Get Mystery Box with random crypto!

My portfolio

Telegram kanalining logotibi roziqulovauportfolio — My portfolio M
Telegram kanalining logotibi roziqulovauportfolio — My portfolio
Kanal manzili: @roziqulovauportfolio
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 20
Kanalning ta’rifi

Kreativ va sifatli SMM postlari yozish xizmati.
Oddiylikdan mukammallik sari birga qadam tashlaymiz.
Biz bilan bog'lanish uchun: @Kopirayterilovauz_bot

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-07-17 20:46:27
Bilasizmi, Oʻzbekistonda quyoshning ultrabinafsha nurlanishi indeksi yozda maksimal darajaga yetadi

Ekstremal davrda xavf 10-12 birlikka yetadi.

O'zingizni quyoshdan himoya qilishning asosiy usullari:

Soat 12 dan 14 gacha quyoshga chiqmaslikka harakat qiling;
Spf darajasi yuqori bo'lgan kremdan foydalaning;
Ko'proq soyali joylarda bo'ling;
Yopiq kiyimda yuring;
Quyoshdan ko‘zingizni, yuzingizni va bo‘yningizni qoplaydigan keng qirrali shlyapa kiying;
Ko'zingizni to'liq qoplaydigan quyoshdan saqlaydigan ko'zoynak taqing;
Quyoshdan himoya qiluvchi vositadan foydalaning.
33 views17:46
Ochish/sharhlash
2022-07-17 20:26:43 Mendeleyev elementlarini o'zida jamlagan rezavor haqida bilasizmi?

Baqlajonning asl vatani Hindiston bo’lib, u mazkur hududning tropik sharoitlarida ilk bor yetishtirilgan. Boshqa o’lkalarga esa keyinroq tarqalib, o’zgacha iqlim sharoitlariga ham osonlik ila ko’nika oldi. Botanika nuqtai nazaridan olib qaraydigan bo'lsak, u sabzavot emas rezavordir. O’zining foydalilik jihatlari bilan esa ko’pchilik mahsulotlarni ortda qoldiradi. Endi baqlajonning foydasi haqida gaplashamiz:

  ➪ Salomatlik uchun

Salomatligingiz haqida qayg’urasizmi? Unday bo’lsa, ko’proq baqlajon iste’mol qiling. U tanadagi xolesterin o’zlashtirilishi jarayoniga to’sqinlik qilib, toksinlarni organizmdan chiqarib yuboradi. Yurak, buyrak va jigar faoliyatini rag’batlantiradi. Xotirani ham yaxshilaydi. Bundan tashqari uning tarkibida kaloriyalar ham ko’p emas.

➪ Zararli odatlardan qutilishga yordam beradi.

Ushbu mahsulot tarkibida nikotin moddasi bor. Shu sababli ham shifokorlar uni chekishdan voz kechmoqchi bo’lgan insonlarga tavsiya qiladilar. Bu tamakidan qutilish istagidagi odamlarda mavjud bo’lgan “qaramlik”ni ketkazadi.

➪ Go’zallik uchun

Baqlajon teridagi yallig’lanishning oldini oladi, husnbuzarlar bilan kurashadi. Buning uchun mahsulotni bo’tqa holiga keltirish va massani yuz terisiga surtib olish kifoya. Oradan 15 daqiqa o’tgach esa niqobni yuvib tashlash kerak. 

➪ Po’chog’i ham foydali

Baqlajonning po’stlog’i ham juda foydali bo’lib uni archmay iste’mol qilish tavsiya etiladi. Sababi, po’stloq tarkibida kamyob antotianin moddasi mavjud. Bu inson miya to’qimalarini zararlanishdan asrovchi o’ta kuchli antioksidantdir.

➪ Qiziqarli ma’lumot;

Baqlajonning oq ranglisidan qovurmalar, yashil ranglisidan dimlama va ikra pishirsa mazali chiqadi. Uzun va yupqa turi esa ruletlar va konservalar tayyorlash uchun yaxshi. Silindirsimon va noksimon turlari ragu, muzlatish va quritish ishlari uchun mos keladi.

Oq rangli baqlajonni ko'rganmisiz?
30 views17:26
Ochish/sharhlash
2022-07-16 07:07:03 Oddiylikdan zerikdingizmi?

Unda sizga ajoyib kun kayfiyatini taqdim etamiz.

Ushbu kanalda siz:

Yangiliklar;
Premyeralar;
Qiziqarli videolar;
Kun statuslari;
Video kliplar;
Music timelardan bahramand bo'lasiz.

Barchasi bizning kanalda mujassamlashgan. Kiring, ko'ring va maza qilib kuling.

Bog'lanish uchun administrator: @Botirjon_official_HD
43 viewsedited  04:07
Ochish/sharhlash
2022-07-14 06:16:03 Tarvuz - mevami yoki sabzavot?

Bugun bizlar poliz ekinlarining shohi bo’lmish, tarvuz haqida gaplashamiz. Bugun tarvuzning foydali va zararli tomonlari, ularni to’g’ri saqlashga doir qiziqarli maslahatlarga ega bo’lasiz.

Tarvuzning foydali tomonlari

Tarvuz o’zida juda ko’p vitamin va minerallarni saqlab, quyidagilarda yordam beradi:

𒊹︎︎︎ Tarvuz moddalar almashinuvini normallashtirishda yordam beradi;

𒊹︎︎︎ Buyrak va jigarni tozalab, ularning faoliyatini yaxshilaydi;

𒊹︎︎︎ Organizmni mustahkamlab, immunitetni ko’taradi;

𒊹︎︎︎ Zararli xolesterindan xalos etadi;

𒊹︎︎︎ Ichaklar faoliyatini yaxshilaydi;

𒊹︎︎︎ Zaharlanish yoki antibiotiklar qabul qilgandan so’ng, tarvuz iste’mol qilinsa, shunda u zaharli moddalarni organizmdan chiqarishga ko’maklashadi.

Tarvuzning zararli tomonlari

Tarvuzning zararli tomonlari shundaki, u ularni sug’oriladigan nitratlar va zararli kimyoviy vositalarni o’ziga singdirib oladi. Shu sababdan ham tarvuzni tanlashda juda ehtiyotkor bo’lish kerak. 

Bundan tashqari quyidagi holatlarda ham tarvuzdan iste’mol qilish tavsiya etilmaydi:

𒊹︎︎︎ Qandli diabetga chalingan insonlarga: u o’zida ko’p fruktozani salqashi sabab ham, uni ko’p iste’mol qilish tavsiya etilmaydi;

𒊹︎︎︎ Oshqozon osti bezining og’ir xastaliklarida;

𒊹︎︎︎ Buyrak yetishmovchiligida;

𒊹︎︎︎ Ateroskleroz va yurak xastaliklarida ham ko’p tarvuz yeyish tavsiya qilinmaydi.

Shuningdek tarvuz va sho’r ovqatlarni aralashtirmaslik kerak: tarvuz suyuqlikni organizmdan chiqishini sustlashtiradi va bu suv yig’ilishiga sabab bo’lishi mumkin.

Ozishda tarvuzning o’rni

O’t haydash va kaloriyasining pastligi sabab ham tarvuz ozishni xohlovchilarga qo’l keladi.  Tarvuzning 90 %ini suv tashkil qilib, uni suv o’rnida ham iste’mol qilish mumkin. Bundan tashqari tarvuzdagi mineral tuzlar organizmning tuz balansini ushlab tursa, fruktozaning ko’pligi esa uzoq vaqt qorinni to’q tutadi. 

Tarvuzning 100 grammi 25 kKalni tashkil etib, ulardan 0.6 grammini oqsillar, 0.1 grammini yog’lar va 5.8 grammini uglevodlar tashkil qiladi.

Tarvuzni qishga saqlab qo’yish

Qishda mazali tarvuzdan bahramand bo’lish uchun, uni quyidagicha saqlash mumkin ekan:

Birinchi usuli: ilib qo’yamiz. Tarvuzni tabiiy gazlamaga o’rab, qopga solib yerto’lada ilib qo’yamiz. 

Ikkinchi usuli: somon bilan qoplab. Yashikka somonlardan solib, ustiga tarvuzni dumchali tomonini tepaga qaratib qo’yamiz. Tarvuzning ustidan yana somon bilan to’shab, salqin va qorong’u joyda saqlaymiz.

Bu usullarda tarvuzlarni 3-4 oygacha saqlash mumkin.

