkoniyatni hech qachon bermang.
• Bahona — xohlamayotgan kishining yordamchisi.
• Ota-onangizni ular tirikligida qadrlang. "Pulingiz bormi?!" degan so‘zni hech qachon ishlatmang. Ehtiyojlarini o‘zingiz imkoniyatingiz yetgunicha hal qiling.
• Jufti halolingizni hurmat qiling.
• Xursand bo‘lish uchun pul topishni yoki yangi yilni kutib o‘tirmang. Nafas olish ham hatto xursand bo‘lish uchun yetarli sababdir.
• Yolg‘on gapirgan odamga salom ham bermang.
• Bir xatoni qayta-qayta takrorlash yanglish emas, tanlovdir.
• Jonivorlarga va keksalarga ehtirom ko‘rsating. Hayotdan buning javobini olasiz.
• Kayfu safoga asir bo‘lgan kishilar, odatda o‘ta xavfli kishilar sanaladi. Ularga yaqinlashmang.
• Gaplashayotganda ko‘zingizga qaramayotgan kishining so‘zlariga ishonmang.
• Bir soatlik suhbatlarga yarim soat o‘zi haqida gapirgan kishidan ehtiyot bo‘ling.
• Mehrini ko‘rsatgan va his ettirganlarning samimiyatiga ishoning.
• Yig‘lash ojizlik emas, aksincha kuch beradi. Hamon insonligingizni yo‘qotmaganingizdan nishona.
• Kelajakda tizzangizga shappatillashni xohlamasangiz, bolalaringizning yaqin do‘sti o‘zingiz bo‘ling.
• Birovning bema’ni gapiga ham kula olsangiz, demak u insonni yaxshi ko‘rasiz.
• Muhabbat — favqulodda ko‘plab hislar jamlanmasidir. Mehrga o‘rnini bergan muhabbat, tiriklikning eng go‘zal tuhfasidir.
• His-tuyg‘ularini tilida izhor qilmaydigan kishidan sevgi kutmang.


Umidaaziz



Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi