Get Mystery Box with random crypto!

Sabzi – qirollar sabzavoti Sabzini ilk marotaba Afg’onistonda | My portfolio

Sabzi – qirollar sabzavoti

Sabzini ilk marotaba Afg’onistonda iste’mol qilishgan bo’lib, u yerda u 4 000 yil oldin yovvoyi ko’rinishda o’sgan. Sabzi avval binafsharangda bo’lgan bo’lib, 400 yil oldin u sun’iy ravishda, biz o’rgangan apelsin rangga keltirilgan. «Qizil sabzi» ilk marotaba Gollandiyada paydo bo’lgan va undan faqatgina qirollar oilasi iste’mol qilishgan. 

Sabzining foydali xususiyatlari nimada?

Sabzining 90% ini suv tashkil qiladi.
Kaloriyasining pastligi sabab ham sabzi juda foydali bo’lib, u soch, tirnoq va tishlarni mustahkam qiladi, terini esa tiniqlashtiradi. Sabzi tarkibida ko’pgina antioksidantlar mavjud bo’lib, ular organizm yoshligini saqlab qolib, immunitetni ham mustahkamlaydi.

Yana shunisi qiziqki, antioksidantlar miqdori xom sabziga nisbatan, qaynatilganida 35% ga ko’proq bo’lib, ular pishirish jarayonida kamaymasdan, balki ko’payib borar ekan. Shuning uchun bu foydali mahsulotdan har xil pishiriqlar pishirish mumkin.

Sabzili pirog hammaga yoqsa kerak a?