Sog'lom inson bir kunda qanchagacha tarvuz iste'mol qiloladi?
346 views03:16
Ochish/sharhlash
2022-07-13 08:07:56 Pomidorlar mavsumi boshlandi

Bugun sizlarga pomidorlarning foydali xususiyatlari va ularni to’g’ri tanlash haqida qiziqarli ma’lumotlarni berib o’tamiz.

Pomidorlarning foydali xususiyatlari

Qadim zamonlarda odamlar pomidorni zaharli mahsulot deb o’ylab, uni iste’mol qilishmagan. Mana ko’p yillar o’tib, bu fikrning noto’g’riligi isbotlandi. Pomidor shu qadar foydali mahsulotki, jumladan u quyidagilarga yordam beradi:

• Pomidorlar serotonin manbai bo’lib, xuddi shokoladdek kayfiyatni ko’taradi;

• Moddalar almashinuvini normallashtiradi;

• Pomidorlar ozish va yoshlikni saqlab qolishga yordam beradi;

• Yurak-qon tomirlari faoliyatini yaxshilaydi;

• Ko’rish qobilyatini yaxshilaydi.

Pomidorni to’g’ri tanlash va saqlash

Pomidorlarni to’g’ri tanlashni qisqacha aytadigan bo’lsak, ularni tanlashda quyidagilarga ahamiyat qaratish kerak:

Pomidor dumchasi oldidagi rangiga qarab. Agar ular yashil rangda bo’lsa, demak pomidor polizda pishmagan;

Qattiqligiga qarab. Pomidor tarang bo’lishi, qattiq ham, yumshoq ham bo’lmasligi kerak;

Hidiga qarab. Yangi pishgan pomidorga nitratlar qo’shilmagan bo’lsa, juda xushbo’y isda bo’ladi;

Butunligiga qarab. Yorilgan yoki shikaslangan pomidorlarda darrov zararli mikroblar ko’payadi.

Pomidorlarni sovutgichda emas, balki xona haroratida saqlash tavsiya qilinadi. Bunda ular o’z ta’mi va foydali xususiyatlarini yo’qotmaydi. Xona haroratida pomidorlarni 4-5 kungacha saqlash mumkin.

Pomidor tanlashning bir qancha usullari bor ekan, men shu paytgacha holati va rangiga qarab tanlagan ekanman. Siz qanday tanlagansiz?
63 views05:07
Ochish/sharhlash
2022-07-10 14:37:21
Sabzi – qirollar sabzavoti

Sabzini ilk marotaba Afg’onistonda iste’mol qilishgan bo’lib, u yerda u 4 000 yil oldin yovvoyi ko’rinishda o’sgan. Sabzi avval binafsharangda bo’lgan bo’lib, 400 yil oldin u sun’iy ravishda, biz o’rgangan apelsin rangga keltirilgan. «Qizil sabzi» ilk marotaba Gollandiyada paydo bo’lgan va undan faqatgina qirollar oilasi iste’mol qilishgan. 

Sabzining foydali xususiyatlari nimada?

Sabzining 90% ini suv tashkil qiladi.
Kaloriyasining pastligi sabab ham sabzi juda foydali bo’lib, u soch, tirnoq va tishlarni mustahkam qiladi, terini esa tiniqlashtiradi. Sabzi tarkibida ko’pgina antioksidantlar mavjud bo’lib, ular organizm yoshligini saqlab qolib, immunitetni ham mustahkamlaydi.

Yana shunisi qiziqki, antioksidantlar miqdori xom sabziga nisbatan, qaynatilganida 35% ga ko’proq bo’lib, ular pishirish jarayonida kamaymasdan, balki ko’payib borar ekan. Shuning uchun bu foydali mahsulotdan har xil pishiriqlar pishirish mumkin.

Sabzili pirog hammaga yoqsa kerak a?
65 viewsedited  11:37
Ochish/sharhlash
2022-07-10 08:13:11
62 views05:13
Ochish/sharhlash
2022-07-08 07:25:11
71 views04:25
Ochish/sharhlash
2022-07-07 21:48:13 My portfolio pinned a photo
18:48
Ochish/sharhlash
2022-07-07 21:46:36
70 views18:46
Ochish/sharhlash